Orttirilgan bilim va ko‘nikmalardan amaliy faoliyatda va kundalik turmushda (quyidagi holatlarda) foydalana olishi zarur:
o‘rab turgan atrof muhitida mo‘ljal olish (manzilga yetib borish marshrutini rejalashtirish, harakatlanish yo‘lini tanlash va hokazo);
narsalarning turli xususiyatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imi bo‘yicha taqqoslash va tartibga solish:
soat yordamida vaqtni aniqlash (soat va minutlarda);
kundalik turmush vaziyatlari (xarid, o‘lchash, og‘irliklarni tortish va hokazo)ga oid masalalarni yechish;
buyumlarning o‘lchamlarini ko‘z bilan “chamalab” baholash;
o‘rganilgan geometrik shakllardan foydalanib mustaqil kichik konstruktorlik faoliyati elementlarini bajarish.
3-sinf matematika darsligidagi muammoli topshiriqlar tahlili:
3-sinf matematika darsligi quyidagicha bo’limlardan iborat:
1.2-sinfda o’tilganlarni takrorlash
2.Jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lish.Geometrik figuralar.
3.10 000 ichida raqamlash,arifmetik amallar,kattaliklar.
4.Matematik ifodalar.Tengsizliklar.geometrik figuralar.
5.Oddiy kasrlar.Sodda o’nli kasrlar.Kattaliklar.Geometrik figuralar.
3-sinf jami 170 soat,A1+:238 soat hisoblanadi.
3-sinf darsligida deyarli har bir soatda muammoli topshiriqlar mavjud va bu topshiriqlar o’quvchilarning yosh xususiyatlari va mavzu doirasi bo’yicha berilgan.Masalan:
4.Dangasa bola bir sutkaning yarmini uxlash va ovqatlanish, choragini maktabda bo‘lishga, yana bir choragini o‘yin va televizor ko‘rishga sarfladi. Sutkaning qolgan qismida dars tayyorladi. U necha soat dars tayyorlagan?
Ushbu masala 3-sinf matematika darsligining sonning bir necha ulushini va ulush bo’yicha sonning o’zini toppish mazsusining tarkibida bor.Bu muammoli masala mavzuga doir qilib berilgan.(14 bet)
Masalani yechishda o’qituvchi o’quvchilarga butun,ulush, yarim, chorak kabi savollarni beradi va buni biror o’quvchini misol qilib aytadi,shunda o’quvchilar uning kundalik yumushlarini o’ylaydilar va dangasa bolaning dars qilishga vaqti bo’lmasligini topadilar.Yana shunday xulosaga keladilarki agar bolalar ishlarini vaqtida bajarib,televizor ko’rish va o’yin o’ynashga kamroq vaqt sarflasalar uyga vazifalrini bajarishga vaqt topadilar.
Bu 60:3, 100:2 ko’rinishidag ifodalar mavzusidagi sonli rebus bo’lib,bunda bolada bu masalani qanday ishlayman? degan muammoli holat vujuga keladi.O’quvchi mevalar o’rniga shunday sonlarni topish kerakki, tenglikdan keying son to’g’ri chiqishi kerak.
Bunday rebuslar bolarning uzoq o’ylashga majbur etadi va ularning mantiqiy fikrlashiga samarali ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |