Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Kichik maktab yoshi davrida kognitiv-affektiv sohalaridagi rivojlanish


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

 
10.4.Kichik maktab yoshi davrida kognitiv-affektiv sohalaridagi rivojlanish 
xususiyatlari 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning barcha o‘qish faoliyati qattiiy 
ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o‘quvchilar o‘qish, yozish, 
va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va 
tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta xajmda 
bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaningsh bilim darajasi va bilish 
qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarininng 
taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun 
qobiliyat tarkib topadi va nixoyat o‘qishga bo‘lgan yo‘nalish o‘qishga nisbatan 
maxsuliyatli munosabat o‘qishni yuksak omillarini topishi kerak. Kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning bilim jarayonlarini va ularning faoliyatida taraqqiy 
etishini harakterlab beramiz.
Idrok rivoji. Jismoniy jarayonlar rivojlanishi butun kichik maktab yoshi 
davomida amalga oshadi. Garchi bolalar maktabga etarli rivojlangan idrok bilan 
kelishsa-da (ularda ko‘rish, eshitish o‘tkirlashadi, ular turli shakllar va ranglarni 
yaxshi farqlaydilar), ularning o‘quv faoliyatidagi idroki faqat shakl va ranglarni 
o‘rganish va anglashdan iborat bo‘ladi. Birinchi sinfda qabul qilingan predmetlar 
tarkibiy qismi va xususiyatlarining tizimli tahlili mavjud emas. Bolaning idrok 
etilgan predmetlarni tahlil qilish va farqlash imkoniyati unda shunchaki his 
etishdan ko‘ra murakkabroq faoliyat turining shakllanishi bilan bog‘liq. Kuzatish 


110 
deb atalgan faoliyat turi maktabda o‘qish jarayonida juda intensiv ravishda 
shakllanib boradi, keyinchalik idrok biror maqsadga qaratila boradi.
Bola kuzatuvchanligi haqida shaxsning alohida xususiyati sifatida gapirish 
mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta‘limda kichik yoshdagi 
o‘quvchilarning barchasida bu muhim xislatni sezilarli rivojlantirish mumkin.

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling