75
- ko‘pgina bolalar bog‘chalarida, maktabgacha yoshdagi bolalar bo‘lishi uchun
obyektlarning qulayligi;
- so‘z zaxirasini boyitishning zarurligi.
Tevarak-atrof obyektlarining namunaviy ro‘yhati quyidagicha:
1. Xayvonot olami.
2. Tabiat ko‘rinishlari (bahor, yoz va boshqalar).
3. Usimliklar dunyosi.
4. Insonlarning mehnat faoliyaggi.
5. Xo‘jalik sohalari (sanoat, kishlok; xo‘jaligi va boshqalar).
6. Pochta, telegraf.
7. G‘alla, un, sabzavot va boshqalarni saqlash uchun binolar (elevatorlar, omborlar va
boshqalar).
8. Dengiz, ko‘l, daryo, sharshara, ariq kanal.
9. Tog‘lar, tog‘ daralari, g‘orlar.
10. Osmon, yulduzlar, fazo.
11. Madaniy-maishiy inshootlar.
12. Savdo rastalari, dukonlar.
13. O‘yinchoqlar.
14. Kitoblar, rasmlar, bezakli jurnallar.
Nutqni rivojlantirishga oid tevarak-atrof obyektlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish
mumkin:
- hayvonot va o‘simliklar olami;
- insonlar mehnati va texnika vositalari;
- tevarak-atrof predmetlari;
- narsa-buyumlar;
- o‘ynchoqlar, rasmlar, badiiy asarlar;
- madaniy-maishiy binolar;
76
- tevarak-atrof
hodisalari, yil fasllari.
Xulosa qilganda, turli xil adabiy manbalarni, maktabgacha tarbiya muassasalari
ilg‘or ish tajribalarini atroflicha o‘rganish va tahlil etish natijasida tevarak-atrofni
o‘rganishda nutqni rivojlantirish muammosi ta’limning ilk bosqichi taraqqiyotida
muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish mashg‘ulotlarini
rejalashtirish va tashkil etish, amaliyotdagi mavjud tavsiyalardan foydalanish,
tanqidiy va ijodiy yondashishgaar zarurligiga e’tibor qaratish, shuningdek,
maktabgacha
katta
yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid ilg‘or
texnologiyalardan foydalanishning mazmuni va ayrim xususiyatlari tahlil qilinadi.