Termiz davlat universiteti pedagogika fakul
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunga mashg’ulotlar, suhbatlar kiradi
- 1 – Mavzu: “Kindik qonim tomgan yer”
- 3. – Mavzu: Ona mamlakatimiz shifobaxsh o’simliklari haqidagi bilimlarni kengaytirish ularni asrab – avaylash, ehtiyotlash, bolalarni tevarak
- 4. – Mavzu: “Ma’naviyat davrasi”.
- 5. 5-6 yoshdagi bolalarda mиллий туйғу hislarini tarbiyalash bo’yicha bayram rejasi namunasi.
II bob yuzasidan xulosa: Bitiruv malakaviy ishimizning II-bobida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish vositalari, shakl va metodlari bo‘lib bunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish vositalari, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari keng yoritib o‘tilgan . I I I. БОБ. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI 3.1. Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi. Mustaqillik davridagi islohotlarning birinchi bosqichida butun xalqni, asosan, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishildi. Bu davrda yosh avlod milliy qadriyatlar va an’analarning tub mohiyatini bilishdi. O‘tmishda ajdodlarimizning jahon fani ravnaqiga qo‘shgan buyuk ta’limoti bilan yaqindan tanishdi. Boshqacha aytganda, yosh avlod o‘zligini angladi.
40
Darhaqiqat, Maktabgacha ta’lim muassalarida ta’lim-tarbiya ravnaqi, bolalarning milliy g‘ururini tarbiyalash va yuksaltirish singari ijtimoiy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda kuchli ijtimoiy siyosat yaratib bergan imkoniyatlar salmog‘i katta bo‘lib, bunda tarbiyaviy ishlar yuqoridagi masalani sifatli hal qilishga yo‘naltiridi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalarning milliy tuyg‘ularini shakllantirish, tarbiyalash va takomillashtirish jarayonlarini puxta tahlil qilish, shu muhim muammoni hal etish maqsadida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bolalarda e’tiqod, vatanparvarlik, xalqparvarlik, mardlik, jasurlik, milliy tafakkur, metin iroda, kuchli xotira va milliy tuyg‘ular orqali vujudga keladigan milliy g‘ururni tarbiyalashda milliy qadriyat va an’analar, urf- odat va udumlar, tarixiy xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyati, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’at, hozirgi mustaqillik davrida sodir bo‘layotgan olamshumul voqea va hodisalar, mashg‘ulotlar va tarbiyaviy tadbirlar pedagogik- psixologik omil va vositalar sifatida muhim rol o‘ynaydi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlar turli-tuman bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilar yorqin ishlarni uzoq eslab yuradilar, shu bois bunday ishlarni takrorlash maqsadga muvofiq emas, chunki u ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Tarbiyaviy-tadbirlarni har doim yangisini topish qiyin ammo ularni topishga harakat qilish kerak. Tarbiyaviy ishlar zahirasida ko‘plab qiziqarli tadqiqotlar mavjud va bu takrorlamaslikni, aksincha, aniq sharoitlar bilan muvofiqlashtirgan holda tarbiyalanuvchini rivojlantirishni kafolatlaydi. Milliy g‘ururni shakllantiruvchi tadbirlarni his-tuyg‘ularning qudratli katalizatori kabi loyihalashtirish kerak. Ma’lumki, hayajonga tushgan kishi nihoyatda ta’sirchan bo‘ladi. Har bir tarbiyaviy-tadbir ishda tarbiyalanuvchiga yaqin, hamohang bo‘lgan jihatlarni topish va unda ijobiy xislatlarni rivojlantirish, mustahkam hayot tarzini shakllantirish, tarbiyaviy-tadbir ishlar madaniyatini oshirishning muhim yo‘llaridan biri bo‘lib, o‘rab turgan dunyo haqiqatini to‘g‘ri tushunishga yordam beradigan qilib yetkazish kerak.
41
Tadbir ishlarini rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‘zlash bosqichidan keyin boshlanadi va undan faqat nazariy jihatdan farqlanadi, ammo amaliy jihatdan bu ajralmas jarayondir. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish, bolalar shuuriga milliy istilol g‘oyasi asosida milliy g‘urur tushunchasini singdirish hozirgi davrning muhim va zaruriy talablaridan biri hisoblanadi. Bu siyosiy-pedagogik, ma’naviy-mafkuraviy vazifani amalga oshirishda tarbiyachilarning pedagogik mahorati asosiy o‘rinni egallaydi. Tarbiyachilar bu ishlarni mashg‘ulot jarayonida va mashg‘ulotdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali amalga oshiradilar. Shuning uchun ular maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar ruhiga milliy g‘ururni singdirilish ijodkoridirlar. Bunda, albatta, pedagog ijodkorligi, avvalo, o‘z burchlari va mas’uliyatini his etishlari kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish maqsadida turli ma’naviy – tadbirlar yaxshi natija beradi. Milliy tuyg‘uni takomillashtirish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga rahbarlik hamda nazorat to‘g‘ri tashkil qilinsa va yo‘naltirilsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari faoliyati adolatli baholansa va rag‘batlantirilsa, bu borada yaxshi natijalarga erishish mumkin. Burch tushunchasi har bir inson unga tegishli vazifalarni bekamu-ko‘st bajarishni, sodiqlikni, shu jarayonda boshqalar bilan to‘g‘ri va halol munosabatda bo‘lishni anglatadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi pedagoglar burchi, birinchidan, mashg‘ulot jarayonida bolalarga chuqur bilim berish, ikkinchidan, bolalar bilimini baholashda ularni rag‘batlantirish yoxud tanbeh berishda adolatli bo‘lish, uchinchidan, mashg‘ulot va tadbirlar davomida tarbiyalanuvchilarni milliy tarbiya an’analariga asoslangan holda tarbiyalash, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, milliy ahloq-odobni, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-muruvvat aqidalarini singdirish va nihoyat milliy tuyg‘ularni shakllantirish va takomillashtirishdan iboratdir.
42
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchida mardlik, do‘stlik, vatanparvarlik, milliy tuyg‘ularni o‘stirish, „Ertaklar olamiga sayohat" kechasini o‘tkazish, ularning adabiyot, san’atga qiziqishlarini orttirish, milliy-estetik didlarini o‘stirish, shuningdek, hikmatli so‘zlar bilan tanishtirish maqsadida „Dono bobo davrasida" kechasini o‘tkazish kutilgan natijani beradi. Maktabgacha talim muassasalarida bahor faslida „Navro‘z" bayrami, „Sumalak" sayillarini o‘tkazish va ulardagi ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy kurash, laparlar, turli milliy o‘yinlaru qizlarning tol popuklar taqib yurishlari, Navro‘z taomlarini ulashishlari bilan bu yerdagi bolalarni o‘z millatiga, xalqiga, urf-odatlariga, milliy merosiga mexr-muhabbat uyg‘otishda yaxshi samara beradi. Tarbiyachi-pedagoglar sharqona ta’lim-tarbiya yo‘llarini, ahloq-odob mezonlarini, mumtoz pedagoglar merosini, xalq pedagogikasi an’analarini chuqur o‘rganishlarida ularni tarbiyaviy - tadbirlar jarayonida tatbiq etish-lari maqsadga muvofiqdir. Biz tadqiqot davomida yuqoridagi vositalardan keng foydalangan holda turli tadbirlar o‘tkazdik. Masalan, “Bilimlar yurtiga sayohat”. Bu tadbirning maqsadi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish, vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik hislari, buyuk siymolar, mustaqillik g‘oyasi hamda o‘z o‘lkasi, hududi va xalqiga mehr, sadoqat tushunchalarini tarkib toptirish va rivojlantirishdan iborat. Shu tadbirlar bolalar ruhiga samarali va ijobiy ta’sir ko‘rsatish qudratiga ega. Ular o‘smirlarda milliy tuyg‘uni shakllantirish va tarbiyalashga yordam beradi. Va ayni chog‘da, o‘sha pedagogik-tadbirlar natijasida hosil bo‘ladigan fikrlar majmuasi milliy tuyg‘ularni tarbiyalash mazmunini belgilaydi. Bunda pedagoglar quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: a)
suhbat; b)
savol-javob daqiqalari; v)
sayohatlar uyushtirish; 43
г) turli xil kechalar; d) uchrashuv kechalari; Tarbiyaviy tadbirlar –turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’limda jarayonida alohida mashg‘ulotlardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar –tarbiya ishlarining bir bo‘lagidir. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari milliy tuyg‘uni anglashining ahamiyati katta. Milliy tuyg‘u tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy- ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham milliy o‘zlikni tiklash masalasi O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishishdan keyin mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 3.2. MILLIY TUYG‘U HISSINI SHAKLLANTIRUVCHI MASHG’ULOTLARNI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI. Biz bitiruv malakaviy ishimizni Curxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman 21-Maktabgacha ta’lim muassasasi (5-6 yosh) katta guruh tarbiyalanuvchilarida tajriba ishimizni olib bordik. Unda: Tajriba-sinov ishlari: Pedagogik tadqiqotni aniqlovchi bosqichi. Aniqlovchi sinov ishlarida maqsad va vazifalar belgilanadi. Maqsad: Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg‘usini tarbiyalash malakalarini rivojlanganlik darajasini aniqlash. Vazifalar :
44
1. Tarbiyachilarni katta guruh bolalarida milliy tuyg‘ularni tarbiyalshga bo’lgan munosabatlarini qanday ish shakllari va metodlari foydalanish orqali aniqlash. 2. Bolalarni milliy tuyg‘u tug’risidagi bilimlarini aniqlash. 3. Tajriba guruh bolalarida milliy tuyg‘ularini shakllanganlik darajasini aniqlash. 4. Tarbiyachilarning ish faoliyatini o’rganish maqsadida ta’lim tarbiyaviy ishlar, ish rejasi, tarbiyachining kundalik rejalari o’rganiladi. Bolalarni bilim darajalarini aniqlash maqsadida quyidagi savollardan foydalanildi. 1. Vatan deganda nimani tushunasiz ? 2. Siz qaysi viloyatda yashaysiz? 3.Kelajakda kim bo’lmoqchisiz ? 4.O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ida nimalar tasvirlangan? 5. O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ida qanday ranglar bor? 6. O‘zbekiston Respublikasi gerbida nimalar tasvirlangan? 7. O‘zbekiston Respublikasi gerbida qanday ranglar bor? 8. 8-dekabr qanday bayram? 9. 1-sentabrda qaysi bayramni nishonlaymiz? 10. Navro‘z bayramini bilasizmi? 11. Navro‘z bayramida qanday milliy liboslar kiyiladi? 12. Navro‘z bayramida qanday milliy taomlar tayyorlanadi ? 13. Alisher Navoiy bobomiz haqida rivoyatlar bilasizmi? 14. Amir Temur bobomiz kim bo‘lgan? 15. Amir Temur bobomizning xaykali qaysi shaharlarda joylashgan?
Berilgan ushbu savollarga bolalarning javoblari. 1. – darajadagi bolalar to’liq bilimga ega. Ularda milliy tuyg‘ular shakllangan. Bu his tuyg’ular haqida bilimga ega. 45
2. – darajali bolalarda Vatan haqida bilimga ega, ammo ularda nisbatan mehr – shafqat hissi shakllangan. 3. – darajali bolalarda milliy tuyg‘u haqida aniq bilim, ko’nikma yo’q. Aniqlovchi tajriba ishlari jarayonida olingan ma’lumotlarni tahlil qilib shunday xulosaga keldik: 1. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarda o’z Vataniga, oilasiga, yaqin insonlariga, do’stlariga muhofaza va yordamga muhtoj odamlarga mehr – shafqat hissini tarbiyalash ishiga kerakli darajada e’tibor berilmagan. Bu borada bolalarga ahloqiy tarbiya berish ishning mazmuniga ta’sir ko’rsatadi. - belgilangan maqsadning yo’qligi ; - ahloqiy sifatlarni tarbiyalash bo’yicha mashg’ulotlar ketma – ketligining yo’qligi: 2. Milliy g‘urur tuyg‘usi orqali bolalarda o’z Vataniga, yaqinlariga, do’stlariga mehr – muhabbat, mehr – shafqat, asrab – avaylash maqsadida tarbiyalanmaydi. Aniqlovchi tajriba davomida amalga oshiriladigan ishlar ketma – ketligini belgilashga imkon beradi. Bunga mashg’ulotlar, suhbatlar kiradi. Pedagogik tadqiqotning shakllantiruvchi bosqichi: maqsadi bolalarga миллий туйғулар haqida bilim berib tarbiyalash. Shakllantiruvchi tajribaning vazifalari: 1. 5-6 ёш guruh bolalarida миллий туйғуларни tarbiyalash bo’yicha bilimlarni shakllantirish. 2. Mashg’ulotlar, suhbatlar ketma – ketligini ishlab chiqish bunda bolalar o’zlari o’zlashtirgan bilimlarni amaliy jihatdan qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi. 3. Bolalarda fidoiylik, миллий ғурур туйғуларни tarbiyalash bo’yicha bilimlarni shakllantirish maqsadida mashg’ulotlar, suhbatlar ishlanmalarini ishlab chiqdik. Bular quyidagilardan iborat:
46
Maqsad: Bolalarga Vatan”, “O’zbek xalqi, uning farzandlari” she’rlarini o’qib berib bolalar qalbida ona yurtiga, farzandlariga mehr – muhabbat, mehr – shafqat tuyg’usini kuchaytirishga harakat qiladi.
Maqsad: Ona Vatanga mehr – muhabbat, uning farzandlariga mehr – shafqatni tarbiyalash maqsad Ona Vatanga qiziqish bolalarda mustaqil O’zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, O’zbekistonning gerb, bayrog’i, madhiyasi bilan kengaytirish, shular orqali bolalarda mehr – shafqat tuyg’usini tarbiyalash. 3. – Mavzu: Ona mamlakatimiz shifobaxsh o’simliklari haqidagi bilimlarni kengaytirish ularni asrab – avaylash, ehtiyotlash, bolalarni tevarak atrof, ular mehrli, ehtiyotkorlik tasavvurlarini kengaytirish, bilimlarni mustahkamlash, chaqqonlik, topqirlik, sezgirlikni shakllantirish. 4. – Mavzu: “Ma’naviyat davrasi”. Maqsad: Davra suhbati orqali O’zbekiston haqida, unda yashab o’tgan allomalar haqida bilgan bilimlarni aniqlash va ularning qilgan ishlari yozgan asarlari, she’rlari, odob – axloq haqidagi so’zlari orqali o’z Vataniga, ota – onasiga, do’stlariga mehr – muhabbatni, mehr – shafqatni va o’zbeklarga xos bo’lgan qoidalarni bolalarda shakllantirish. 5. 5-6 yoshdagi bolalarda mиллий туйғу hislarini tarbiyalash bo’yicha bayram rejasi namunasi. Mavzu: “Vatanni (sevmoq) mardlar qo’rqlaydi”. Maqsad: Bolalarda fidoiylik, vatanparvarlik, mehr shafqat, jasurlik hislarini tarbiyalash va shakllantirish. Har bir mashg’ulot, suhbatlari va bayram kechalari bolalarga chuqur ta’sir ko’rsatdi va ularda mehr –shafqat hislarini chuqurroq shakllantirishga yordam berdi.
47
Quyida va ilovada tajriba sinov ishi davomida olib borilgan mashg’ulotlar suhbatlar va bayram rejalaridan namunalar keltiramiz. Mashg’ulotlar nomi “Kindik qonim to’kilgan yer”. Maqsad: Bolalarga “Vatan”, “O’zbek xalqi” she’rlarini o’qib berib, bolalar qalbida ona yurtiga muhabbat, mehr – shafqat hissini kuchaytirishga harakat qiladi. O’lkamiz tabiati go’zal manzaralar tasvirlangan san’at asarlaridan bahra olib, nafosat tuyg’usini rivojlantirish. Mashg’ulotga tayyorlik: “O’bekiston” manzarasi aks etgan asarlar, “Vatan”, “Ona yurt” mavzusida rassomlarning ishlari har bir bola uchun 30 & 40 formatli oq qog’oz, rangli qalam, mo’yqalam akvarel. Mashg’ulotning borishi: Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan Vatan haqida suhbatlashamiz. Qani bolalar Vatan deganda kim nimani anglaydi ? Rashid: ( 1 ) – “Vatan – bu biz tug’ilgan joy”. Malika: ( 2 ) – “Vatan – bu, O’zbekiston”. Tarbiyachi barakalla qo’zichoqlarim, menga javoblaringiz ma’qul. Vatan – bu biz tug’ilgan, kindik qonimiz to’kilgan joy, ota – bobolarimiz, ajdodlarimizdan meros qolgan zamin, bizlarni oq yuvib oq tarab voyaga yetkazgan yurtdir. Vatan avvalo oilamiz, mahallamiz, ko’chamiz, shahrimiz, qarindosh urug’larimiz, ularning har biri Vatanimizning uzviy parchasidir. Qani aytinglarchi biz yashab turgan joyning nomi nima ? Diyor: ( 3 ) – O’zbekiston Tarbiyachi: Balli bizning vatanimiz O’zbekiston. Bu go’zal yurtimizning tabiati ajoyib manzaralari, dilimizga huzur bag’ishlaydi. Bizning yurtimiz vodiylarga, vohalarga, go’zal bog’u – rog’larga, purviqor tog’larga, serhosil va unumdor zamin kengliklariga boydir. O’zbekistonimizning go’zal tabiatini juda ko’p rassomlarimiz go’zal qilib tasvirlashgan. Xassos shoirimiz Hamid Olimjon, O’zbekiston she’rida Vatan g’oyasini ko’tarinki ruhda madh etadi.
48
Bolajonlar, biz hammamiz o’zbek millatiga mansubmiz. Biz bu bilan doim faxrlanishimiz zarur, unga mehr – shafqatli bo’lishimiz kerak. O’zbek xalqi mehnatkashligi, jafokashligi, g’oyat sabrli, bardoshli, keng fe’lli, mehr – shafqatli, mehmondo’st, bolajon, rahmdil va vatanparvarligi bilan obro’ qozongan. Kishi o’z vatanida yayrab – yashnab yashaydi, Vatanni asrab avaylaydi, odamlarga mehr – shafqat ko’rsatadi. Vatanning mehrli fidoiy kishisi bo’lib yashaydi. Bizning o’lkamizda 150 dan ziyod millat va elatlar yashaydi. Bu millat va elatlar bir – birlariga mehr – muruvvatli, mehr – shafqatlidirlar. Ular O’zbekistonning yanada gullab yashnashi uchun kamarbasta bo’lmoqdalar. Bolajonlar endi oldingizdagi oppoq qog’ozga o’z Vatanimiz, mehrimiz, ko’chamiz, bog’chamiz, mahallamiz rasmini tasvirlab berasizlar. Mashg’ulotning yakuni. Tarbiyachi mashg’ulot so’ngida bolalarning ishlarini kuzatib, yaxshi chiqqan rasmlarni bolalarga ko’rsatadi, bolalarni rag’batlantiradi. Mashg’ulotning tahlili. Kuzatish shuni ko’rsatadiki, bolalarda mashg’ulot orqali ona yurtga muhabbat hissi kuchaydi. Bolalarda mehr – muhabbat, mehr – muruvvat hissi shakllandi. Mustaqillik sharofati bilan qayta tiklangan, xaq – huquqlarimiz, ozodlik, erkinlik, o’z davlat tiliga ega bo’lish tabiat boyliklaridan xalq baxt saodati, manfaati yo’lida foydalanish haqida bilimga ega bo’ldilar. Vatan “O’zbek xalqi” she’ri orqali bolalarda Vatan bilan faxrlanish, fidoiylik, mehr – shafqat tuyg’ularini o’stirishga imkon yaratildi. Mshg’ulotlarda bolalardan Ona yurtni sevish, uning boyliklarini qadrlash, ota – onalariga, do’st – o’rtoqlariga, mehr – shafqat ko’rsatish, o’z ona tuprog’ini har bir qarich yerini asrab avaylash, uning uchun jonini fido qilish kabi his – tuyg’ularni shakllantirildi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mehr – shafqat hislarini tarbiyalashda tarbiyachilarning yana bir vazifasi materialni jonli va qiziqarli qilib bayon qilib bolalarda mehr – shafqat hislarini jonlantirish, uyg’otish va shakllantirishdir. Ana shu hislatni maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyalay olsak, bu bola katta 49
bo’lganda albatta o’z Vataniga, uning xalqiga, katta – yu kichigiga albatta mehr – oqibatli, mehr – shafqatli inson bo’lib kamol topadi. Mehr – shafqat g’oyalari, inson sahovati, muruvvati haqidagi fikrlar, “Avesto” kitobida qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan. Bulardan tashqari o’zbek xalqi orasida keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar va odobnomalarda diniy falsafiy risolalarda ayniqsa hodisalarda komil inson, insonparvarlik, mehr – shafqat kabi insoniy hislatlarga keng o’rin berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu xislatlarni shakllantirish avvalo oilaga, qolaversa atrof muhit, do’stlar, maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachilariga bog’liq, ular orasidagi munosabatga bog’liq, ular orasidagi munosabatga bog’liq. Chunki, maktabgacha yoshdagi bolalar taqlidchan bo’ladilar. Kattalar tomonidan berilayotgan mehr – shafqat albatta kichiklarda o’z aksini topadi. Bundan tashqari mahoratli tarbiyachi katta maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda mehr – shafqat hislarini shakllantirishda o’yin faoliyatidan foydalanish mumkin. O’yinlar asrlar davomida Maktabgacha pedagogikada tarbiya vositasi bo’lib hisoblanadi. Chunki o’yin har bir sog’lom bolaga quvonch bag’ishlaydi, uning ruhiyatini ko’taradi, tafakkurini o’stiradi, tevarak – atrof bilan tanishuvda yaqindan yordam beradi, uni yashashga o’rgatadi, unga mehr – muruvvatli bo’lish hislarini uyg’otadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rang barang harakatli, didaktik, syujetli – rolli o’yinlarni o’ynaydilar. Chunki syujetli – rolli o’yinlarda bolalar o’zlarini xuddi o’sha muhitda his qiladilar. Masalan, “Ona – qiz”, “Xola – xola” , “Doktor – doktor” , “Maktab – maktab” , “Bog’cha – bog’cha” va hokazolar. Tanlangan rolli o’yin bolani butunlay chulg’ab oladi, uning aqlli hissiyotlariga ta’sir ko’rsatadi. Agar bola rollardan qaysi birini tanlasa, u o’shaning mag’zini chaqib va obrazga kirishib uni chuqur his qilgan holda, shunga muvofiq o’zini tutadi. O’yin jarayonida bolalar o’zaro munosabatda bir – birlarini tushunishga, hurmat qilishga, mehr – shafqat ko’rsatishga harakat qiladilar. Aks holda o’yin buziladi. Qonun – 50
qoidalar o’yinni saqlab qolishiga yordam beradi. Uning barcha qatnashchilarini uyushgan holda harakat qilishga majbur etadi. Shu tariqa bola ham o’zi sezmagan holda tengdoshlari, jamoasi orasida o’zini qanday tutish lozimligini o’rganib oladi. Sheriklari bilan birgalikda harakat qilishda uyushqoqlik talab etadigan individual va hamkorlikdagi o’yinlar jarayonida bola uyushqoq intizomli bo’lishni o’rganadi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling