Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
boshqarib bo‟lmaydigan jarayon deb ta‘kidlaydilar. Lekin uni butunlay
boshqarib bo‘lmaydigan stixiyali ravishda tartib topadigan jarayon deb atash noto‘g‘ri,-bu hol aniq maqsadni ko‘zlab ta‘lim berish g‘oyasining o‘ziga zid bo‘lar edi. Biroq o‘qituvchi ta‘limni tashkil etadi, unga rahbarlik qiladi, uni amalga oshiradi va yo‘naltiradi, degan fakt ta‘lim etarli darajada boshqariladigan va tartibga solinadigan jarayondir degan ma‘noni anglatmaydi, chunki biz boshqariladigan ta‘lim deb, shunday, shunday ta‘limni ayta olamizki, bunda har bir bolaning harakatidagi har bir qadam nazorat qilinadi, o‘qituvchi har bir o‘quvchining har bir bosqchida muayyan bilimlarni o‘zgartirishi yoki muayyan ko‘nikma va malakalar hosil qilishi haqida uzluksiz axborot olib turadi, yangi material avvalgi materialni o‘zlashtirish xarakteriga qarab taqdim qilinadi. Albatta, o‘qituvchi ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish jarayonini va aqliy rivojlanishning borishi har bir paytda, har bir o‘quvchiga nisbatan hamma tafsilotni nazorat qilmaydi va nazorat qila olmaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan material qanday o‘zlashtirilayotgani haqida juda umumiy tasavvurgagina ega bo‘ladi, o‘qitishda esa u odatda har kimning individual imkoniyatlarini emas, balki o‘rtacha o‘qiydigan o‘quvchi ko‘zda tutadi. Mumkin bo‘lgan yo‘llardan biri-o‘zlashtirish jarayonini berilgan topshiriqni o‘zlashtirish jarayoni sifatida maxsus tashkil etishdir. Bu jihatdan ancha ishlangan sistema P.YA.Galperinning aqliy harakatlarini etap bo‘yicha tarkib toptirish nazariyasiga asoslangan ta‘lim toptirish nazariyasiga asoslangan ta‘lim sistemasidir. Bu nazariya L.S.Vigotskiyning takliflari asosida vujudga kelgan bo‘lib, A.N.Leontevning aqliy harakatlarini tarkib toptirish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi tadqiqotlarida rivojlantirilgan mazkur nazariya odamning psixik faoliyatini tarkib toptirishga oid umumiy nazariyaning tarkibiy qismidir. Ana shu nazariyaga muvofiq, odamning anogenetik rivojlanishida harakatlar interiorizatsiyasi degan jarayonlar, ya‘ni tashqi harakatlarning sekin-asta ichki, aqliy harakatlarga aylanish jarayonlari ro‘y beradi. Ta‘lim jarayonini boshqarishning boshqa imkoniyatlarini qidirish programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta‘limning psixologik asoslarini ishlab chiqish bilan bog‘langan. Psixologik nuqtai-nazardan qaraganda, programmalashtirilgan ta‘lim nima u odatdagi ta‘limdan nima bilan farq qiladi? Buni tushunish uchun o‘quv jarayonini uning qatnashchilari ta‘lim beradigan, bilimlarni etkazadigan o‘quvchi tomonidan sxematik tarzda tasavvur qilib ko‘rmoq kerak. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, ma‘lumki o‘quv jarayonining ikki qismidir. O‘qituvchi tushuntiradi, isbotlaydi, dalil keltiradi, chizadi, rasm soladi, tajriba qilib ko‘rsatadi, o‘quvchi ko‘radi, tinglaydi, tushunishga, o‘zlashtirishga, esda olib qolishga harakat qiladi, fikr yuritadi, umumlashtiradi. Buning ma‘nosi shuki, «to‘g‘ri aloqa kanali» orqali axborot sub‘ektidan ob‘ektga, o‘qituvchidan 135 o‘quvchiga etkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchining qanday ta‘lim olayotgani haqida axborotga ega bo‘lmay turib, ko‘r-ko‘rona ta‘lim bera olmaydi. Programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta‘limda oddiy, an‘anaviy ta‘limning barcha ana shu salbiy tomonlariga barham beriladi, programmalashtirilgan ta‘lim o‘quv jarayonini domiy nazorat qilib turish va boshqarishni ta‘minlaydi. Programmalashtirishgan ta‘limning mohiyati uning mashinalashgan bo‘lishida (texnika vositalarini qo‘llash holda) ham, shuningdek mashinalashmagan bo‘lishida ham emas. Programmalashtirilgan ta‘lim o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘rganayotgan o‘quvchi oldingi materialni egallab olmasdan turib o‘zlashtirishda navbatdagi qadamni qo‘ya olmaydi. Buning uchun o‘quv materiali qat‘iy mantiqiy izchillikda joylashtirilgan kichik qismlarga bo‘linadi. Programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta‘lim bilish faoliyatining har bir qadamini haqiqatda nazorat qilishni ta‘minlaydi va bu bilan o‘quv jaaryonini to‘la- to‘kis boshqarish imkonini beradi. Qaytarma aloqa hamma vaqt harakatda bo‘ladi va o‘zlashtirishning individual xususiyatlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini tartibga solib turish imkonini beradi. Programmalashtirilgan ta‘lim o‘qituvchini chetlashtirmaydi, uning o‘quv jarayoniga o‘tkazadigan ta‘sirini pasaytirmaydi, balki uni qora, texnik ishlardan xolos qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quv jarayonining borishiga aktivroq ta‘sir ko‘rsata oladi, ta‘limga individual yondoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi, tarbiya jarayoniga ko‘proq e‘tibor bera oladi, ko‘rsata oladi, ta‘limga individual yondoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi. Boshqaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi. Ta‘limdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. Ulardan birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirish. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, ta‘lim jarayoni boshqarishning; -birinchi vazifasi tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta‘lim va tarbiyasi bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish; -ikkinchi vazifasi-bevosita o‘quvchining qiziqish va talablarin qondirishga yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. SHuningdek, bu vazifa o‘quvchilarning ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e‘tibor berilgan. Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vaziifa o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling