Термиз давлат университети табиий фанлар факультети биология кафедраси


Комарницкий Н.А., Кудряшев Л.В., Уранов А. Ботаника: систематика растений. - М., “Просвещение”, 1975


Download 1.53 Mb.
bet2/4
Sana09.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1448690
1   2   3   4
Bog'liq
1- мавзу Юксак. усим. сист.

16. Комарницкий Н.А., Кудряшев Л.В., Уранов А. Ботаника: систематика растений. - М., “Просвещение”, 1975.
 
Taksonlar ierarxiyasi va o’simliklarni nomlash (nomenklatura) qoidalari butun dunyo bo’yicha Halqaro botanika nomenklaturasi Kodeksi orqali tartibga solinadi. Ushbu Kodeksga faqat Halqaro Botanika kongressi o’zgartirishlar kiritishi mumkin xolos.
Halqaro botanika nomenklaturasi Kodeksiga binoan taksonomik kategoriyalarning quyidagi sistemasi (yuqoridan pastga) qabul qilingan:

Dunyo (Olam) - Regnum
Bo’lim - Divisio
Sinf - Classis
Tartib (Qabila) - Ordo
Oila - Familia
Triba - Tribus
Turkum - Genus
Sektsiya - Sectio
Tur - Species
Turlar xilma xilligi - Varietas
Forma - Forma.
HALQARO BOTANIKA NOMENKLATURASI KODEKSI QUYIDAGI
PRINSIPLARGA ASOSLANGAN:
1. Botanika nomenklaturasi mustaqil (zoologiya va mikrobiologiya bo’yicha Halqaro kodekslar alohida tuzilgan).
2. Taksonlarga nom berish nomenklaturaviy tiplar yordamida amalga oshiriladi (tip – nom berishda foydalanilgan birinchi gerbariy nushasi).
3. Taksonlar nomenklaturasida prioritet prinsipi saqlanadi.
4. Taksonlar nomenklaturasi universallik prinsipiga ega, ya’ni taksonlarning ilmiy nomlari ularning kelib chiqishidan qat’iy nazar, lotincha so’zlarda ifodalanadi hamda lotin grammatikasi qoidalariga bo’ysunadi.
Еr sharining umumiy maydoni 510 mln. km2 bo’lsa, shundan 149 mln. km2 quruqlik, 361 mln. km2 suv muhitiga to’g’ri keladi. Suv va quruqlikda hayvonlarning 2,5 mln. dan, o’simliklarning esa 500 mingdan ortiq turlari tarqalgan. Shulardan 200 ming turi tuban o’simliklar, 300 ming turi yuksak o’simliklardir. Demak, yuksak o’simliklar turlar sonining ko’pligi bilan birga, ularni turli xil geografik va ekologik muhitlarda eng issiq, sernam tropik hududlardan boshlab iqlimi sovuq bo’lgan joylarda ham uchratish mumkin. Bulardan tashqari tekislikdan tortib to tog’ va yaylov mintaqalarigacha tarqalgan. Yuksak o’simliklar asosan quruqlikda yashashga moslashgan. Ularning ayrim turlari suv muhitida ham yashaydi.
  • Tanasining poya, barg va ildizga ajralganligi. Ammo, bular ichida eng sodda vakillarida (yo’sinsimonlarda) ildiz o’rnida-rizoidlar, tanasi poya, bargga ajralmagan, «tallom» tuzilishidagi vakillari xam uchraydi.

  • 2. Yuksak o’simliklarda suv va havo almashinishini (transpiratsiya va fotosintez) boshqaruvchi barg og’izchalarining bo’lishi, o’tkazuvchi to’qimalar, traxeidlar, traxeya, ksilema, floema va yo’ldosh xujayralarning bo’lishi. Keyinchalik mexanik to’qimalarning rivojlanishi. Morfologik tuzilishi jihatidan esa turli xil moslamalar vujudga kelgan.

    Download 1.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling