Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1. Yosh va pedagogik psixologiya fani predmeti
- talabalari ilmiy
9-MAVZU: YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH. YOSH VA PEDAGOGIC PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT METODLARI. PSIXIK RIVOJLANISH VA DAVRIYLASHTIRISH MUAMMOSI Reja: 9.1. Yosh va pedagogik psixologiya fani predmeti. 9.2. Yosh va pedagogic psixologiyaga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi. 9.3. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari. 9.4. Psixik rivojlanish va davriylashtirish muammosi. Tayanch so‟z va iboralar: 94 Yosh davrlari, yosh bosqichlari, ontogenez, filogenez, psixik taraqqiyot, ijtimoiy muhit, ta‟lim-tarbiya, psixika, evolyusiya guruh, jamoa, erkak, ayol, yosh o‟sishi, metod. 9.1. Yosh va pedagogik psixologiya fani predmeti 1.Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson yoshining turli yosh bosqichlarida kechishi, yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta‘sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan yoshining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini tahlil qilishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, erkak va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Jamiyat a‘zosi sifatida kamol topayotgan bolada ijtimoiy muhit sharoitlari va o‘z tabiatining muayyan hususiyatlari evaziga bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanib boradi. Bu jarayon alohida individ hayotida ma‘lum ketma-ketlikda, muayyan qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. SHu tufayli yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti xususida gap borganda turli yoshdagi insonlar psixik rivojlanishining xususiyatlari, o‘ziga xos omillari, mezonlari va mexanizmlari nazarda tutiladi. Demak, ijtimoiy hayotda, TA‘LIM-tarbiya jarayonida, guruh va jamoalarda, ishlab chiqarishda hamda oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini psixikaning rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. Shuning uchun xozirgi ijtimoiy, siyosiy hamda kommunikativ omillarning roli kun sayin ortib borayotgan kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylangan. Shaxsning barcha imkoniyatlarini to‘la to‘kis ro‘yobga chiqarish, ularning o‘zlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual, ma‘naviy va moddiy jihatdan o‘sishini kafolatlash zamonaviy ta‘lim-tarbiyaning bosh mezoni bo‘lishi lozim. Pedagogik psixologiya boshqa psixologiya fanlari qatori talabalari ilmiy- Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling