Topshiriq. Nazariy savollarga javob
Download 46.9 Kb.
|
29-bilet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allo-allo, odingnan Alvonjiying bodinan Onajoning o’rgulsin Kokilingni torinan Alla-yo heya…
- Safar Barnoyevning “Oq laylaklar” asari tahlili.
29-variantTOPSHIRIQ. NAZARIY SAVOLLARGA JAVOB . Bolalar folkloridagi parokanda allalar. Qudrat Hikmat she’rlarining badiiy-tasviriy xususiyati. Safar Barnoyevning “Oq laylaklar” asari tahlili. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarida ilgari surilgan g’oya. 1.Bolalar folkloridagi parokanda allalar. Parokanda allalar. O’zbek onalar ijodida ko’p uchraydigan allalardan biri hisoblanadi. Eng muhim hususiyati- yagona syujet asosida bo’lmaganligidir. Har bir parokanda band o’zicha mustaqil tugal bir mazmunga egadir. Ammo bunday mustaqillik faqat tashqi belgi, chunki mazmun mantiqi, bolaga qaratilganligi bandlarni yagona bir ipga tizadi, buni vazn, qofiya, radif va xatto naqorat kabi badiiy- tasviriy komponentlar kuchaytiradi. Allada parokandalikning yuzaga kelishida, uni kuylayotgan ona kayfiyatdagi betakrorlik, o’z sarguzashtlari, tashvishlari, omadsizliklari, o’kinchlari, armonlari asosiy ro’l o’ynaydi. Ona bola atrofida aylanadi-yu lekin qo’shiqda onalik hislari va istaklarini singdirayotganini o’zi sezmay qoladi. Natijada onaning o’y mulohazalari ikki guruhga bo’linadi: ham bolani, ham o’zini o’ylaydigan bo’ladi. Shunday vaziyatda ona o’y- muloxazalarida parishonlik barqarorlasha boradi. Lekin, onaning o’zi haqidagi o’y- muloxazalari bolasi atrofidagi o’y-muloxazalar zaminida kechadi. Bu esa, alladagi sirtqi parokandalikga mantiqiy bir butunlikni ta’minlab turadi. Masalan: Allo-allo, odingnan Alvonjiying bodinan Onajoning o’rgulsin Kokilingni torinan Alla-yo heya…Qudrat Hikmat she’rlarining badiiy-tasviriy xususiyati. Qudrat Hikmat asarlarida ona-Vatanning ko’rki , istiqboli- bolalar bilan, o’qish, bilish va halol mehnat qilish bilan bog’liq ekanligi mutassil talqin qilib boriladi. Shoir o’z asarlari bilan bolalarda kichiklikdan Vatanga, mehnatga muhabbat his tuyg’usini, fuqarolik mas’uliyati va faxrini tarbiyalay boshlaydi. Bu Qudrat Hikmat ijodidagi bosh va muhim mavzudir. Mehnat- go’zal hayot manbai, halol mehnat bilan kamol topish, hurmat-e’tibor orttirish mumkin degan g’oya Qudrat Hikmat sherlarida bola tushunchasiga hos sharxlanadi. Masalan, “Bob ova nabira” sherini olib ko’ring: munkillab qolgan chol yaxshi niyat bilan ko’chatlar o’tkazadi. Shu vaqt nabirasi ununig yoniga kelib, bolalarga shoshqaloqlik, sabrsizlik bilan bu nixollar o’zini tutib kata bo’lguncha necha-necha vaqt o’tadi, qo’ying, bu ish zarur emas, damingizni oling, deydi. Shunda: Bog’bon bobo unga der: -eshitgil ey, jon bolam! Ko’chat ekkan to’kib ter Mening ham marxum bobom O’sha nixol quchoqqa Sig’mas endi, mana ko’r Qarab to’ymaysan boqqa Mevalari to’kin mo’l. Sendek o’g’il qizlarni Ko’rib ko’nglim bo’lar shod. Ekaman tok, behilar Mendan qolsin yaxshi ot. Chol tilidan aytilgan bunday o’git nasixat bolani yaxshi, hayrli ishga da’vat etmay qolmaydi. “Bog’chadagi bog’cham” kabi bir turkum sherlarida kichkintoylarda mehnat zavqi to’lib toshganini shunday lavhalarda tasvirlaydi: Hovuzchadan zing’illab Suvni tashib bog’chamga. Quydim bultur o’tkazgan Qanddak o’rik, olchamga. Undan keyin oq, luchchak Shaftoliga quydim suv, Tupini sal silkitsang, Pishganlari tushar duv. Bola psixikasi ruhiga monand tugal voqei badiya formasida yozilgan bu kichik sher yugurib yelib ishlagan kichkintoy bog’bonning mehnat samarasini ham ko’rsatadi qo’yadi. Bunday tugal, ravon misralardan kichik kitobxon murod hosil qiladi. Shoir “Baxtli bolalar” sherida bolalarni ozod, erkin, baxtiyorligi va ularning ona-Vatanga bo’lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini zo’r ko’tarinki ruh bilan kuylaydi. Qudrat Hikmat bu she’rida ham o’z uslubiga sodiq o’laroq misralarni eng kichik vazndaifodalaydi: Quyosh yo’liday Yorug’ yo’limiz. Qayga uzatsak, Yetar qo’limiz … Gullasin doim Jonajon Vatan! Xalqimiz uchun Fido jon va tan. Qudrat Hikmat kichik yoshdagi bolalarni maktabga qiziqtirishni, ularning ilm-fanga nisbatan bo’lgan havasini uyg’otishni o’zining shoirlik vazifasi deb bildi. Masalan, unung “Kitob-do’stim” she’rini olib ko’raylik. She’rda boshdan oyoq kitob ta’rifi yotganligini ko’ramiz. Shoirning ta’kidlashicha, kimki kitobga mehr qo’ysa, astoydil o’qisa, aqli-zehni rivojlanishini juda o’ynoqi misralarda yozadi: Kitob-keng dunyo. So’zi nur-ziyo. Qo’ysang mehringni, Ochar zehningni. Shoir kitobning mohiyatini ochishga intilib, “Keng dunyo” ,”So’zi nur ziyo” kabi iboralarni qo’llab o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishadi. “Salom maktab” she’rida shoir maktabning mohiyati va ulug’vorligini bir butunligicha kitobxon ko’z o’ngida gavdalantira olgan. San’atkor jozibali misralar tuzib, bolalar e’tiqodini maktabga tortadi, ularni ilm-fan asoslarini mukammal egallashga undaydi: Ilmu fan bori. Hayot bulog’i. Aziz umrning Suyangan tog’i. She’rda nazarda tutilgan eng muxim masalalardan biri shundaki, maktabdan olgan ilmni xalq uchun, Vatan uchun sarf qilish har bir bolaning muqaddas burchi ekanligi alohida ta’kidlanadi: Sendan ilob dars, O’sdik har nafas. Vatan hizmatin- O’tash bizning qarz. Qudrat hikmat ijodida “Tinchlik haqida qo’shiq” she’ri alohida ahamiyatga egadir. Shoir tinchlikning mohiyatini butun borligicha she’rga soladi: Tinchlik juda soz, To’kin-sochin yoz. O’q tovushi chiqmas, Bo’lsa-chi urush, O’t tushar har yon. Tinch shirin turmush, Bo’ladi vayron… Go’zal shaxarlar, Yonib kul bo’lar. Na giyoh qolar, Na daryo ko’llar. Bu sira bo’lmas, Xalqalr yo’l qo’ymas, Tinchlik-obodlik, Hech qachon so’nmas. Shoir hamma, har bir oila, jumladan, Shavkatlarning oilasi ham tinchlik bo’lsin deb astoydil hizmat qilayotganini tasvirlab, tinchlik urushni yengishi muqarrarligini tasdiqlaydi. Shoir bu bilan bolada jahon ilg’or xalqlarining, ayniqsa, tinchliksevar xalqlarning kuch qudratiga zo’r ishonch tug’diradi, bolaga tinchliksevarlik ruhini singdiradi. Qudrat Hikmat halol mehnatni go’zal hayot manbai, u bilan kishi hurmat topadi, e’tibor ortiradi deb ifodalaydi. Shuning uchun u o’zining kichik kitobxonlarida yoshligidanoq mehnat ko’nikmalarini tarbiyalashni asosiy vazifa deb biladi. “Buvimning deganlari” she’rida o’z mehnat samarasidan xursand bo’lgan kichkintoylar obrazini yaratadi. Buni shoir Sanobar obrazida gavdalantiradi. Muallif o’zining kichkina qahramonidagi intilishni sezib, uni ulug’ ishlarga boshlaydi. Sanobar buvisi bilan pilla qurti tutadi va bu ishdan benihoya xursand bo’ladi. Buning uchun uning sevinchi, buvisiga bo’lgan muhabbati cheksizdir. Sanobardagi bu holni: Sanobarning vaqti chog’, Barg keltirdi bir quchoq,- deb tasvirlaydi. Buvi ham Sanobarning ishidan hursand bo’ladi, endi uning kata ishlarini ham uddalay olishiga ishonadi: Endi senga shu so’zim- Qurtlar kirdi daxaga,- O’rnak bo’lib hammaga Dastaga harakat qil, O’z ishingning ko’zin bil! Shoir Sanobarning buvisidan o’rgangan ishining katta ijtimoiy mohiyatga ega ekanini soda misralarda chuqur ochishga erishadi: Bu yil bizlar uch marta Qurt tutib, mamlakatga- Topshiramiz pillani, Pilla emas, tillani. Bu she’rning har bir misrasi o’ynoqi, tez yodda qoladigan asarlardan biridir. Buning uchun yuqoridagi parchalarga, ayniqsa, “Pilla emas, tillani” iborasida qayta nigoh tashlash kifoya. Shoir bu she’rida bolalarni mehnatsevarlikga, Vatan va xalq oldidagi burchini muqaddas deb bilishga undaydi.Qudrat Hikmat ijodida bolalarning ona-Vatanga nisbatan bo’lgan muhabbatlari “Mening Vatanim”, “Men tug’ilgan kun” kabi she’rlarida yaqqol o’z ifodasini topgan. Jumladan, “Mening Vatanim” she’rida jonajon O’zbekistonimizning go’zalligi, yurtimizdagi barcha xalq aka-ukaday do’st bo’lib hayot kechirayotganligi o’ynoqi misralarda aks ettirilgan” Ko’kday bepayon Boyliklarga kon, Keng paxta maydon Mening Vatanim. Qudrat Himatning “Chovkar” , “Toshbaqalar hujumi” ,”Qum ostida qovunlar”, “Ilonshox va uning amaldori ari haqida ertak”, “Chirchiq farzandi” kabi poema va ertaka-dostonlarini bolalar huzur qilib o’qiydilar va kata estetik zavq oladilar. Qudrat Hikmatning “Bobodehqon hangomasi” , “Toshbaqalar hujumi” ,”Qum ostida qovunlar” poemalarida bolalarning kattalar mehnatiga qiziqishlari, ulardan o’rnak olishga intilishlari yoritiladi. Bolalar shoirning “Ko’milgan oltin, vaysaqi xotin va tadbirkor ovchi qissasi”, “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak” singari ertak dostonlarini ham yaxshi biladilar. Safar Barnoyevning “Oq laylaklar” asari tahlili.Safar Barnoyevning “ Oq laylaklar” , “Tinchlikni ulug’laymiz” hikoyalar to’plamida, tug’ilib o’sgan ona qishloq haqida sara hikoya va qissalar jamlangan. Hususan, adibning “Oq laylaklar” hikoyasi Avaz ismli bolaning ona qishlog’i haqida yozilgan. Bola qishlog’ining nomi “Laylakxona” deb nomlanishidan or qiladi. Uni jamoat joylarida, to’y- marosimlarida boshqa qishloqdagi bolalar mazax qilib, ustidan kulishar ekan. Masxara bo’laverishdan bezor bo’lgan bola bir kuni buvasidan “Qishlog’imizning nomini o’zgartirsak bo’lmaydimi ?”- deb so’raydi. Avazning buvasi avval kuladi, keyin nevarasining astoydil hafa bo’lganini ko’rib, qishloq tarixini batafsil tushuntirib beradi. Uning aytishicha, ularning qishlog’ini dastlab Mingchinor deb atashgan. Oq laylaklar chinoriga in qurib ketgach, atrof qishloq odamlari Mingchinorni unutib “Laylakxona” deb nom berishgan ekan. Avaz esa uni aslo tushungisi kelmasdi. Hovlisidagi tut daraxtiga qo’yilgan laylak inini buzib, bir juft laylaklarni qaytmas qilib uchirib yubordi. Bundan keyinchalik afsuslanib qoladi ham. Shunda qishloqlarining nomi o’zgarmaydi… Bu kabi kichik va sermazmun hikoyalar bolalar qalbidan chuqur joy oladi. O’z ona Vatanga bo’lgan, mo’jazgina qishlog’iga bo’lgan mehr- muhabbatini tobora oshirib boradi. Vatanga bo’lgan sadoqat ana shu usul bilan tarbiyalanadi. Safar Barnoyev ijodida vatanparvarlik va tinchlik g’oyalari birgalikda tarannum etilgan. Shunisi muhimki, bu mavzuni yoritishda tiniq poetic kechinmalar, hayotiy obrazlar, jonli tasvirlar tobora ko’proq egallab boradi. Adib ona Vatan tabiatining oshufta kuychisi o’z asarlarida bu aziz Vatan tabiatining rango- rang manzaralrini yaratar ekan, shu bilan bir qatorda ulkan ma’naviy- ma’rifiy vazifani ham bajaradi. Zero, bolalar adabiyoti mustaqil O’zbekistonning kelajagini yaratuvchi yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishga ham mas’uldir. Erta- indin ulg’ayib, jazirama issig’u, qaxraton qishini pisand qilmay, kechani kecha, kunduzni kunduz demay Vatan sarhadlarida posbonlik qiladigan bo’lg’usi askar yigitlar ham, Vatan tuprog’ini gullab yashnagan bog’u-bo’stonga aylantiruvchi fidokor dehqon ham chevar qizlaru, lobar ayollar ham, hullas, o’z halol mehnatini ona Vatan taraqqiyoti yo’lida, tinchligi yo’lida, huzur halovatiga bag’ishlagan barcha kasb sohiblari Safar Barnoyev singari ijodkor asarini o’qib, vatanparvarlik hissini o’zlarida singdiradilar. Bolalar va o’smirlar adibi Safar Barnoyevning tarjimayi holi haqida so’z yuritar ekanmiz, uning hayotining dastlabki yillari, o’ta mashaqqatli, ayriliqlar azobida o’tganiga guvoh bo’lamiz. Hattoki, adib o’z tug’ilgan yilini va sanasini ham aniq bayon eta olmagan. Bu haqda u o’zining tarjimayi holida shunday yozadi: “Odatda tarjimayi hol yozgan yoki biror rasmiy hujjat to’ldirgan odam, “ men falon yili, falon oyning, falon kunida tug’ilganman”, deb aniq yozadi. Afsuski, men bunday qilolmayman. Sababi, to men maktabni bitirguncha rahmatli onam Ro’zigul Sobir qizining qo’lida hech qanday hujjat bo’lmagan. Tug’ilgan qishlog’im Buxoro qishlog’idagi Dilkusho degan joyda qishloq raisi bo’lib ishlagan odamdan xujjat so’ralganda, u hech ikkilanmay “ bolangiz mening o’g’lim bilan barobar”, deb guvohnoma to’ldirib bergan. Unda mening tug’ilgan kunim 1938-yil may deb ko’rsatilgan. Mana shu hisob bilan yashab kelaman. Birov surishtirgani yo’q… Adibning onasi Ro’zigul aya esa Safarning yoshligida “sen tut pishig’ida, kimningdur to’yi kuni tug’ilgansan”, deb ta’kidlagan. Rasmiy ravishda esa adib yuqorida ta’kidlab o’tilgan sanada tavallud topganligi qayd etiladi. Adib olti oyga to’lgan paytida otasi urushga ketadi. O’zining tarjimayi holida bayon etilishicha” otasi,ketar chog’ida “ mening kafanim bo’ynimga o’ralangan, qaytib senlarni ko’rolmayman” , deya safarni bag’riga bosib yig’lagan. Shuning bilan adibning otasi o’g’li bilan bir umrga hayrlashgan. Safar Barnoyev yoshligidanoq she’r yozishga va mutolaa qilishga ishtiyoqi baland bo’lgan. U lotin alifbosi iste’moldan chiqib, kiril harflariga o’tilgan ayni vaqtlarda boshlang’ich sinflarga boradi. Ammo o’sha vaqtda badiiy adabiyotlarning ko’pchiligi lotin alifbosi bo’lgan. Shu sababli bo’lajak shoir uni osongina o’zlashtirib oladi. Safar Barnoyev shoirlarning she’rxnliik kechalarida, hajviyachilarning askiya- bazmlarida o’smirlik davridayoq faol ishtirok etib borardi. Bazmlarda ko’zga tashlanib qolgan Safar kechalari tinmay badiiy va she’riy kitoblarni mutolaa qilardi. Abdulla Qodiriyning “ O’tgan kunlar”, Cho’lponning “Kecha va kunduz” singari badiiy asarlar, “ Alpomish”, “Kuntug’mish” va “Go’ro’g’li” sikliga kirgan o’qib chiqganligi fikrimizga dalil bo’la oladi. Shu tariqa oyatlar ohangiyu, dostonlarning sehrli og’ushida ulg’aygan Safar Barnoyev bugungi kunga kelib bolajonlarning sevimli shoiri sifatida elga tanildi. Boshqacha qilib aytganda uning bu darajada mashhurlik shox supasiga ko’tarilishida bolalik hayotidagi o’ziga hos adabiy muhitning shakllanishi asosiy omil bo’lgan, desak, mubolag’a bo’lmaydi. Ikkinchi jaxon urushidan keying og’ir yillarda barcha tengqurlari qatori qiyinchiliklarni va zahmatlarni o’z boshidan kechiradi. Oilada yakka o’g’il bola Safar boshoq terish, burgan o’rish, shuvoq topish qo’y va mol boqish, o’tin bog’lash kabi og’ir ishlar bilan mashg’ul bo’ladi. Pul toppish ilinjida ovulidagi ko’pchilik honadonlarda mardikorlik qiladi. Xayotning ana shunday mashaqqatli sinovlari, achchi-achchiq savdolari shoirni juda juda qiynab qo’yadi. Azob uqubatlar iskanjasida Safar binoyidek adib bo’lib qoladi. Boshdan kechirgan qiyinchiliklariga qaramay, adib abadiy kitoblarni yig’ish, mutolaa qilish, adiblar va shoirlar ijodini o’rganish bilan birga, o’zi ham ijod olamiga sho’ng’ib ketadi. Safar Barnoyev Buxoroi sharifda 10-sinfni 1959-yili tugatgan. Tirikchilik ilinjida biro z muddat ishlagan. Ana shu davrda adibning dastlabki she’rlari Respublika gazetalarida nashr qilina boshlanadi. Adibning hayoti davomidagi eng unutilmas damlaridan biri birinchi she’ri “ lager qo’ynida” nomi bilan “Tong yulduzi” gazetasida 1959-yilda e’lon qilinishi bo’ldi. Shundan so’ng shoir olimlaru, shoir-ulamolar davrasida bo’lishga imkon yaralgandek bo’ladi. 1960-yil Safar Barnoyev harbiy hizmatga boradi. Hizmatdan qaytgach Toshkent Davlat Dorilfununing jurnalistika bo’limiga o’qishga qabul qilinadi. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarida ilgari surilgan g’oya.Download 46.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling