Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Rossiyalik olimlarning agrokimyo faniga qo'shgan xissasi


Download 0.8 Mb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrokimyo fanining rivojlanishida dunyo olimlarining qo\'shgan hissalari kurs ishi

2.2. Rossiyalik olimlarning agrokimyo faniga qo'shgan xissasi
Agrokimyo fanining rivojlanishida rus olimlari ham nihoyatda katta hissa qo‘shganlar.
Rossiyada o‘simliklarning oziqlanish masalalarini ishlab chiqish va o‘g‘itlar ishlatishning boshlanishi XIX-asrning 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi. Bu sohada A.A.Engelgardt, D.I.Mendeleev, P.A.Kostichev, Timiryazev, I.M.Komov, A.Bolotov, M.G.Pavlov va boshqalarning olib borgan ishlari, ayniqsa diqqatga sazovordir.
O‘sha davrning ilg‘or agronom-olimlari I.M.Komov, A.T.Bolotov, M.G.Pavlov tuproqning unumdorligini tiklash uchun go‘ng, kompostlar, kul, ohak va boshqa mahalliy o‘g‘itlar ishlatishga katta e’tibor berdilar. Olimlarning ancha ilgari, XIX-asrning boshlaridayoq o‘simliklarning oziqlanishi uchun go‘ng parchalanganda tuproqda hosil bo‘ladigan mineral tuzlarni o‘simliklarning oziqlanishidagi ahamiyatini ko‘rsatib bergan edilar.
Professor A.N.Engelgardt (1832-1893) o‘z zamonasining buyuk demokratik arboblaridan biri bo‘lib, «Dehqonchilikning kimyoviy asoslari», «Qishloqdan xatlar» kabi qator asarlarida dehqonchilikda o‘g‘itlardan foydalanishni targ‘ibot qilgan edi.
Olim tomonidan Smolensk guberniyasida fosforli o‘g‘it sifatida fosforit unidan foydalanib, qator tajribalar olib borilgan. A.N.Engeldardt yashil o‘g‘itlarga, ya’ni sideratsiyaga juda katta ahamiyat bergan edi.
A.N.Engeldardt fosforit uni va sideratsiya juda katta maydondagi shimol yerlarini madaniy holga kelishida asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, degan edi. U yerlarni kimyoviy melioratsiyalash, ya’ni ohaklash va gipslash ishlarini go‘ng bilan birga qo‘shib olib borishni qizg‘in tarafdorlaridan biri edi.
D.I.Mendeleev (1834-1907) dehqonchilik sohasida faol ilmiy-tadqiqotlar olib borgan ulug‘ rus kimyogari. U tomonidan o‘g‘itlarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha Peterburg, Moskva, Smolensk va Sibirsk guberniyalarida tajriba stantsiyalari tashkil etilgan va bu tajriba stantsiyalarida su’niy mineral o‘g‘itlardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
Olim dehqonchilikdan olinadigan mahsuldorlikni har tomonlama ko‘paytirish sohasida juda ko‘p ishlarni amalga oshirgan va bu ishlarga rahbarlik qilgan.
D.Mendeleev tomonidan o‘g‘itlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Rossiyaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida dala tajribalari olib borilgan va turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‘g‘itlarning qanday ta’sir etish xususiyatlari ochib berilgan va dala tajribalarining geografik turini tashkil bo‘lishiga asos solgan. Ilmiy-tadqiqotlarning natijasi asosida shunday xulosaga kelindiki, Rossiyaning Yevropa qismida go‘ng hamma joyda samarali ta’sir etgan, fosfor qora tuproqlarda, azot va ohak chimli-podzol tuproqlarda yaxshi ta’sir qilgan, kaliy esa dukkakli ekinlarga va idiz mevalilarga samarali ta’sir ko‘rsatganligi ko‘rsatib berilgan.
P.A.Kostichev - rus agronomiya fanining asoschilaridan biri, 1894 yilda uning «O‘g‘it to‘g‘risida talimot» nomli kitobi chop etildi. U o‘zining ushbu asarida Yu.Libixning «To‘la qaytish nazariyasi»ni tanqid qiladi. Olim shunday deydi: «Tuproqning unumdorligi uning tarkibidagi ozuqa elementlarning miqdorigagina bog‘liq bo‘lmasdan, balki uning strukturasiga va boshqa fizik xususiyatlariga ham bog‘liqdir bo‘lib, tuproqning strukturasi esa uning tarkibidagi chirindiga bog‘liqdir». Kostichev tomonidan tuproqning fosfat rejimiga oid ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Professor G.Gustavson (1834-1908) o‘zining kitobida tuproq va o‘g‘itlar kimyosi, tuproq, o‘g‘it hamda em-xashak analizlari to‘g‘risida masalalarni yoritgan edi.
Agrokimyoning ilmiy asoslarini yaratishda K.A.Timiryazevning (1843-1920) mumtoz ilmiy-tadqiqotlari katta o‘rin tutadi. Uning ilmiy amaliyotga vegetatsion tajribalar olib borish uslubiyoti tadbiq etilgan. K.Timiryazev tajriba ishlarini olib borishni juda yuqori baholagan edi. 1872 yilda Rossiyada birinchi bo‘lib vegetatsion tajribalar olib boriladigan uy, pavilon qurdirgan va bu pavilon hozirgi kungacha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
K.Timiryazev dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan vazifalarni izohlab, shunday yozadi: «Dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan asosiy ilmiy vazifasi - bu etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, madaniy o‘simliklarni tashqi muhit sharoitiga bo‘lgan talabini aniq hisobga olishdir». Timiryazev o‘simliklar fiziologisining nazariy masalalarini chuqurlashtirgan holda assimulyatsiya sohasidagi ishlarni olib bora turib, dehqonchilik va agrokimyoning bir-biri bilan chambarchas bog‘liq sohalar ekanligini ko‘rsatib berdi.
Agrokimyo fanining keyingi rivojlanishi ulug‘ olim D.N.Pryanishnikov (1865-1948) ning ilmiy faoliyati bilan bog‘liqdir. D.N.Pryanishnikov ilmiy izlanishlarining masshtabini kattaligi, o‘zining qamrab olgan vazifalarining kengligi va kattaligi bilan boshqalardan farq qiladi. Uning rahbarligi ostida o‘simliklarning fosfor bilan oziqlanishi masalalari o‘rganilgan. Xususan o‘simliklarning fosforitlardan fosforni qanday o‘zlashtirishi va fosforit unining o‘g‘it sifatida ishlatilishi batafsil o‘rganilgan. Solikamsk kaliy konining ishga tushirilishi munosabati bilan olim va uning shogirdlari tomonidan o‘simliklarning kaliy tuzlaridan foydalanishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.
D.N.Pryanishnikov har doim dehqonchilikda biologik azotning rolini o‘rganishga alohida e’tibor berib kelgan, organik o‘g‘itlardan foydalanish zarurligini har doim ta’kidlar edi.
D.N.Pryanishnikov o‘simliklarga mikroelementlarning ta’sirini o‘ganish bo‘yicha ilmiy ishlarni tashkil etgan edi. O‘simliklarning azot bilan oziqlanishida ammoniyli tuzlar ham azot kislota tuzlari bilan teng qimmatga, xususiyatga ega ekanligini isbotlab berdi.
Ammoniy tuzlari bilan o‘simliklar oziqlantirilganda, ularda hech qaysi noxush holatlar ro‘y bermagan. Bu ishning ahamiyati shundan iboratki, ammoniyli tuzlarni azotli o‘g‘it sifatida ishlatish to‘g‘risida qaror tayyorlanayotgan edi. Mineral o‘g‘itlarning ishlatilishi va azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi D.N.Pryanishnikovning klassik redaktorligi ostida 17 tomlik «Vegetatsion tajribalar va laboratoriya ishlarining natijalari» nomli asarlar to‘plami chop etildi.
Uning rahbarligi va faol ishtirokida o‘g‘itlar bo‘yicha ilmiy institut, butunittifoq o‘g‘itlar, agrotexnika va tuproqshunoslik instituti, markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etilgan. D.N.Pryanishnikovning «Agrokimyo», «Dehqonchilik va o‘simlik hayotida azotning roli» kabi fundamental asarlari hozirgi kunda ham agrokimyogar mutaxassislar tayyorlashda dastur sifatida foydalanib kelinadi.
K.K.Gedroyts (1872-1932) tomonidan tuproqning singdirish qobiliyati va singdirish turlari aniqlangan. Tuproqda bo‘ladigan almashinish hodisasida chirindi, tuproqning organik qoldiqlari, tuproqning mineral qismi va mikroorganizmlari ishtirok etishini tushuntirib berdi. Gedroyts ishlari natijasida tuproqning potentsial kislotaligi aniqlandi va bu tuproqlarni ohaklash hamda gipslash ishlari uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
A.N. Lebedyantsev (1878-1941) Qora tuproq zonasining shimoliy qismida fosforit unidan samarali foydalanish imkoniyatini birinchi bo‘lib aniqlagan. Olim tomonidan Rossiyaning turli tuproq-iqlim zonalarida o‘g‘itlardan foydalanishning solishtirma samaradorligini aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borgan.
V.M.Klechkovskiy (1900-1972) o‘simliklarning fosfor bilan oziqlanishi masalalarini, o‘g‘itlar ta’sirning miqdoriy qonuniyatlarini, o‘simliklar oziqlanishida oziq elementlarining optimal nisbatlarini o‘rgangan.
Klechkovskiy - suniy radionukleidlar agrokimyosining asoschilaridan biridir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibidagi radionukleidlarning miqdorini kamaytirishning usullaridan biri - mineral va organik o‘g‘itlarni birga qo‘shib foydalanishdir.
Ya.V.Peyve (1906-1976) o‘simlikshunoslikda mikroo‘g‘itlarni tabaqalashtirib ishlatish nazariyasining asoschisidir. Bu nazariga asosan tuproq tarkibidagi o‘zlasha oladigan mikroelementlarni va o‘simliklarning fiziologik xususiyatlarini xisobga olish lozim. Ya.Peyve metall mikroelementlarining fermentlar va fermentlar sistemasiga ta’siri nazariyasini ishlab chiqishda o‘zining bebaho xissasini qo‘shdi. U tomonidan kaliy, alyuminiy, kaltsiy va fosforning agrokimyosini o‘rganishga oid ilmiy-tadqiqotlar qilindi, tuproq tarkibidagi xarakatchan mikroelementlarning miqdori va tarqalish qonuniyatlari to‘g‘risida izlanishlar olib borildi.
N.S.Avdonin (1903-1980) o‘simliklarning har hil o‘suv davridagi oziqlanish xususiyatlarini va o‘simliklarni oziqlantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi.
A.V.Sokolov (1898-1980) tomonidan tuproq turlariga agrokimyoviy xarakteristika berish va ularning o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini o‘rganish bo‘yicha kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan.
A.Sokolov tuproqning almashinuvchi kislotaligini, tuproq tarkibidagi fosfatlarning shakllarini aniqlash bo‘yicha va o‘simliklar tarkibidagi fosforli birikmalarni miqdorini aniqlash usullarini ishlab chiqgan hamda u tomonidan donador superfosfat ishlab chiqarish usuli taklif etilgan.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling