Termiz davlat universiteti pedagogika fakul
Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari
- 2. Buyuk siymolar bilan tanishtirish.
- 3. Navoiyxonlik xaftasi rejasini tuzish.
- 5. Milliy muzey tashkil etish.
Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha aniqlashga yordam berdi: - ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliyligi; - ijtimoiy omillar: ta’lim-tarbiya jarayonini; - xududiy omillar: bola yashayotgan o‘lka, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari, boyligi, tarixiy o‘rni va ahamiyati.
Ushbu omillarning pedagogik jihati ularning o‘zlariga xos xususiyatlari hisobga olingan taqdirda, milliy g‘urur tuyg‘ularini his etishda va uning tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy tuyg‘uni shakllantirish tizimini o‘rganishda, ishlab chiqishda har bir mashg‘ulot, tarbiyaviy tadbirlar, to‘garaklar ular ongida milliylikning chizgilari (manzarasi) haqidagi tasavvurini o‘zgartirish, shaxsiy hayot, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga erishish, milliylikning tarbiyaviy mohiyatini anglab yetish malakalarini shakllantirish turli faoliyatning natijalarini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatish, tabiat va jamiyat haqida ilmiy bilim bilan qurollantirish kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish maqsadi va vazifalarini ijobiy hal etishda ularning tarbiyasiga, 29
tavsifiga xos milliy muhit yaratish va yuqoridagi barcha omillarga tayanish lozim. Chunki tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, ularning talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit zarurdir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy muhitning o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lishi davr taqozosidir. Bu mazmun zamirida bolalarda milliy g‘ururni shakllantirish yotadi: umuminsoniy va milliy qadriyatlar; urf-odat va an’analar, xalq donishmandligi durdonalari negizini tashkil etgan sharqona tarbiyaning asosiy sifatlari; insonparvarlik, mehnat-sevarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, ota-onaga hurmat, sahovat, iymon-e’tiqod va shu kabilar. Hozirgi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari, kino, teatr repertuarlari milliy mazmunda tashkil etilmokda, boyib bormokda. Ularning butun faoliyati jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy o‘zgarishlarni insonlar ko‘z o‘ngida gavdalantirish, milliy xarakterni shakllantirish, ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand etish, g‘ururlanishimizga asos bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, tarixiy meros va asarlarimiz, tilimizni, qadriyatlarimizni qaytadan tiklashga, ularga nisbatan mehr-muhabbatni shakllantirishga erishishga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish asosida olib borilgan tadqiqot- tajriba ishlarida, suhbatlar, og‘zaki savol-javoblar orqali ma’lum bo‘ldiki, bolalar tadbirlar, ahloqiy, ma’naviy, tarixiy, milliy qadriyatlar, ertaklar, rivoyatlar doir materiallarni qiziqib tinglashar, tomosha qilishar ekan. Tarbiyachilar bolalarga insonni o‘rab olgan olamning murakkabligini, ajoyibotlarini, sirliligini anglashlariga, tabiat inson turmush tarzi qulayliklarining garovi ekanligini tushunib yetishlariga shu sababdan tabiatni muhofaza kilishni idrok qilishlariga yordamlashadilar. Shuni unutmaslik lozimki, tabiatdagi hamma narsa, vokea-hodisalar bolalar uchun qiziqarli va sirli topishmoqday tuyuladi. Ular bu jumboqlar sirini bilishga, sabablarini anglashga harakat qiladilar. Bola dastlabki tizimli ta’limni maktabgacha ta’lim muassasasida oladi. Binobarin, uning sog‘lom, xar tomonlama barkamol bo‘lib shakllanishi bevosita tarbiyachi faoliyati bilan uzviy bog‘likdir.
30
Har bir maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari insonparvarlik va vatanparvarlik qoidalariga rioya qilgan holda, bu faoliyat insonni xar tomonlama himoya qilishga, uni ulug‘lashga, milliy g‘ururlanishga qaratilishi lozim. Asl vatanparvar unvonini olish uchun insonga juda katta mas’uliyatli ma’naviy-ahloqiy vazifalar yuklanadi. Nima va qanday hodisa bo‘lishidan qat’i nazar, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini, shaharini, boshqacha aytganda, kindik qoni tomgan zamin-Vatanini tark etmaydi. Bunday insonlar asl vatanparvarlar deyiladi. Zero, faxrlanish haqiqatdan ham yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi. Zotan, Vatanni sevish, xalqni hurmat qilish faxrlanish yoxud ulardan g‘ururlanish belgisi bo‘lib, bu yaxshi xulk va yaxshi fazilatdir. Kimki millatning madaniyati tarixidan, ajdoddari qoldirgan barcha meroslardan, hamma sohadagi an’analaridan faxrlana bilsa, o‘tmishda vatani va xalqi boshiga tushgan dahshatli va ayanchli fojiaviy taqdirdan achinsa, u vatan va xalqi kelajagi uchun, nurli istiqlol yo‘lida fidoyi bo‘lish orzusida yashaydi, mehnat qiladi, o‘z kasbining ustasi bo‘lishga intiladi, tashabbuskorlikni qo‘lga kiritish armonlari bilan nafas oladi. Bevosita ta’lim-tarbiya beruvchi muassasalar mafkuraviy ta’limning asosiy uchoqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etishi: - Vatan tuyg‘usini shakllantirish; - ona tilimizga, yurtimizga muhabbat o‘yg‘otish; - milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish; - ezgulik timsoli bo‘lgan ayollarni ulug‘lash; - oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish; - umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini o‘qtirish lozim.
31
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanga muhabbat hissi o‘z uyiga, bog‘chasiga, tarbiyachiga muhabbatni tarbiyalashdan boshlanadi. Bolalar ota-onalari va tarbiyachilari ularga qanday g‘amhurlik qilayotganini kuradilar va his etadilar, natijada bolalarda ularga bo‘lgan muhabbat yanada ortadi, ularning g‘amxo‘rligi va himoyasiga ishonch hosil qiladilar. Ular ota-onalari va tarbiyachilardan o‘z shahri, qishlog‘i tug‘risidagi ko‘p narsani bilib oladilar. Pedagog-tarbiyachi “Vatan”, “Bizning shahar”, “O‘zbekistonning poytaxti Toshkent“, ”Qishlog‘imizning eng yaxshi kishilari“, “Shahrimizning eng yaxshi kishilari“ va shunga o‘xshash mavzular bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi, turli al’bomlar, papkalar tayyorlab, bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda foydalanish lozim. Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha tarbiya bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, baynalminalchilik, hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy ruhda, milliy g‘urur ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do‘stona his- tuyg‘ular o‘yg‘otish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi.
Islohotlar davrida milliy qadriyatlarni kayta tiklash va ularni boyitish yo‘lida samarali ishlar amalga oshirilganligi ertangi kun yaratuvchilar bulgan yoshlarni milliy g‘ypyp va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash zaruriyatini kun tartibiga olib chikdi. Yuksak odob-ahlok meyorlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan narsa emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi, ota-bobolarimizning necha-necha ajdod- 32
avlodlari tajribasi davomida shakllangan. Odob, ahlok, g‘ypyp, or-nomus va uyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan yoshlarga singdirilib kelingan. Mustaqil respublikamiz bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o‘zini tuta bilgan, o‘z sha’ni, g‘ururini himoya qila oladigan darajada ko‘rinishni istaydi. Ma’lumki, kuchli, qudratli davlat ma’naviyat zaminida vujudga keladi. Bunday qudratli davlatning kishilari ham o‘z g‘ururi, or- nomusi va qadriyatlarini himoya qilishga qodir insonlar bo‘lishi lozim. Shu bois milliy g‘urur, vatan-tuyg‘usi, vatanparvarlik o‘z hududi, o‘lkasi, xalqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi. Bolalarga maktabga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular tug‘ilgandan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan sayin o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan tabiat hodisalarini bilgilari keladi. Maktabgacha ta’lim jismonan sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Tarbiyachilarga yordam tariqasida “Bolajon” tayanch dasturida ko‘zda tutilgan butun materialni bolalar muvoffaqiyatliroq o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida metodik ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar ishlab chiqarilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim - tarbiya oladilar. Bolalarda kattalarga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ulari, xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar tarbiyalanadi. Shuning uchun ham biz bugungi kunda milliy g‘oya, milliy o‘zlikni anglash jarayonida millat kelajagi bo‘lgan yoshlarni ilk yoshdan boshlab va uni aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bajarish har birimiz uchun majburiydir. 33
Muhtaram birinchi Prizedentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: „Inson dunyoga yaxshi ish qilish, yaxshi iz qoldirish uchun keladi. Yaxshi farzandlarni tarbiyalab, qilgan yaxshi ishlari va qoldirgan yaxshi izlariga munosib vorislar tayyorlaydi" . Darhaqiqat, ana shu jihatdan qaraganimizda mamlakatimiz va millatimizning taraqqiyotining istiqboli ko‘p jihatdan yoshlarimizning milliy o‘zligini anglashining o‘sish jarayoniga ham bog‘liqdir. Xalqning yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, tarbiyaning shakl va metodlari, insoniy qadriyatlar va vatanparvarlik, halollik, to‘g‘rilik, poklik, yaxshilik, birodarlik, do‘stlik, ahillik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, jasurlik, adolat, yuksak odobli bo‘lish, or-nomusli bo‘lish, kattalarga hurmat, andishali va or-nomusli bo‘lish va shu kabilar o‘z xalqi va vatanidan fahrlanishdek milliy g‘urur tuyg‘ularini o‘yg‘otadi. Milliy tuyg‘uni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha soxalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari: 1. Bolalarni xalq og‘zaki ijodi bilan tanishtirish. Maqsad: Vatan tuyg‘usini bolalarga ona allasi, bobolar o‘giti oila tarbiyasi bilan singdirish.
2. Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo‘lsinlar, ota-bobolardan faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg‘usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.
ijodi bilan sug‘orish. Bolalarni ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish. 4. Konstitutsiya saboqlari bilan tanishtirish. Maqsad: Ahloq va huquqiy tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-ahloq, meyorlariga qat’iy amal qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
34
5. Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san’at namunalari, milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida ma’lumot berish. 6. Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma’lumot berish. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari milliy g‘urur tushunchasini anglashining ahamiyati kattadir. Milliy g‘urur tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Bu hikmatli so‘zlar bir qarashda ota-onalarga qarata aytilgan fikrdek tuyuladi. Biroq, uning mantiqiy ma’nosi pedagog-tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, muassasada tarbiyalanayotgan bolalar bilan o‘z farzandlari kabi yaqin bo‘lmog‘i lozim. Chunki, ular ham ota-ona, ham pedagog-tarbiyachi vazifasini o‘taydilar. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tarbiyachilar o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan o‘ta shirinso‘z, muloyim, xushmuomlali va ayni chog‘da, talabchan bo‘lishlari zarur. Qomusiy olim Al-Beruniy o‘kitishda «o‘quvchining qiziqishi va intilishi hisobga olinishi va muallim o‘z shogirdiga xushmuomalali bo‘lishini ta’kidlaydi».
Sharq mutafakkirlari asrlar mobaynida o‘z ijodi va faoliyatlari bilan yoshlarga ibrat bo‘lib kelishmokda. Ularning qoldirgan badiiy-estetik meroslari, biz tadqiqot-tajriba ishlari olib borayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida, Vatanga
mehr-muhabbat, umuminsoniy, milliy qadriyatlarimiz bilan g‘ururlanish va ularni avaylab-asrash, ravnaq toptirishga intilishlari uchun muhim manbalardir. Darhaqiqat, sharqona ahloq-odob, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, rostguylik, hiyonat har tomonlama barkamol insonning ma’naviy qiyofasidir. Shuningdek, ma’naviyati yuksak inson xdromdan xalolni farklab olib, haromga, poklik bilan nopoklikni ajratib, nopoklikka, hiyonatdan diyonatni ajratib, hiyonatga, adolatsizlikka qarshi kurasha oladi. 35
Mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular bilan bog‘lik urf-odatlari haqida o‘z asarlarida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. Ularda „Navro‘z”, „Mehrjon”, Qurbon xayiti”, „Ramazon xayiti” kabi bayramlar haqida ma’lumot berganlar. Bu bayramlar insonlarni bir-biriga mehr-muruvvatli, xayr-saxovatli bo‘lish, yetim-yesirlar, qarindosh-urug‘lar holidan habar olish, o‘zbekona odatlarimizga sodiqlik, Vatanni sevish va ardoqlash, u bilan g‘ururlanish kabi his-tuyg‘ularni shakllantirish muhim hisoblanadi. Bu mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular bilan bog‘liq urf-odatlari Masalan, „Navro‘z" bayramida shirinliklar hadya etish (hayotning shirin bo‘lishini tilash), sovg‘a-salomlar berish, gul sovg‘a qilish (guldek nafis, go‘zal hayot tilash), bir-birlariga suv sepish (suv mul bo‘lsin, hosildorlik yuqori bo‘lsin degan ma’noda) va boshqa urf-odatlar joriy etilgan. Bularning barcha shakllar muassasasi tarbiyalanuvchilarining milliy tuyg‘uni shakllantirishga xizmat maktabgacha ta’lim qiladi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiq) namunalari xalkning turmush tarzi, ahloq-odobi, urf-odatlari, an’analari, diniy e’tiqodni o‘zida mujassam etadi. Orzu-umidlarni, mehnatga ijobiy munosabatni, vatanparvarlikni, sadoqatni, erk va ozodlik yo‘lidagi mardonavor kurashni, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, kelajakdagi farovon turmushga ishonchni ifodalaydi. Xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan biri afsonalardir. „Iskandarning shoxi bor”, „Luqmoni hakim”, „Shirin qiz”, „Yolg‘on so‘z siri”, „Tilla baliq tog‘i” kabi afsonalar azaldan sharq xalqlarining tabiatiga xos mardlik, vatanparvarlik, xalkparvarlik, adolat, erksevarlik, vafodorlik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Rivoyatlar esa mavjud hayotiy ma’lumotlarga tayangan holda, badiiy tuqimalar orqali insoniy qadriyatlar, insonning ezgu orzu-umidlari, armonlari, quvonchlari, tashvishlari, g‘am-qayg‘ulari, ehtiroslarini aks ettiradi. Rivoyatlar negizida tarixiy shaxslar hayoti, ma’naviy faoliyati yotadi. 36
Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi mutafakkirlarimizning insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud. Bundan tashqari, Uchtepa, Besh-ariq, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Surxondaryo kabi joy nomlari haqidagi rivoyatlar ham maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining milliy tuyg‘ularni shakllantirishda va o‘zligini anglatishda muhim ahamiyatga moliqdir. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda shakllarida, xalq og‘zaki ijodining marosim qo‘shiqlari ham alohida o‘rin tutadi. Marosim qo‘shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, ahloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi. Ertaklar esa ta’sirchan janr bo‘lib, bolalarning ruhiy va yosh xususiyatlariga ko‘ra, ma’naviy ongiga, faoliyati mazmuniga, hissiyotiga ijobiy ta’sir etadi. Ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq bilgan bola unda ko‘tarilgan g‘oyaning asl mohiyatini tushunadi, ertaklarga xos badiiy to‘qimalardagi voqea-hodisalardan hayotiy xulosa chiqarishga o‘rganadi. Ma’lumki, ertaklarning g‘oyaviy yo‘nalishini adolat, jasurlik, qahramonlik, ezgulik, insonparvarlik, farovon hayot, vafo, xalqparvarlik kabi ma’naviy tushunchalar tashkil etadi. Shuning uchun ham momolarimiz, bobolarimiz o‘z nabiralarini doimo ertak bilan siylashgan. Xalq dostonlari xalq ma’naviy qadriyatlari, an’analari mujassamlashtirilgan xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lib, unda musiqa bilan she’riyat uyg‘unlashgan. Dostonlarning g‘oyaviy va ma’rifiy ahamiyati shundaki, ularda yuksak go‘zallikka va baxt-saodatga erishishning birdan-bir yo‘li maqsadlar sari qat’iy intilishdan, sabr-chidam, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan iboratdir, degan g‘oya ilgari suriladi. Dostonlarda milliy g‘urur tuyg‘usi kuylovchi va tinglovchi o‘rtasidagi badiiy-estetik muloqot shakllanadi. 37
Milliy tuyg‘ularni shakllantirishda samarali ta’sir etuvchi shakllardan yana biri - latifalar asosida tarixiy voqealar, maishiy hodisalar yotadi. Ziyraklik, o‘tkir hajv, hozirjavoblik, hajm jihatdan ixchamlik, mazmunan teranlik latifalarning asosiy tamoyili hisoblanadi. O‘zbek xalk latifalarining asosiy qahramoni Nasriddin qiyofasi orqali nodonlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, munofiqlik, ochko‘zlik, ayyorlik, ishyoqmaslik kabi ma’naviyatga zid illatlar qoralanadi. Go‘zallik, donolik, zukkolik, rosguylik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, himmat, mehr- oqibat, saxiylik, ilmlilik, insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanadi. Maqol va matallar esa turli millat kishilarining ma’naviy yetuklik, zukkolik belgisi bo‘lib, ularning tub mohiyatlari, orzu-armonlari umumiyligining ko‘rsatkichlaridir. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqot - tajriba ishlari jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, milliy turmush tarzimizga yot bo‘lgan “jangari“ o‘yinchoqlar, mul’tfil’mlar, kinofil’mlardan imkon qadar foydalanmaslik, aksincha Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o‘yinlar, o‘yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan mul’tfil’mlar, bolalardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy karashlarning tug‘ri shakllanishida qo‘l keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur, vatanparvarlik va davlat ramzlari to‘g‘risida tasavvur tushunchalarini aniklashga doir bir necha metodlardan foydalanildi. So‘rovnoma-suhbat: Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan mashg‘ulotda, milliy g‘urur, vatanparvarlik mavzularida suhbatlar tashkil kilish, tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ularning erkin, mustaqil fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqil tafakkurni tarbiyalash bo‘yicha: “Vatanparvarlik o‘z o‘lkasini o‘rganish”, ’’Mustaqil vatanim seni kuylayman”, Yosh avlodni O‘zbekiston madhiyasi, gerbi, bayrog‘i, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash”, Ona Vatan mustaqil O‘bekistonga sodiq bo‘lish”. 38
Buyuk siymolar bo‘yicha: Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi. Milliy bayramlar bo‘yicha: “Navro‘z”, „Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti”va h- k.
Pedagog-tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshiradigan ishining mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borishi, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanishi lozim. Bolalarda mustaqillikni tarbiyalash, madaniy xulq odatlarini shakllantirish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatda bo‘lish, faoliyat madaniyatini shakllantirish, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, bolalarnnng yoshiga xos bo‘lgan yaxshilik, to‘g‘rilik, haqqoniylik, jasurlik, kamtarlik kabi ahloqiy tasavvurlarni shakllantirish lozim. Milliy tuyg‘uni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni tarbiyalashda ta’lim-tarbiya muassasalari, jismoniy tarbiya va sport, oila muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish asosida ularni ijtimoiy hayotga, oilaviy turmushga jamiyatning faol ishtirokchisi va mustaqillikni, hukukiy fuqarolik asosidagi demokratik jamiyatni mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladigan barkamol inson kilib yetishtirish birinchi navbatdagi vazifadir. Ona
yurtiga, shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan muhabbat dastlabki vatanparvarlik hislarini o‘yg‘otishga asos bo‘ladi. Bolalarni tanishtirish uchun hamma yerda diqqatga sazovor joylari bor. Hamma oilalarda umumxalq bayramlari bo‘lgan navro‘z, hayit va boshqa kunlar keng bayram qilinadi.
39
Bolalar ham bu bayramlarda qatnashadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga har bir bayram va tantananing ahamiyati ularning yoshlariga mos holda tushuntiriladi. Bu yerda tarbiyachining eng muhim vazifasi - bolalarning hissiyotlariga ta’sir etib, ularda o‘z halqidan, uning qadriyatlarida g‘ururlanish hissini o‘yg‘otish, mehnatsevar odamlarga xurmat tuyg‘usini tarbiyalashga o‘rgatishdir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling