95
Pedagogik psixologiyaning ta‘limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan
so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi.
Ma‘lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta‘lim tizimlarida
ta‘lim ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. ta‘limning eksperimental ravishda
tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta‘lim metodlari) keng
joriy qilinmoqda.
Pedagogik psixologiya-psixologiya ilmining tarmog‟i sifatida, ta‟lim va
tarbiyaning shaxsga samarali ta‟sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va
mexanizmlarini o‟rganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda
ta‘lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining
psixologik
qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogik
psixologiya ikki fanni, ya‘ni psixologiya
va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin egallagandir. Pedagogik
psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma
va malakalarni egallash
qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni,
o‘quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini
tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya-ta‘lim tarbiyaning ta‘siri
oqibatida o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, o‘quv
materiallarining o‘quvchilarning
yosh davrlariga mos kelishini, turli ta‘lim
metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o‘quv qurollari,
asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo‘lgan psixologik
talablar kabi muammolarini ham pedagogik psixologiya o‘rganadi.
Mamlakatimizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari ta‘lim-tarbiyani to‘g‘ri,
ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga xos psixologik
qonuniyalarini, uning mexanizmlarini, shunigdek, faol,
mustaqil hamda ijodiy
tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali
usullarini bilishi lozim bo‘ladi. Bu borada yosh davrlari psixologiyasi va
pedagogik psixologiya- hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan
sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin
egallaydi, zero u inson ruhiy
olamining tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir.
Do'stlaringiz bilan baham: