Термиз давлат университети табиий фанлар факультети биология кафедраси


- yilda kanadalik geolog D.Dauson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan


Download 1.53 Mb.
bet4/4
Sana09.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1448690
1   2   3   4
Bog'liq
1- мавзу Юксак. усим. сист.

1859- yilda kanadalik geolog D.Dauson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan noma’lum yuksak o’simlikning g’aroyib bir qoldig’ini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi bo’lib, barglari bo’lmagan. O’tkazuvchi sistemasi esa tipik protostel holatda bo’lib, sodda (primitiv) hisoblanadi. Topilgan o’simlikning sporangiysi uning dixotomik shoxchalarining ustida joylashgan. Yer osti organlari esa topilmagan. Dauson topgan bu o’simligiga Psilophyton princeps deb nom bergan.
1912- yilning kuzida Shotlandiyada Rhynia turkumiga oid o’simlik topiladi. 1937- yilda paleobotanik U.Lang sodda yuksak o’simliklarning riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan (Buyuk Britaniya) Kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumni aniqlaydi. Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan Chexiya, Markaziy Qozog‘islon, Nyu-York shtatidan, Shotlandiyadan va G’arbiy Sibirdan ham topilgan.
Kuksoniyalar ham bundan 415 mln. yillar oldin yashagan O‘simliklar ekanligini paleobotanik materiallar tasdiqlaydi. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksak o‘simliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar bo’limiga birlashtirilgan. Hozirda ko‘pchilik olimlar ularni riniofitlar (Rhyniophyta) deb atashadi. Ular elementar o‘q organi kauloid va undagi fillioid hamda rizoidlardan iborat. Evolutsiya jarayonida kauloidlardan yirik barglar (paporotnik barglariga o’xshash) kelib chiqqan.
Fillioidlar esa kauloidda o‘rnashgan bo‘rtma o’simtalar bo‘lib, plaunlarning kichik barglari — mikrofillarning kelib chiqishi bilan bog‘liq deb ko‘rsatiladi. Riniofitlar sporofiti ildiz va barglarga ega bo ‘lmagan dixotomik shoxlangan telomdan iborat bo’lgan. Kauloidining uchida joylashgan sporangiylarda teng sporalar (izosporalar) hosil bo’lgan. Ularning kauloidining anatomik tuzilishi primitiv bo’lib, o’tkazuvchi to’qimalari sodda tuzilishga ega protostel tipida bo’lgan. Sporangiylari qalin po’stli va sharsimon, uzunchoq shakllarda, diametri 1 mm gacha, riniyalarda esa uzunligi 12 mm gacha yetgan. Dastlabki yuksak o’simliklar dengiz bo’ylarida va katta suv havzalari atrofidagi botqoqliklarida o’sgan. Riniofitlar bo’limi bitta riniyasimonlar ajdodi (sinfi) va 2 ta qabila: riniyanamolar va psilofitnamolarni o’z ichiga oladi.
Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling