Termiz davlat universiteti pedagogika fakul
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- T A Q R I Z
- Maktabgacha ta’lim metodikasi M.Norbosheva katta o‘qituvchisi
- TAQRIZ
- Qumqo‘rg‘on tuman 21-MTM mudirasi: S.Rahimqulova
Xulosa va tavsiyalar . Yosh avlodga milliy g’urur va milliy qadriyatlarni singdirish borasida qilayotgan ishlarimiz o’z samarasini berdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalqimizning qadriyatlari urf-odatlarini ardoqlashga, ularga amal qilishga, millatimiz fidoiylari kabi jasur, vatanparvar bo’lish, Vatanimizning gerbi, bayrog’i, madhiyasi bizning faxrimiz, g’ururimiz ekanligi, Konstitutsiyamizga hurmat, Vatanni ardoqlash to’g’risidagi tushunchalari hosil bo’ldi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bobolarimiz ibratini o’zlariga singdirib oladilar. Bobolarimiz qanchalar xalq, manfaatini ko’zlab tutishganliklari, ularga o’xshash inson bo’lishga harakat qilishlari kerakligini anglab yetadilar. Mashg’ulotlar bolalarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ekskursiyalar, sayohatlar, suhbatlar, bahs-munozaralar, tarbiyaviy-tadbirlar uyushtirish orqali olib boriladi. Biz maxsus shakl va metodlardan foydalanib, “Bolajon” tayanch dasturiga asoslanib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy туйғуni shakllantirish bevosita tarbiyachi-pedagoglarga va ota-onalarga bog’liq, ikki tomonlama harakat ekani tadqiqotlarimiz davomida ko’rindi. SHuning uchun ham tarbiyachi-pedagoglar va ota-onalar uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz. - Tarbiyachi–pedagoglar muomala odobi, pedagogik bilimlari, hamda doimo o’z mahoratlarini oshirib borishlari muhimdir; - Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish jarayoniga jiddiy yondashib, tarbiyalanuvchilarning o’z qobiliyatini namoyish qilishiga e’tiborni qaratish kerak;
51
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish, ularni baholashni o’tkazish jarayonda bolalar o’zini erkin tutishi va noqulay his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak; - Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga beriladigan savollar va topshiriqlarning ta’lim-tarbiya maqsadi aniq belgilangan bo’lishi, ya’ni hajmi, murakkabligi jihatidan belgilangan ta’lim-tarbiya mazmunlariga javob berishi kerak; - Maktabgacha ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan tarbiyaviy-tadbirlar ham bugungi kun talabi asosida yangiliklarga boy va bolani qiziqtira oladigan darajada bo’lishi kerak; - O’tkazilgan mashg’ulotlar bolalarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ekskursiyalar, sayohatlar, suhbatlar, bahs-munozaralar, tarbiyaviy-tadbirlar uyushtirish orqali olib borilishi lozim. - Maktabgacha ta’lim muasasalari tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan ham mafkuraviy ta’lim ishlarini olib borilishi maqsadga muvofiqdir; - Har bir farzandi bo’lgan ota-onalarga tarbiyachi-pedagog sog’lom, barkamol, milliy g’ururli komil inson bo’lib yetishishlari uchun ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash uchun o’quv markazlarini tashkish etish hamda doimiy seminarlar o’tkazib borishlar maqsadga muvofiqdir; Yuqoridagi fikrlarning zamirida maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g’ururni shakllantirish orqali ularni jamiyatda o’z o’rnini to’g’ri topib, ijtimoiy hayotga tayyorlash, Vatandan fahrlanib, unga xizmat qila oladigan, har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashdir.
52
Termiz Davlat Universiteti Pedagogika fakul’teti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi Mardonayeva Saidaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko’tarish mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy g’oyasi sanaladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmonida keltirilgan sharhida ham maktabgacha ta’limmuassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan. Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo’lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo’lishiga zaruriyat seziladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. Milliy tuyg’ular, g’urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg’usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo’lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo’lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o’z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o’zining ona tili, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammalbilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo’lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo’ladi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
53
I.bobda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning nazariy pedagogik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish pedagogik muammo sifatida, milliy tuyg‘ularni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning mavjud holati keng yoritilgan. II.bobda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda pedagogik vositalar va shakllardan foydalanish bo’lib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda pedagogik vositalar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni tarkib toptirish shakllari ochib berilgan.
III.bobda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlari bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi, milliy tuyg‘u hissini tarbiyalovchi mashg’ulotlarni amalga oshirish texnologiyasi o‘rganilgan, hamda umumiy xulosalar va tavsiyalar berilgan. Mardonayeva Saidaning "Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish" mavzusidagi BMI tugallangan va uni himoya qilishga tavsiya etaman.
o’q. SH.Qodirova
54
Pedagogika fakul’teti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Mardonayeva Saidaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish” mavzusida tayyorlagan Bitiruv malakaviy ishiga T A Q R I Z
Insonning shaxs sifatida kamol topishida maktabgacha yosh davri alohida ahamiyat kasb etuvchi davr ekanligi ko’plab tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. Maktabgacha davrning 3-bosqichi hisoblangan ilk yoshda o’z “men”i anglash jarayonining kechishi va rivojlanishi shaxs shakllanishida muhim omildir. SHu nuqtai nazardan yondoshganda, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish deb nomlangan ushbu bitiruv malakaviy ish mavzusi ayni davr uchun dolzarbdir. CHunki, “men” ini anglash barobarida erta yoshdanoq milliy g’urur va iftixor tuyg’usini shakllantirish vatanparvarlikni tarbiyalash omili hamdir. Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzusining dolzarbligi, bitiruv malakaviy ishning ob’ekti va predmeti, maqsadiga ko’ra vazifalari, tajribani olib borish uchun metodologik asoslar, tadribaning metodlari atroflicha yoritilgan. Ishning I-бобида “ Мaktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning nazariy pedagogik ” deb nomlangan бўлиб, mavzuning pedagogik muammo sifatida qaralganligi va bugungi holatning o’rganilganligi nazariy-amaliy jihatdan bayon etilgan ҳамда, Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish pedagogik muammo sifatida, мilli туйғуларni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, мaktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishнинг mavjud holati кенг ёритилган. II-bobda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda pedagogik vositalar va shakllardan foydalanish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda pedagogik vositalar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni tarkib toptirish shakllari haqida ma’lumotlarni keltirgan. 55
Shuningdek, III-bobda maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishga yunaltirilgan tajriba-sinov ishlari keltirilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi, milliy tuyg‘u hissini tarbiyalovchi mashg’ulotlarni amalga oshirish texnologiyasi keng yoritilgan hamda, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalar keltirilgan. Umuman olganda, bitiruv malakaviy ishga qo’yilgan vazifalar ketma- ketlikda bajarilganligi va maktabgacha yoshda bolalarda milliy tuyg’uni shakllantirish pedagogik muammo sifatida o’rganilganligini inobatga olib mazkur ishni ahamiyatliligini ijobiy baholash mumkin.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi Nizom talablariga javob berishini hisobga olib, ishning to’la yakunlanganligi va amaliy qiymatga egaligi bois malakaviy ishini himoyaga tavsiya qilaman. Ishning tuzilishi, hajmi va bajarilish tartibi amaldagi bitiruv malakaviy ishning talablariga javob beradi.
Maktabgacha ta’lim metodikasi M.Norbosheva katta o‘qituvchisi:
56
Termiz Davlat Universiteti Pedagogika fakul’teti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi Mardonayeva Saidaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
Mustaqil O’zbekiston kelajagi ko’p jihatdan barkamol intelektual salohiyatli avlod va unga ta’lim tarbiya berish sifatiga bog’liq. Shu bois vatanini, xalqini sevadigan, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni yetishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatning ustuvor yo’nalishining dolzarb mezonlaridan biri bo’lib, bu haqda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tog’risida“ gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni yetishtirish davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalardan biri ekanligi ko’rsatilgan. Shu sababli talaba Mardonayeva Saidaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish” mavusidagi bitiruv malakaviy ishi mavzusi hozirgi kunda dolzarb muammolardan biridir. Bitiruv malakaviy ishi kirish, nazariy qism, 3 bobdan iborat. 1-bob, 2 paragraf, bob bo’yicha xulosa, 2-bob, 2 paragraf, bob bo’yicha xulosa, 3-bob amaliy qism, 2 paragraf, bob bo’yicha xulosa, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, slayd, ilovalardan iborat. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad vazifalari, predmeti, ob’ekti ilmiy tadqiqot metodlari, metodologik asoslari ochib berilgan. Bitiruv malakaviy ishining I-bobida maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish pedagogik muammo sifatida, milliy tuyg‘ularning maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish mavjud holati yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining II-bobida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirishда педагогик vositalar ва shakllari ochib berilgan. III-bobida Tajriba–sinov ishlari natijalari va tahlili, umumiy xulosalar va tavsiyalar berilgan. Mazkur BMIni amaldagi Nizom talablariga javob berishligini inobatga olib, himoyaga tavsiya etaman.
57
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.–T.: “O‘zbekiston”. – 2017 yil.– 102b. 2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017 yil. – 488 b. 3. Mirziyoyev Sh.M. ”Erkin va faravon, demokiratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz’’ T.O’zbekiston nashiriyoti 2016 yil 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:- 2016y. 29-dekabr. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiнинг «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 –sonli qarori. 6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti нинг
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30- sentabrdagi PF–5198-sonli Farmoni
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentiнинг 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni xarakatlar strategiyasi 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli Farmoni ’’O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini” Faol tadbirkorlik, inovatsion g’oyalar va texnalogiyalarni qo’llab quvvatlash yili’’da amalga oshirishga oid davlat dasturi. 9. Karimov I.A «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» 1997 yil 10. Karimov I.A «Yusak ma’naviyat yengilmas kuch».T: “Ma’naviyat” 2008 yil,10-11b. 11. Karimov I.A. “Xalqimizning otashqalb farzandi”. Toshkent. “O‘zbekiston”, 1992 y 28-bet 12. Karimov. I.A. “O‘zbekiston Mustaqilikka erishish ostonasida”. T.: “O‘zbekiston” nashriyoti 2011y.
58
13. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Toshkent, 1997 yil 14. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Toshkent, 1997 yil 15. "Bolajon" takomillashtirish dasturi Toshkent 2016 yil 16. “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari” Toshkent.2017 yil. 17. Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi T., 2010 yil 18. Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika” darslik. Toshkent.2017 yil. 19. Ochilov M.” Muallim qalb me’mori”,Toshkent ”O’qituvchi” nashriyoti, 2001y, 20. Yusuf Xos Hojib "Qutadg’u bilig" Toshkent "Yulduzcha"1999 yil. 21. Xasanboeva O, “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi”, Toshkent 2006 yil. 22. Shodmonova Sh, “Maktabgacha pedagogika” Toshkent 2008 yil. 23. Qurbonov N.M. Milliy tarbiya T.: Ma’naviyat, 2007 yil 24. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” Toshkent, “O’zbekiston” 2000 yil. 25. Jumaboev M “O’zbek bolalar adabiyoti”,Toshkent ”O’zbekiston” 2002 y, 21b. 26. Maxmudov Y.F, Xudoyqulov X.J. “Milliy g’urur-ma’naviy komillik mezoni”.T, Dizayn-Press 2011.327b. 27. To‘raqulov E. „Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida". T., „O‘qituvchi", 1992, 39-b 28. "Qadimiy hikmatlar", T., F. G‘ulom nomidagi Adabiyot nashriyoti, 1987, 29. Rahimova R. “Tarbiyachiga 1001 maslahat”., Toshkent.,2007 yil 30. Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika” Toshkentyuyu., 2013 yil
31 www. tdpu. uz 32.www. pedagog. uz 33. www. ziyonet. uz 34. www. edu. uz
59
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling