Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

Eksperiment metodi. Kuzatishdan farqli o‘laroq, psixologik eksperiment 
tadqiqotchining faoliyatiga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, 
tadqiqotchi psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan 
yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgartirilishiga, har jixatdan tadqiq qilish uchun bir necha 
martalab takrorlanishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795–1878) va fizik 
Fexner (1801–1887), sezgilarni tekshirishda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqot 
usullarini Vilgelm Vundt (1832–1920) mukammal ishlab chiqqan. 1879-yilda 
V.Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi 
laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya 
bo‘yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy – Moskvada
Bexterev – Qozonda, N. N. Lange – Odessada shunday laboratoriya ochishgan. 
1911-yilda Moskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi 
ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi. Maxsus qurilgan binoga 
joylashtirilgan va yaxshi jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya 
Federatsiyasi Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda 
birinchi laboratoriya P.I.Ivanov rahbarligida TDPU da tashkil etildi. 
Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya va tabiiy 
eksperiment. 
Laboratoriya eksperimenti - laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik 
asbob uskunalar yordamida o‘tkazishda va sinaluvchining xatti-harakatlari 


14 
ko‘rsatmaga binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinaliyotganligini 
biladigan sinaluvchi kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya 
eksperimenti orqali diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o‘ziga 
xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin.

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling