Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Download 0.8 Mb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrokimyo fanining rivojlanishida dunyo olimlarining qo\'shgan hissalari kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. Agrokimyo fani o‘simlik oziqlanishi va tuproq meliorativ holatini yaxshilash jarayonlarida o‘simlik, tuproq va o‘g‘it o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni o‘rganadi va shu fanning asosiy quroli bo‘lgan o‘g‘itlar yordamida eng avvalo tuproq meliorativ holatini, unumdorligini yaxshilash va shu orqali o'simliklar hosilining miqdorini ko‘paytirib, sifatini oshirishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifasi. Agrokimyo fani o'z oldiga qo‘ygan vazifalarni hal qilishda o‘zining maxsus tadqiqot usullaridan foydalanadi. Agrokimyoviy tadqiqotlar qo'yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda laboratoriya, vegetatsion, lizimetr, dala va ishlab chiqarish tajribalari usullari bilan amalga oshiriladi. Bu usullar birgalikda qo'llaniladi va bir-birini to‘ldiradi. Laboratoriya yordamida asosan tuproq, o‘simlik va o‘g‘itlar kimyoviy analiz qilinadi hamda kichik laboratoriya tajribalari o‘tkaziladi. Vegetatsion tajribalar-maxsus uychalar, issiq xona, fitotron va vegetatsion maydonchalarda amalga oshiriladi va albatta o'simlik o ‘stirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Kurs ishining obekti. Agrokimyo dehqonchilik va tuproq melioratsiyasi, o‘simlikshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish, mexanizatsiya hamda iqtisod fanlari bilan bog'langan holda ish olib boradi.
Kurs ishiuning predmeti. Turli tuproq sharoitlarida har xil o‘g‘itlar samaradorligini aniqlash, dehqonchilikda oziq moddalar aylanish doirasini o‘rganish, tuproq va o‘simliklarda borayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir qilish tadbirlarini ishlab chiqishdir.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, 3 ta bob, 6 ta reja xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
1.BOB AGROKIMYONING RIVOJLANISH TARIXI
1.1. Agrokimyoning fan sifatida shakllanishi va boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Inson oziqlanishi o‘simlik mahsulotining miqdori va sifatiga bog‘liq. Bundan tashqari, o‘simlik mahsuloti sanoat uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Hosil miqdori juda ko‘p omillarga bog‘liq, shularning ichida eng muhimlaridan biri qishloq-xo‘jalik ekinlarini oziq elementlar bilan kerakli miqdorda va o'z vaqtida ta’minlashdir. Ko‘pchilik tuproqlar tabiatan o‘simlik oladigan shaklda oziqa elementlarni (azot, fosfor, kaliy, magniy, oltigugurt, kalsiy, mis, bor, marganes, rux, molibden, kobalt va boshqa elementlar) kam miqdorda saqlaydi. Hosil bilan har yili tuproqdan katta miqdorda oziqa elementlar daladan chiqib ketadi. Ulardan xolos bir qistnigina organik massalar va oziq moddalar shaklida tuproqqa qaytib keladi. Bunga yana yuvilib ketadigan, havoga uchib ketadigan, tuproqda reaksiyaga kirishib cho‘kmaga tushadigan oziq moddalar miqdorini ham qo‘shish kerak bo‘ladi.
Atmosfera azotini o‘zlashtiradigan dukkakli o‘simliklar, erkin yashovchi azatobakterlar, fosfobakter yordamida tuproqda yuzaga keladigan o`simlik olishi mumkin bo'lgan shakldagi oziq elementlar birikmalari tuproqdagi defitsitni to‘liq qoplay olmaydi. Xolos, qo‘shimcha holatda 0‘g‘itlar sifatida beriladigan oziq elementlargina tuproqdagi yetishmay qolgan oziq moddalarning o'm ini qoplashi, tuproqda oziq moddalar miqdorini ko'paytirishi mumkin.
Ana shu o‘g‘it berishning optimal tizimini yaratish bilan agrokimyo fani shug‘ullanadi. Bundan tashqari, tabiatda nordon, sho‘rtob va taqirli tuproqlar uchraydi. Nordon tuproqlar tarkibidagi natriy ionlarni siqib chiqarish uchun kimyoviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu yo‘nalish ham agrokimyo fanida alohida bo‘limni taslikil qiladi. Shundan kelib chiqib agrokimyo fanining predmetini aniqlash kerak bo‘ladi. 6 Agrokimyo fani o‘simlik oziqlanishi va tuproq meliorativ holatini yaxshilash jarayonlarida o‘simlik, tuproq va o‘g‘it o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni o‘rganadi.
Buni akademik D.N. Pryanishnikov quyidagi uchburchak shaklida ko‘rsatgan (1-rasm):


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling