136
4. O‘quv topshiriqlarini bajarilganligini tekshirish.
5. O‘z oldiga maqsad qo‘ya olish.
6. Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofiqligini ko‘ra olish.
O‘qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an‘anaviy o‘qitish
usuli-bunda
o‘qituvchi
muammoni belgilaydi, vazifalarni
Aniqlayd iva muammoni echib
beradi. O‘quvchi esa masalani echish yo‘llarini eslab qoladi va uni echishni mashq
qiladi. Bunda o‘quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.
Rivojlantiruvchi ta‘lim o‘qitishning muammoli usulida o‘qituvchi
o‘quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi.
O‘quvchi esa muammoni tushunadi.
Uni echish yo‘llarini qidiradi va uni echadi. Bunday hollarda o‘quvchi
tafakkuining mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.
O‟quvchining o‟qishga bo‟lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o‟qituvchi
quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1. O‘quv jarayonini shunday tashkil
etish lozimki, bunda o‘quvchi faol harakat
qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi kashf etishi va muammoli
xarakterdagi masalalarni echish uchun sharoit izlashi kerak.
2. O‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma‘lumotlarni berishdan
qochish kerak.
3. O‘rganilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘lishi uchun ayni shu
fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qanchalik
ahamiyatli va muhim
ekanligini bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: