Termiz davlat universiteti pedagogika fakul
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI: Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi 4 - kurs talabasi Мардонаева С
- M U N D A R I J A KIRISH I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY
- II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY
- III.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
- Bitiruv malakaviy ishining vazifalari
- Bitiruv malakaviy ish quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi
- Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati
- Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi
- I.BOB . MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY TUYG’ULARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI. 1.1.
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKUL ’ TETI MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI “MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY TUYG’ULARNI SHAKILLANTIRISH.” mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI
BAJARDI: Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi 4 - kurs talabasi Мардонаева С____________
ILMIY RAHBAR: O’q Qodirova SH.X. _____________
Termiz – 2017
2
KIRISH I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY TUYG’ULARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI. 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish pedagogik muammo sifatida..................................................................................................... 1.2. Milli тuyg‘ularni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati....... 1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning mavjud holati..................................................................................................
2.1.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari...................................... 2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni tarkib toptirish shakllari............................................................... III.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI SHAKLLANTIRISHGA YUNALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI. 3.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi............................. 3.2. Milliy tuyg‘u hissini tarbiyalovchi mashg’ulotlarni amalga oshirish texnologiyasi..................................................................................................... Xulosa.............................................................................................................. Tavsiyalar......................................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati............................................................. Ilovalar..........................................................................................................
3
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish mamlakatda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi – faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan. Mazkur sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta’lim
muassasalarining bolalar
huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Президентининг 2016 йил 29-dekabrdagi
4 “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tiziminiyanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy-ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan: kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatida ham insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan. 3-bandida milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun g‘urur tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan. Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik 5 asoslarini yaratish o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi davr, ya’ni “miliy o‘zlik”ni anglashning o‘sib borishi yosh avlodda – ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida shakllanib borayotgan milliy tuyg‘ularni yanada o‘stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo‘nalishini joriy qilishni taqozo qiladi.
Milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o‘z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o‘zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi. Hozirgi davrda ma’naviyat masalasi mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari ishonch bilan borishda shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi. Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasini egallab, kelajak tomon ahillik, birodarlik asosida boradi. Ma’naviyatimizni tiklash va rivojlantirishda milliy til va milliy madaniyat, milliy ong, milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy his-tuyg‘u, milliy g‘urur va g‘ururni o‘stirish muhim o‘rinda turadi. Milliy g‘urur - muayyan millatga mansublik va ushbu millat tomonidan jahon madaniyatiga qo‘shilgan hissadan faxrlanish, shuningdek, o‘zi mansub bo‘lgan millatga sadoqatli bo‘lish hissini tuyish va bu yo‘lda amaliy faoliyat ko‘rsatishdan iboratdir. O‘zbek xalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni o‘z ifodasini topgan. Bizning ozod O‘zbekiston dunyoda madaniyatning barcha sohalarida minglab jahonshumul ulug‘ zotlar, allomalar, davlat arboblarini yetishtirib bergan. Ular umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda o‘zlarining 6 ulkan hissalarini qo‘shganlar. Shuning uchun ham o‘zbek milliy-ma’naviy merosi jahon madaniyatining ajralmas uzviy qismidir. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib qoldirgan pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari, qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Shu jumladan, birinchi yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi”. Darhaqiqat, yosh avlodlarda ona vatanga muhabbat, milliy g‘ururni shakllantirishda avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhim o‘rin egallaydi. Milliy g‘ururni xususan yosh avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi. Shu bois vatan-tuyg‘usi, vatanparvarlik hislari, milliy g‘urur, mustaqillik g‘oyasi hamda mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi. Yuqorida qayd etilayotgan bizning bitiruv malakaviy ishimizda milliy tuyg‘ularni targ‘ib etishning maqsadi, yosh avlodlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rni, masalasini tadqiqot obyekti qilib o‘rganishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’uni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish orqali ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
7 - Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning pedagogik muammosini dolzarbligini asoslash; - Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning samarali shakl va metodlarini aniqlash; - Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning shakl va metodlarini o’rganish.
Сурхондарё вилояти Қумқўрғон туман 21-maktabgacha ta’lim muassasasi.
suhbatlar tashkil etish; pedagogik kuzatuv; Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Prezidentimiz Ш.М.Мирзиёев фармонлари, қарорлари ва asarlarida ilgari surilgan g’oyalar,
hukumat tomonidan ta’lim-tarbiya tizimini boshqarish borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy xujjatlar, shuningdek tanlangan yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan pedagog olimlarning nazariy qarashlari va zamonaviy ilg’or ta’limotlar O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi, SHarq mutafakkirlarining komil inson tarbiyasi haqidagi qarashlari, mavzuga oid tarixiy, falsafiy, ilmiy-pedagogik manbalarda ilgari surilgan ta’limotlar. Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Ishda ilgari surilgan nazariy qarashlar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini mazmunan boyitadi, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish uchun keng foydalanish mumkin. 8
paragrafdan, 2-bob bo’yicha xulosa, 2-bob, 3 paragraf, bob bo’yicha xulosa, 3-bob amaliy qism 1 paragraf, bob bo’yicha xulosa, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxari, disk, ilovalardan iborat.
9
TUYG’ULARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish pedagogik muammo sifatida. Mustaqillik milliy g’urur, vatanga yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr – shafqat, oqibat, ota – onaga hurmat tuyg’ularini kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Mehr – shafqat, oqibat, o’zbekona hislat, hayot mazmuni. Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi “Ko`hna tarix shodasida bitta marjon ўзбегим” (E.Vohidov) sifatida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo’lishi tabiiy. Millat har qanday milliy qadriyatning obyekti, milliy qadriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosdir. “Millat” atamasi qadriyat obyekti sifatida tushunilganida, bir-biri bilan qon qardosh xalqlarga nisbatan ishlatiladigan “turkiy xalqlar”, “slovyanlar”, “roman xalqlari” kabilarga umummilliylik darajasi mos keladi. Millat bir tomondan, o’zining qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turadi, o’tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomillatirib, yangi- yangi qirralarni shakllantirib turadi, ikkinchi tomondan esa, uning o’zi ham mavjud qadriyatlar tizimi ta’miri ostida o’zgarib va rivojlanib boradi. Millat-o’zining qadriyatlarini vujadga keltirib, ularning yangi-yangi qarralarini va jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida tamokillashtirib turio’i ma’nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilama xarakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tomon yetkazib boradigan eng asosiy obyektdir. Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan bog’liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o’zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash ikmonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning namoyon bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o’tmishdan kelajakka tomon xarakatini taxlil qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar:
10
- kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta’minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, tarli shakllarda namoyon bo’ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o’ziga xos tarzda ta’sir qiladi: - kishilarning o’zaro munosabalarida, ijtimmoiy faoliyatlarida ko’zga tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma’naviy asos bo’ladi; - moddiy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat sifatida o’ziga xos ahamiyat kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari xam mumkin; - ijtimoiy rivojlanish jarayonida o’zgarib, takomillashib, rang-barang jihatlar avloddan-avlodga o’tadi, meros qoladi. Milliy qadriyatlar va ularning aloqadorligini ifodasi bo’lgan qadriyatlar tizimi, millatning o’zi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayillari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o’tmishdan kelajakka tomon o’tib turadi. Bu qadriyatlar ko’proq millatning etnik xususiyatlari va etnik makoni bilan bog’liq. Xalqning ijtimoiy taraqqiyoti esa ularning milliy etnik qadriyatlari ravnaqi bilan o’zviy aloqadorlikda davom etadi. Har bir xalq yoki millat, o’ziga xos rang-barang qadriyatlarni takomillashtirib borishi natidasida, umumisoniy qadriyatlarni shakllantirib, uning qirralarini rivojlantirib boradi. Milliy qadriyatlar faqat qadriyatga ko’ra faqat tor doirada saqlanib qolmaydi, balki, ravnaq topib turmush jarayonida muttasil yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarini yutuqlari bilan boyib boradi. Har bir el, elat, urug’ yoki xalqning urf-odatlarida, ularni bajarishdagi faoliyatida o’ziga xoslik bo’ladi. Agar ana shu o’ziga xoslikni o’sha joyning axolisi qadrlasa, ular hayotining bir qismiga aylangan bo’lsa buning yomon joyi yo’q. Bunday o’ziga xoslik bilan bog’liq qadriyatlarni boshqa joyda, boshqacha tarzda yashayotgan kishilarning tarozusi bilan ulchash yoki u maqsadda boshqalarning hakam bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Umuminsoniylik tuyg’usi faqat o’z xalqi qadriyatini ardoqlash, ko’z-ko’z qilish va boshqalar orasiga yoyish
11
uchun intilishga asoslanmaydi, balki har bir xalq, elat, urug’ qadriyatlarini qanday xolatda bo’lsa, shundayligicha qabul qilib, ularni xurmat qilishdan boshlanadi. Har bir millatning o’zi qadrlaydigan madaniyati, tili, an’analari, urf-odatlari, marosimlari va odob normalari bor. Dunyoda aholisi son jihatdan ko’p yoki kamroq xalq bo’lishi mumkin, ammo madaniy va ma’naviy sohada bir-biridan kam yoki ortiq millat yo’q. Ayni paytda sotqin millat ham, qoralash huquqiga ega bo’lgan millat ham yo’q. Ammo har bir millatning o’ziga xos o’tmishi, madaniy va ma’naviy qadriyatlari, milliy qahramonliklari, boshqa millatning o’ziga millat faolliyatini baholovchi hakam bo’lishga haqqi yo’q. Biror bir ta’limot, davlat shakli yoki yashash usulini qabul qila olmaganligi uchun hyech qachon yoki bu millat aybdor emas. shu ma’noda umuminsoniylik bir millat qadriyatlarini butun olamga yoyish yo’li bilan emas, balki hamma millat va elatlarning qadriyatlarini asrab-avaylash, murosalashtirish, tarix tarozusi saqlab qoladigan qadriyatlarni xurmat qilish va olamdagi milliy rang-baranglik bilan uzviy aloqada ekanligini anglash so’li bilan boyib boradi. Milliy qadriyalar millatning tabiiy-tarixiy rivoji, ijtimoiy turmushi, yashash tarzi, o’tmishi, kelajagi, madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari, tili u vujudga kelgan xudud va boshqalar bilan uzviy bog’langan. Ular xilma-xil shakllardan, bir-biri bilan uzviy aloqada namoyon bo’ladi, o’ziga xos milliy qadriyatlar tizimini tashkil qiladi. Bu tizimda tabiiy-tarixiy birlikni ta’minlovchi qadriyatlar – qon-qardoshlik, madaniy ma’naviy yaqinlik, o’tmish va ma’naviy meros, ona yurt tuyg’usi va boshqalar nisbatan barqaror bo’lib xisoblanadi. Ular milliy qadriyatlar tizimida tarixiy jarayonlar davomida tez o’zgarib turadigan ba’zi kundalik yoki amaliy ahamiyatga molik bo’lgan qadriyatlarga nisbatan, milliy qadriyatlar tizimi, o’z o’rnini va ahamiyatini uzoqroq saqlab qolishi bilan bog’liq xususiyatni ifodalaydi. “Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,inson o’z umri davomida oladigan informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrida olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak ana shu davrda uning qalbida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la 12
boshlaydi”. Hozirgi mustaqillik sharoitida yurtimizning rivojlangan davlat darajasiga ko’tarilishi uchun bolalarni maktabgacha yosh davridan halollik poklik, mehribonlik , mehr – muruvatlilik va ular ongiga singdirish g’oyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, xamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi: - maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish; maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalkning boy milliy, madaniy- tarixiy merosi va ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Ma’lumki, mustaqillik, milliy mafkura, milliy тараққиёт kabi muqaddas qadriyatlarni xalq keng va teran idrok etmoqda. Qisqa vaqt ichida mamlakatimiz hayotida olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi. Vatanimiz dunyo miqyosida e’tirof etildi. Bu o‘zgarishlar odamlarning ongi va tafakkuriga ham ijobiy ta’sir etmoqda. Binobarin, o‘sib kelayotgan yangi avlod dunyo qarashini milliy g‘urur tarzida namoyon bo‘lmoqda. Bu tuyg‘uni rivojlantirish, barqaror e’tiqodga aylantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikdan keyin hukumatning barcha ichki va tashqi siyosati, islohotlarining birinchi bosqichida olib borilgan olamshumul siyosati va ikkinchi bosqichda amalga oshirilayotgan tarixiy-umumbashariy ishlari tufayli butun dunyoga tanildi va tan olindi. Bu o‘zbek xalqining milliy g‘ururidir. Bunda esa Maktabgacha ta’lim muassasalarida, asosiy faoliyat sifatida milliy g‘ururni shakllantirish jarayoni yuzaga chikddi. Mazkur holat esa, 13
maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirishni tashkil etish jarayonini samarali boshqarishni shart qilib qo‘yadi. To‘g‘ri va oqilona rejalashtirilmagan, tashkil etilmagan va tartibga solinmagan tarbiyaviy jarayon kutilgan samarani bermaydi. Ana shu dolzarblikdan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish jarayonini bonqarish texnologiyasini ishlab chikish maqsadga muvofiqdir. Mustaqil Respublikamiz bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o‘zini tuta bilgan, o‘z sha’ni, uyati, g‘ururini himoya qila oladigan darajada ko‘rishni istaydi. - Ma’lumki, kuchli, qudratli davlat ma’naviyat zaminida vujudga keladi. Bunday qudratli davlatning kishilari ham o‘z g‘ururi or-nomusi va qadriyatlarini ximoya qilishga qodir insonlar bo‘lishi lozim. Shunday ekan, biz tarbiya jarayonida inson sha’ni, g‘ururi, uyati, or-nomusi va uni asrash, himoya kilishni yosh avlodlarga o‘rgatishimiz, hamda oldimizga asosiy maqsad qilib ko‘yishimiz kerak. Bugungi yosh avlodlarimiz o‘z taqdirini chinakkam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy qadriyatlarini sohibi sifatida odob-ahloqimiz namunasi asosida ish tutadilar. - Shu bois xalkimiz o‘zligini anglab, mustaqillik poydevorini tobora mustahkamlab bormoqda. O‘z navbatida ma’naviy-axloqiy yuksalish bilan birgalikda bir qancha o‘z yechimini kutib turgan muammolar mavjud. Har bir davlatning istiqboli, xalqining farovonligi, osoyishta bo‘lishi yosh avlod, umidli ug‘il qizlariga bog‘liq. Chunki ertangi kun ular qo‘lida. - Milliy g‘urur - muayyan millatning tarixiy o‘tmishidan, milliy qadriyatlardan, jahon miqyosida asrlar osha tan olinib kelinayotgan fan, din, adabiyot, san’at va madaniyat yutuklari va ularni yaratgan daxolardan tarixiy obida va yodgorliklardan milliy urf-odatlaridan faxrlana olish hissidir. - Milliy tuyg‘u shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: millatning yutuqlar, obru-e’tibori bilan faxrlanish, ularning muammolariga befarq qarab turmaslik; 14
o‘z eli, millatiga jon kuyar; o‘z millatining moddiy-ma’naviy me’rosini asrab-avaylash; Xalq odatlari, an’analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish; o‘z millatiga mehr muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish; Mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan kishilar milliy tuyg‘uni oshirib, uni xalq, vatan, ajdodlar xotirasi oldidagi ma’suliyatni his qilishdek mazmun bilan boyitmokda. Bunday sharoitda o‘zbek xalqinining mustaqilligidan faxrlanish, mamlakatimizda ozod, farovon va erkin hayot qurish yo‘lida faol mehnat qilish, jahon hamjamiyati yutuqlari, yangi pedagogig texnalogiyalaridan foydalanish, milliy g‘ururni rivojlantiradigan omillardir. Bu esa, o‘z navbatida o‘sib kelayotgan yosh avlodning kuchi, salohiyati, bunyodkorlik faoliyatini ko‘p jihatdan belgilaydi. Ularni sog‘lom milliy g‘urur tuyg‘usini shakillantirish uchun tinmay izlanishga safarbar etadi. Bu safarbarlik va miiliy g‘ururni o‘sib kelayotgan yosh avlodga qaror toptirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari katta imkoniyatlarga ega. Chunki bugungi kunda ushbu maskanlarda o‘zbek xalqining o‘tmishi ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, bugungi buyodkorlik faoliyati keng ko‘lamda o‘rgatilmoqda. Darhaqiqat, milliy g‘urursiz hech bir millat, millat sifatida ravnaq topolmaydi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling