Termiz davlat universiteti pedagogikafakulteti


II BOB.3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI VAZIYATLARNI VUJUDGA KELTIRISHNING USULLARI


Download 1.02 Mb.
bet7/15
Sana05.09.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1672908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
3- sinf TAYYYO yangi finall

II BOB.3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI VAZIYATLARNI VUJUDGA KELTIRISHNING USULLARI.

2.1.3-sinf matematika darsligida muammoli topshiriqlar tahlili.
3-sinf matematika darsligi S.Burhonov,O’.Xudoyorov, Q.Norqulova, N.Ruzikulova, L.Goibova tomonidan yaratilgan.To’rtinchi nashr.BU kitobni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi umumiy o’rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik sifatida tavsiya etgan.
“Sharq”nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati.Toshkent-2019.
Darslik 2-sinfni takrorlashdan boshlnadi va dasturga muvofiq soddadan murakkabga qarab tuzilgan.Shuningdek bu nashrdagi darslikka kasr mavzusi ham kiritilgan.3-sinf matematika darslarida o’quvchilar asosan ko’p xonali sonlar, kasr , geometrik figuralar, tenglamalar va turli o’lchov birliklari bilan ishlashni o’rganadilar.
3-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar

3-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni
bilishi va tushunishi zarur:


  • 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori;



  • 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish;

  • sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish;

  • sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish;

  • uzunlik o‘lchovi birligi kilometr va uning belgilanishi (km) haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • uzunlik o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlar;

  • yuz o‘lchovi birligi kvadrat detsimetr va uning belgilanish (kv. dm) haqida tasavvurga ega bo‘lish;


Bajara olishi zarur:



  • 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslash,

  • Sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash;

  • O‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida to‘g‘ri foydalanish;

  • 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish;

  • 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish;

  • 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni yozma qo‘shish va ayirish va natijani tekshirish;

  • 3 xonali sonlarni bir xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish va natijani tekshirish;

  • 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni bir xonali songa yozma bo‘lish va natijani tekshirish;

  • Sonni ko‘paytmaga bo‘lish, yig‘indini songa ko‘paytirish va sonni yig‘indiga ko‘paytirish hamda yig‘indini songa bo‘lish usullarini bilish;

  • Nol bilan hisoblashlarni bajarish;

  • 2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish;

  • Bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshirish;

  • Matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish;

  • O‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish;

  • Kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash;

  • 1–2 amalli masalalarni (shakllar bo‘yicha, reja bo‘yicha, ifoda tuzib) yechish.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling