Termiz davlat universiteti pedagogikafakulteti


Download 1.02 Mb.
bet2/15
Sana05.09.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1672908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3- sinf TAYYYO yangi finall

Kurs ishining vazifalari:

  • matematika darslarida muammoli ta’limdan foydalanishning nazariy asoslarini o’rganish;



  • muammoli ta’limning mazmun mohiyati va uning xususiyatlarini o’rganish;

  • 3-sinf matematika darsligidagi muammoli topshiriqlarni tahlili qilish;

  • 3-sinf matematika darsligida muammoli topshiriqlarni qo’llashning afzalliklarini o’rganish;

  • 3-sinf matematika darslarida muammoli vaziyatni vujudga keltirishga doir dars ishlanmasini tuzish.

Kurs ishining obekti:3-sinf matematika darslari
Kurs ishining predmeti:3-sinf matematika darslarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
Kurs ishining tuzilishi:2 bob 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I BOB.MATEMARIKA DARSLARIDA MUAMMOLI TA’LIMDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1Muammoli ta’lim,uning mazmuni va mohiyati
Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.
Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o’quvchilarning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak.
2021-yilda ilk marta O’zbekistonda ilk marta iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining PISA-o’quvchilar savadxonligini baholash bo’yicha xalqaro dasturida ishtirok etadi.Mazkur dastur 2000 yildan beri o’tkazib kelinayotgan bo’lib, har 3 yilda 15 yoshli bolalarning o’qish savadxonligi, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha bilimini tekshiradi.Bunda bolalarning olgan bilimlarini hayotda-real vaziyatda qay darajada qo’llay olishlari muhim sanaladi.
Piza testi o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini oshirishga, o’rgangan bilimlarini hayotda qo’llay olish bilim,ko’nikma va malakalarini o’rganib ularni rivojlantirishga qaratilganligi uchun boshlang’ich sinf matematika darslarida buni qo’llash va bu ishlarni tashkil etish o’quvchilar salohiyatini oshirishda juda samarali ta’sir ko’rsatadi. Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
— o’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo’lini topishni taklif qiladi;
— bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
— hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling