Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi: 
- ta‘lim-tarbiya ishlarini takomillashtiriladi


97 
- shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltiriladi: 
- jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratiladi:
- uzoq umr ko‘rish sirlari ochiladi;
- oilaviy munosabatlarni mustahkamlanadi; 
- ajralishlarning oldi olinadi; 
- farzand tarbiyasi oqilona amalga oshiriladi. 
9.2. Yosh va pedagogik psixologiyaga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish 
tarixi 
Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos 
Xojib, A.Navoiy va boshqa bir qator allomalar yosh davrlari psixologiyasi 
mavzusiga doir o‘z qarashlarini bildirganlar.
Ibn Sino inson yoshi va yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda kechadigan psixik 
taraqqiyot masalalari xususida hamda inson shaxsini shakllantirish muammolari 
to‘g‘risidagi fikrlarini ―Odob haqida‖ risolasi orqali bayon qilgan. Shuningdek, Ibn 
Sino ―Tib qonunlari‖ nomli asarida inson organizmining tuzilishi, undagi nerv 
tolalari va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar 
xususida bir qancha ma‘lumotlar keltirgan.
Mashoyixlardan eng ulug‘i Xoja Ahmad Yassaviy insonning komil inson 
sifatida shakllanishida yosh o‘sishi, turli yoshdagi bolalarni tarbiyalashda yosh 
o‘sishi va u bilan bog‘liq xolda yuzaga keladigan differensial tafovutlarni 
xisobga olish muhim ahamiyat kasb etishi xaqidagi fikrlarni bayon qilgan. Uning
etuk insonni shakllantirish g‘oyasida ta‘lim-tarbiya masalasini insonning yoshlik 
davridan boshlab qo‘lga olish zarurligi, buning uchun tarbiyani bolalarning yosh 
xususiyatlari bilan bog‘liq xolda olib borishni, ularga yosh davrlariga mos 
keladigan tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish zarurligini tushuntiradi. Shu boisdan ham 
mutaafakkir ―Devoni hikmat‖ asarida bolaning inson sifatida shakllanishida har bir 
yilning alohida bosqich ekanligini ta‘kidlaydi. 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling