Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi
Agrokimyo haqidagi dastlabki nazariyalar
Download 0.8 Mb.
|
Agrokimyo fanining rivojlanishida dunyo olimlarining qo\'shgan hissalari kurs ishi
Agrokimyo haqidagi dastlabki nazariyalar
Agrokimyo fani dehqonchilikning hayotiy zarur talablari asosida yuzaga keldi. Ma’lumki, dehqonchilik insoniyat tarixidagi eng qadimiy ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. Dehqonlar juda qadim zamonlardan buyon tuproq unumdorligini oshirish uchun turli tuman vositalardan foydalanib kelganlar. Bu vositalar ko‘p hollarda tavakalchasiga ishlatilsa ham, o‘zining ijobiy natijalarini bergan. Masalan, qadimgi rimliklar tuproqqa chorva mollarining axlatlaridan tashqari kul, gips, ohak va mergel kabi mineral moddalarni ham solish lozimligini yaxshi bilganlar. Tuproqning tiplariga qarab mergelning turli xillarini qo‘llash yaxshi natija berishini e’tirof qilganlar. Shuningdek, ekinlar almashlab ekilganda, tuproqqa solinadigan moddalar yakka ziroatchilikdagidan ko'ra yuqori samara berishi amalda isbotlangan. Ayrim o'simliklarning gullash davrida urib, tuproqqa aralashtirib yuborish, izidan ekiladigan ekin hosildorligini sezilarli darajada oshirishi Vezuviy vulqoni yon bag‘irlarida lyupin o‘simligini yetishtirish jarayonida aniqlangan. Lekin tuproqqa aralashtirib yuborilgan ko‘k massa uni azot bilan boyitishini, shuningdek, vulqon lavasi tarkibidagi ko‘p miqdordagi qiyin eriydigan fosfor va kaliyni lyupinning ildizidan ajraladigan nordon suyuqlik eritib, o‘simlik o‘zlashtira oladigan holatga o‘tkazib berishini mahalliy aholi bilmagan, albatta. Meksikada yashagan hindu qabilalari o‘zlarining ehtiyojlaridan ortib qolgan, shuningdek, to‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan baliqlarni maydalab, tuproqqa solish, makkajo‘xori hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni kuzatganlar, lekin uning mohiyatini tushunib yetmaganlar. Dehqonchilik «kashf qilingan» ilk davrlarda insonlar hosil taqdirini bevosita xudolarning nomi va faoliyati bilan bog'laganlar. Lekin vaqt o‘tishi bilan agrotexnika tadbirlarining, shu jumladan o‘simliklarni oziqlantirishning dehqonchilikdagi ahamiyati yaqqol namoyon bo‘la bordi va bu masalaga oid asarlar paydo bo‘ldi. Masalan, o‘z davrining mashhur kishisi Kolumellaning asarlarida dehqonchilikka oid kitob yozgan 50 dan ortiqroq tadqiqotchining nomi keltirilgan. Lekin ularning juda ham kam qismi bizgacha yetib kelgan. M iloddan avvalgi VIII asrda Gesiod dehqonchilik taqvimini nazmda ifoda qilgan bo‘lsa, undan uch asr keyin (miloddan avvalgi V asr) Ksenofondning «Iqtisod» asarida dehqonchilik masalalari bir muncha keng bayon qilindi. « 0‘simliklar qanday qilib va nima bilan oziqlanadi» — degan savol qadim -qadim lardan buyon insonlarni, ayniqsa ilm ahlini qiziqtirib kelgan. Bu savolga birinchi bo‘lib buyuk yunon mutafakkiri Arastu (Aristotel) eramizdan avvalgi TV—IT I asrlarda to‘g‘ri javob berdi. U o‘simliklar o‘zlarining ildizlari bilan tuproqdan kerakli oziq moddalarni o‘zlashtiradi, degan xulosaga keldi. Feofrast (Arastuning eng iqtidorli shogirdi) ustoziga qarshi o‘laroq, o‘simliklar faqatgina yashil barglari bilan oziqlanadi, ildizlar esa, o‘simJiklarni substratda tutib turish uchun xizmat qiladi, degan g‘oyaning tarafdori edi. Mana shu ikkita taxmin (gipoteza) keyinchalik o'simliklarning oziqlanishidagi bitta jarayomiing ikki tomonini-ildizdan (mineral) va havodan (fotosintez) oziqlanishlarning rivojlanishiga asos bo‘ladi. Feofrastni botanika fanining «otasi» deb ataydilar. Lekin u tuproqshunoslik haqida fikr yuritib, uning xossalari va tarkibini o‘rgangan, ekinlarni guruhlashga harakat qilib, ularga o'g‘it (mahalliy o‘g‘it, albatta) turlarini tavsiya qilgan edi. Yunonistonda dehqonchilik va o‘simliklarning oziqlanishi haqidagi fikrlar ancha erta shakllangan boMsa, dunyoning boshqa chekkalarida bir muncha keyinroq paydo bo‘ldi. Miloddan awalgi II asrda rimlik Katon (yirik quldor va davlat arbobi) «Dehqonchilik» asarini yozdi. Asarda «tuproq unumdorligi nima» degan savolgau «yerni shudgorlash, shudgorlash va go‘nglash» deb javob berdi. Miloddan awalgi 35-yilda Varron (81 yoshda) qishloq xo‘jaligiga oid traktat yozdi. Bunda u ko‘proq Feofrastning fikrlariga tayanadi. Eramizning boshlariga kelib Italiyada dehqonchilikka oid ko‘p sondagi adabiyotlar to‘plandi. Ayrim ekinlarni (sabzi, karam, bug'doy, tok va boshqalar) o‘g‘itlashga doir maxsus asarlar yozildi. Masalan, Kolumella o‘z ishiarida o‘g‘itlashga jiddiy e’tibor berib, go‘ng va ko‘kat o‘g‘itlardan tashqari yerlarga yog‘och kuli hamda tuproq solish ekinlar hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsat.ishni ta’kidlagan. Shu zaylda o‘simliklarning oziqlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asta-sekin to‘planib bordi, lekin ularni jamlash va tartibga solish uchun muayyan bir dastur bo‘lmaganligi sababli nazariya yaratish imkoni bo‘lmadi. Qadimgi faylasuflarda suv, yer, havo va olov (harorat va yorug‘lik) o'simliklarning asosiy hayotiy omillari, tuproqlar tarkibidagi «yog`» ularni semirtiradi, «semiz» tuproqlar esa unumdor bo‘ladi, degan aqida mavjud edi. Bu fikr keyinchalik chirindi bilan oziqlanish nazariyasiga asos bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Keyinchalik cherkovning reaksion ta’sirida bo‘lsa kerak, XVI asming o ‘rtalarigacha Ovro‘pada 0‘simliklarning oziqlanishini o ‘rganish borasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmadi. 0‘rta asr tadqiqotchilari asosan qadimgi faylasuflaming fikrlarini takrorlash bilan birga ko‘proq «Oyning nurini qo‘llanilayotgan go‘ng samaradorligiga ta’sirini» o‘rganish bilan mashg'ul bo‘ldilar. Faqatgina 1563-yilga kelib Bernar Palissining mineral moddalarni hosil bo'lishi va o‘g‘itlarning ahamiyati haqidagi asari («Трактат о различных солях в сельском хозяйстве») yuzaga keldi. U mazkur asarda «go‘ngning o‘g‘it sifatidagi ahamiyati, uning tarkibidagi somon va pichan qoldiqlarining chirishidan hosil bo‘ladigan tuzdadir», deb ta’kidlaydi. Bu haqdagi fikrlarni davom ettirib, «yakkaziroatchilik sharoitida o‘simliklar o‘z hosili bilan tuproqdan hayotiy zarur tuzlarni olib chiqib ketadi, natijada yerdagi tuz miqdorining kamayishi va hosildorlikni pasayishi kuzatiladi. Shuning uchun uni o‘g‘itlash yoki bo‘lmasa, bir necha yil dam berish lozim» deb yozadi. «Dehqonlar kuzda g‘alla somonlarini dalaning o‘zida yoqib yuboradilar, tabiiyki, bunda yerga m a’lum miqdorda tuz tushadi, degan xulosaga keladi muallif. Bu-tuproqqa tushadigan mineral moddalarning asosiy manbayi deb e’tirof etilgan birinchi to‘g‘ri yozma ma’lumot bo‘lib, unda tuproqlar unumdorligining pasayib borish sabablari ochiq ko‘rsatib berildi va uning oldini olish uchun o‘simliklar tomonidan olib chiqib ketiladigan oziq moddalari albatta tuproqqa qaytarilishi lozimligi bayon qilindi. B. Palissining mazkur haqqoniy flkrlari zamondoshlari va o‘zidan keyingi tadqiqotchilar tomonidan qo‘llab-quwatlanmadi (chunki asar uning vafotidan keyin Anatol Frans tomonidan nashr qilindi) va faqatgina oradan uch yuz yil o'tgach isbotlandi. Mana shu davrdan boshlab o‘simliklarning oziqlanishi haqida goh to‘g‘ri gohida noto'g'ri talqinlar yuzaga keldiki, bu agrokimyo fanini asta-sekin yuzaga kelishini ta’minlay boshladi. Masalan, Serr o‘zining 1600-yilda nashr qildirgan asarida V. Palissiga qarshi o‘laroq, «go‘ngning o‘simliklarga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri faqatgina undan ajralib chiqadigan haroratdadir» deb ta’kidladi. 0‘tgan asrlarda u yoki bu taxminning omma orasida keng tarqalmasligi hamda to‘g‘ri-noto‘g‘riligining tezda e’tirof etilmasligini tadqiqotlarda miqdoriy analizning qo‘llanilmasligi bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, kashfiyot va yangiliklarni tan olishdan ko\ra qadimgi faylasuflarning nufuzli fikrlariga sajda qilish odat tusiga kirib qolgan edi. F. Bekon XVIII asrning boshlarida ilmiy bilishning asosi hisoblanganeksperiment, tajriba va kuzatishlarning natijalari asosidagina haqiqatni yuzaga chiqarish mumkin, degan fikrni o‘rtaga tashladi. O‘simliklar oziqlanishi muammolarini tajriba yo‘li bilan aniqlashga birinchilardan bo‘lib gollandiyalik olim Yan Batist Van-Gelmont 1629-yilda kirishdi. U besh yil davomida boshlang‘ich og‘irligi ma’lum bo‘lgan tol niholini ma’lum og'irlikda (200 funt) tuproq joylashtirilgan idishda, faqatgina yomg‘ir suvi bilan sug‘orib, tajriba o‘tkazdi. Besh yildan keyin niholning og‘irligi qariyb 33 barobar oshgani holda (164 funt 2 unsiya) idishdagi tuproqning massasi atigi 2 unsiyaga kamayganligini aniqladi va o'simliklarning oziqlanishi uchun faqatgina suvning o‘zi yetarlidir degan xulosaga keldi. Chiqarilgan xulosa noto‘g‘ri bo‘lsa ham, mazkur tajriba to‘g‘ri amalga oshirilgan birinchi analitik tajriba sifatida katta amaliy ahamiyatga egadir. 1661-yilda Robert Boyl shu tajribani oshqovoq o'simligi ustida amalga oshirdi va Van-Gelmontning o‘simliklar «suv bilan oziqlanadi» degan nazariyasini tasdiqladi. Bu nazariya qariyb bir yarim asr davomida o‘z nufuzini saqlab turadi, hattoki, uning yangicha talqini uchun nemis olimi Shreder 1800-yilda Berlin akademiyasining medaliga sazovor bo‘ldi. 1650-yilda nemis kimyogar olimi Glauber o'simliklarning oziqlanishi asosida selitra (selitra deganda, barcha ishqoriy tuzlar nazarda tutilgan) yotadi degan g'oyani ilgari surdi va bunda u faqatgina fikrlashga emas, balki kuzatish va tajribalarga asoslanadi. Og'ilxonadagi mollar ostiga to'shalgan taxtadan oq tusli tuz kristallarini ajratib oldi va u bilan oziqlantirilgan ekinlar gurkirab o'sishni aniqladi. Glauber-selitra hayvon axlatlari tarkibida uchrar ekan, uni chorva mollari o'simliklardan, ular esa o‘z navbatida uni tuproqdan oladi, degan taxminlari bilan V. Palissining fikrlarini to‘g‘riligmi isbotladi. Lekin bu g'oya ham munosib baholanmadi, davrning noto'g'ri lekin nufuzli g‘oyalari ichida g‘arq bo'lib ketdi. Shunday bo'lsada, o'stmliklarning oziqlanishi tajribalar yo‘li bilan takomillashib boraverdi. O‘simliklarning ildizdan oziqlanishi muammolari goh to‘g‘ri, goh «boshi berk ko‘chalarda adashib» rivojlanayotgan bir davrda havodan oziqlanish haqidagi ta’limot nisbatan qisqa fursatda dunyoga keldi. Havodan oziqlanish haqidagi birinchi to ‘g‘ri fikrni M.V. Lomonosov o‘zining 1756-yilda nashr qilingan «Слово явлениях воздушных» asarida bayon qildi. 14 1774-yilda farangistonlik kimyogar Antuan Loran Lavuaze o‘zining «Об обжиге олова в закрытых сосудах» nomli maqolasida atmosferaning miqdoriy tarkibini, kislorodning oksidlanish va yonish jarayonlaridagi rolini asoslab berdi (Uning mineral oziqlanishga oid ma’lumotlari faqatgina vafotidan yarim asr o‘tgach m a’lum bo‘ldi va nashr qilindi). Undan ikki yilcha awal, ya’ni 1772-yilda Jozef Pristli o'simliklar hayvonlarning nafas olishi jarayonida buzilgan havoni tozalay olishini ko‘rsatdi (yalpiz shoxchasi va sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalami eslang), lekin bu hodisani faqat yorug‘lik sharoitida sodir bo‘lishini isbotlab bera olmadi. Gollandiyalik olim, vrach Yan Ingenguz 1979-yilda yashil o‘simliklar yorug'lik ishtirokida havoni tozalaydi, qorog‘ulikda esa, aksincha, buzishini isbotlab berdi. Jan Senebe va Nikola Teodor Sossyurlar «havoning tozalanishi» nafas olish emas, balki oziqlanish jarayoni ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab berdilar. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling