Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

 
 
9-MAVZU: YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH. 
YOSH VA PEDAGOGIC PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT 
METODLARI. PSIXIK RIVOJLANISH VA DAVRIYLASHTIRISH 
MUAMMOSI 
Reja: 
9.1. Yosh va pedagogik psixologiya fani predmeti. 
9.2. Yosh va pedagogic psixologiyaga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi. 
9.3. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
9.4. Psixik rivojlanish va davriylashtirish muammosi. 
 
Tayanch so‟z va iboralar: 


94 
Yosh davrlari, yosh bosqichlari, ontogenez, filogenez, psixik taraqqiyot, 
ijtimoiy muhit, ta‟lim-tarbiya, psixika, evolyusiya guruh, jamoa, erkak, ayol, yosh 
o‟sishi, metod.
9.1. Yosh va pedagogik psixologiya fani predmeti 
1.Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda 
inson yoshining turli yosh bosqichlarida kechishi, yosh o‘sishiga va psixik 
taraqqiyotga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta‘sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y 
beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, yosh davrlari 
psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, 
o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan yoshining 
oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro
munosabati qonuniyatlarini tahlil qilishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi 
insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning 
har xil faoliyatini, erkak va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson 
shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. 
Jamiyat a‘zosi sifatida kamol topayotgan bolada ijtimoiy muhit sharoitlari 
va o‘z tabiatining muayyan hususiyatlari evaziga bilish jarayonlari, o‘ziga xos 
xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanib boradi. Bu jarayon alohida individ 
hayotida ma‘lum ketma-ketlikda, muayyan qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. SHu 
tufayli yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti xususida gap borganda turli 
yoshdagi insonlar psixik rivojlanishining xususiyatlari, o‘ziga xos omillari, 
mezonlari va mexanizmlari nazarda tutiladi. Demak, ijtimoiy hayotda,
TA‘LIM-tarbiya jarayonida, guruh va jamoalarda, ishlab chiqarishda hamda 
oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson 
shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini
psixikaning rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun xozirgi ijtimoiy, siyosiy hamda kommunikativ 
omillarning roli kun sayin ortib borayotgan kunda «inson omili» masalasi dolzarb 
mavzuga aylangan. Shaxsning barcha imkoniyatlarini to‘la to‘kis ro‘yobga 
chiqarish, ularning o‘zlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib 
berish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual, ma‘naviy va moddiy jihatdan 
o‘sishini kafolatlash zamonaviy ta‘lim-tarbiyaning bosh mezoni bo‘lishi lozim. 
Pedagogik psixologiya boshqa psixologiya fanlari qatori talabalari ilmiy-

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling