Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fikrlashning rivojlanishi.
Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur kichik maktab yoshida barcha
mashg‘ulotlarda rivojlanadi. Kichik maktab o‘quvchilarining biror predmetning kelib chiqishi va qurilishi shart-sharoitini ko‘rsatishga harakat qilishi - ularda ijodiy (produktiv) tasavvur rivojlanishida muhim psixologik asosdir. Fikrlashning rivojlanishi. Kichik yoshdagi maktab o‘quv-chilari fikrlashining rivojlanishida ikki asosiy bosqich kuza-tiladi. Birinchi bosqichda (1- 2-sinf) fikrlashda ko‟rgazmali-harakatlilik ustunlik qiladi, uni yana amaliy- harakatlilik yoki hissiylik deb ham atashadi. Bu bosqichda bolalarning narsalarni umumlashtirishi predmetlarning yaqqol belgilari ta‘siri ostida ro‘y beradi. Fikrlash rivojlanishining ikkinchi bosqichi (3-sinf) o‘quvchilar tomonidan tushunchalarning alohida xususiyatlari orasidagi o‘zaro munosabatni bilib olish, 111 ya‘ni tasniflashga (masalan, «stol» – ot so‘z turkumi) bog‘liq. Bolalar o‘qituvchiga u yoki bu tasnifni qanday o‘zlashtirganliklari haqida hisob beradilar. Abstrakt, mavhum va nazariy fikrlash nisbatan murakkab fikrlash turining keyingi bosqichi bo‘lib hisoblanadi Hayol. Hayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Hayolning faoliyasiz o‘qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda ko‘rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, xech qanday o‘quv predmetni chinakkam o‘zlashtirishi mumkin emas. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining hayoli uning o‘quv faoliyatining ta‘siri va talablari bilan tarkib topadi. SHuning bilan bir qatorda bevosita taxsurotlar (mo‘zey, vistavkalarning borib ko‘rish, kinokartinalarni ko‘rish, ekskursiyalarga borishh, maktab er uchastkasida ishlash va boshqalar) ham hayolni rivojlantiradi. Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar davri bo‘lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o‘smirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar (o‘qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo‘shiladi. O‘qituvchi o‘z oldiga bir qator jiddiy talablarni qo‘ygan o‘qishga yangi faoliyat turiga qo‘shilish o‘quvchining o‘z hayotini qatxiy tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga bo‘ysunishga majbur qiladi. Bo‘larning barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka, boshqa kishilarga, jamoaviyga ta‘limga va uning bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarga nisbatan yangi munosabatlar sistemasining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qatxiy ravishda ta‘sir qiladi harakterni irodani tarkib toptiradi. qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi. Axloqiy normalar va xatti-haraktlar qoidalarini o‘zlashtirish kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xati-harakat poydevori qo‘yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o‘zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4- sinfgacha bo‘lgan davr mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va muloxazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo‘ladi, turli tushunchalarga ega bo‘ladi, umumlashadi- 1 va 2 sinf o‘quvchilarining axloqiy muloxazalari o‘z xatti- harakatlari tajribasida va o‘qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko‘rsatmalri va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o‘quvchilari esa axloqiy muloxazalarida o‘z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko‘rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar bunday adabiyotlarni o‘qishda bolalar uchun chiqarilgan kinofilg‘mlarni ko‘rish ancha katta ahamiyat kasb etadi. Axloqiy xatti-harakatlar ham xuddi shunday tarkib topadi. 7-8 yoshdagi bolalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kattalarni jumladan, o‘qituvchining ko‘rsatmalari bilan ijobiy bo‘ladigan ko‘rsatmani kutib o‘tirmay, bunday ijobiy axloqiy ishlarining boshidan qanchasini tashabbuslari bilan amalga oshiradilar. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling