Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Tursunov begam 080522193027
1.AFRIKA TABIATINING TARKIB TOPISHADAGI ASOSIY BOSQICHLAR.TEKTONIKASI VA RELYEFI. Afrikaning shimoli-gʻarbiy va janubiy togʻli chekka qismlarini istisno qilganda, materikning deyarli butun territoriyasi yagona platformadan-Gondvana qadimgi materigi (superplatformasi) tarkibiga kirgan Afrika platformasidan iboratdir. Gondvana butun arxey va proterozoy eralari davomida tarkib topgan. Paleozoy erasining boshlariga kelganda, Baykal tektonik epoxasi tugagandan soʻng Gondvana Yer sharidagi eng katta yaxlit quruqlik boʻlib qolgan. Afrika platformasining bundan keningi taraqqiyoti Gondvananing parchalanib ketishi va dastlab yaxlit Afrika-Arabiston platformasining ajralib chiqishi, soʻngra uning Afrika platformasi va Arabiston platformasiga ajralib ketishi bilan bogʻliqdir. Usha davrlardayoq Afrika platformasining hozirgi shimoliy chegarasi Tetis okeanining geosinklinal zonasi bilan belgilangan. Paleozoy erasining oxirlarida Gondvana parchalana boshlagan va hozirgi materiklarning qiyofalari tarkib topa boshlagan. Lekin oʻshanga qadaroq platformaning asosiy struktura elementlari (massivlar va sineklizalar) aniq koʻrina boshlagan va Afrika-Arabiston platformasining shimoliy va janubiy qismlari taraqqiyotida tafovutlar vujudga kela boshlagan. Uning kichikroq shimoliy qismi paleozoy erasining boshlaridan asosan dengiz choʻkindilari, mezozoy erasida esa quruqlik choʻkindilari toʻplanadigan oʻlka hisoblangan (Sahroi Kabir plitasi). Kattaroq janubiy va sharqiy qismi butun postroterezoy tarixi davomida aksari koʻtarila boshlagan. Bu qismlar orasidagi chegarani turli avtorlar turli joylardan oʻtkazadilar. Bu chegara taxminan Kamerun bilan Qizil dengizning shimoliy qismi orasidan oʻtadi. Afrikaning shimoliy qismida paleozoy erasining birinchi yarmida dengiz ayniqsa katta maydonni egallagan. Karbon davrining oʻrtalaridan boshlab dengiz chekina boshlaydi va arid sharrit boshlanib, qizil rangdagi choʻkindilar toʻplana boradi. Karbon davrida Oʻrta dengiz geosinklinal oblastida togʻ paydo boʻla boshlagan. Sahroi Kabir sineklizalarining choʻkindi qatlamlari burmalana boshlaydi. Afrikaning janubiy qismida bu davrda koʻtarilma harakat ustun turgan. Kap zonasidagina choʻkish va choʻkindi jinslar toʻplanishi roʻy bergan va qalin Kap kontinental formatsiyasi tarkib topgan. Paleozoy oxirlarida butun platforma boshdan-oyoq koʻtarila borgan va muzliklar paydo boʻlgan. Muzlik va muzlik suvlari yotqiziqlari qalinligi baʼzi joylarda 300 m gacha yetadigan Dveyk seriyasini hosil qilgan. Bunday jinslar kontinentning janubiy yarmidagi bukilmalarnikarru, Kalaxari va Kongo botiqlarini toʻldirgan. Bu jinslar ustiga qalin karru kontinental formatsiyalari toʻplana borgan. Asosiy muzlik markazlari qadimgi massivlarda Kongo sineklizasidan sharqda, shuningdek Nubiya-Arabiston qalqonida boʻlgan. Karru formatsiyasi butun trias davri davomida vujudga kelgan. Ayni vaqtda janubda Kap formatsiyasi jinslari burmalangan va koʻtarilgan hamda Kap togʻ sistemasi paydo boʻlgan. Yuqori trias va yura boshlarida tektonik harakat kuchaygan. Bu zarakat Afrika janubida, sharqida va shimoli-gʻarbida kuchli vulkanizm bilan tugagan. Yura davri davomida va boʻr davrining boshlarida Afrikaning katta qismi koʻtarilgan. Botiqlarda kontinental yotqiziqlar toʻplangan va granitlar hamda karbonatitlar yer poʻstiga kirib kelib, kimberlit trubalarini vujudga keltirgan. Afrikaning hozirgi konturlari (shakli) xuddi ana shu davrda vujudga kelgan. Bu esa dastlab Hind okeani oblastida, soʻngra Atlantika okeani oblastida yer poʻstining choʻkishi va yorilishi (razlom) hamda u okean atrofidagi bukilmalarning vujudga kelishi bilan bogʻliq edi. Shimolda Tetis okeani oraligʻida slatforma atrofidagi (perikraton) bukilma vujudga kelgan. Boʻr davrining ikkinchi yarmida va eotsenda Sahroi Kabir plitasida yana transgressiyalar boʻlgan, oqibatda Oʻrta dengiz Gvineya qoʻltigʻi bilan qoʻshilgan. Dengiz, shuningdek, Nubiya-Arabiston qoʻltigʻining chekkalarigacha yetib borgan hamda materikda va Madagaskar orolida Hind okeani sohilining keng polosasini ishgʻol qilgan. Bu davrdagi dengiz hosilalari orasida karbonatli terrigen choʻkindilar koʻpchilikni tashkil qilgan. Materikning ichki rayonlarida boʻr davri oxirida koʻtarilishlar roʻy bergan va vulkan faoliyati kuchaygan. Boʻr davrining ikkinchi yarmida va kaynozoy erasi boshlarida Afrika uchun sernam va issiq tropik iqlimi xarakterli boʻlgan. Bu esa daraxtlardan iborat boy tropik florasi hamda umurtqali hayvonlardan iborat tropik faunasining tarqalishiga imkon bergan. Quruqlik yuzasida qizil rangli gidromorf nurash poʻstlari paydo boʻlgan. Materikning markaziy rayonlaridagina emas, balki shimoliy va janubiy rayonlarida ham xuddi shunday sharoit vujudga kelgan. Afrika bilan Madagaskar, Avstraliya oʻrtasida boʻlgan va boʻr davridayoq uzilib qolgan aloqalar, soʻngra Janubiy Amerika bilan boʻlgan va kaynozoy boshlariga kelgandagina uzil- kesil uzilgan aloqalar, shuningdek, Yevrosiyo bilan deyarli butun kaynozoy davomida Arabiston orqali boʻlib turgan aloqalar materik organik dunyosi turlarining tarkib topishiga taʼsir koʻrsatgan. Lekin, boshqa quruqlik uchastkalarining taʼsiri floraning tarkib topishiga ayniqsa kuchli taʼsir koʻrsatgan. Afrika faunasi paleogendan to hozirgi davrgacha koʻp jihatdan oʻziga xosdir. Eotsen oxirida va oligotsen boshlarida deyarli butun Afrikada ayniqsa uning janubiy va sharqiy qismlarida tektonik harakat kuchli boʻlgan. Buni materik taraqqiyoti bosqichidagi hozirgi tabiiy sharoitning vujudga kelishida eng muhim va soʻnggi davrning boshlanishi deyish mumkin. Intensiv koʻtarilishlar, vulkanizm, eotsen oxiri va oligotsen boshlarida razlomlarning paydo boʻlishi bu materik uchun neotektonik bosqichning boshlanishi hisoblanishi mumkin. Ayni vaqtda shu bilan birgalikda tropikdan tashqari rayonlarda iqlim asta-sekin quruqlasha borgan, tropik organik dunyo ekvatorga chekina boshlagan, gidrofitlar kamayib, quruqlikni yaxshi koʻradigan oʻsimliklar va hayvonlar koʻpaya boshlagan. Qizil rangli gidromorf nurash poʻstlari oʻrnini karbonatli nurash poʻstlari egallay boshlagan. Tektonik aktivlik paroksizmlari oʻrnini nisbatan tinch davrlar olgan. Bunday davrlarda yer yuzasi tekislangan, botiqlarga choʻkindilar toʻlgan va materik chekkalariga dengizlar bosib kelgan. Afrika platformasida , koʻtarilishlar va tektonik aktivlik fazalari Oʻrta dengiz geosinklinal oblastidagi va Yevrosiyoning boshqa qismlaridagi xuddi shunday fazalar bilan bir vaqtda roʻy bergan. Efiopiya, Madagaskar, Tibesti va boshqa rayonlardagi keng gumbazsimon koʻtarilmalar boʻylab hosil boʻlgan yoriqlardan bazaltlar oqib chiqqan bir davrda, neotektonik faoliyatning boshlanish fazasidan soʻng tektoniy: protsesslar miotsen davrining ikkinchi yarmida namoyon boʻlgan. Platformada tektonik aktivlashishning ana shu fazasi Alp mintqasidagi bosh togʻ hosil qilish protsessining boshlanishiga toʻgʻri kelgan. Ana shu davrda Atlas togʻlari sistemasi paydo boʻlgan va platformaga qoʻshilib ketgan. Ana shu faza davrida Qizil dengiz, Suvaysh va Adan qoʻltiqlari grabenlari vujudga kelgan, Eritreya va Sharqiy Afrika gʻarbiy rift zonasi paydo bulgan, bular yonida vertikaliga hisoblaganda 2 kilometrgacha farq qiladigan gorst polosalari koʻtarilgan, nordon va ishqorli lavalar oqib chiqqan, juda katta vulkanlar vujudga kelgan. Oʻrta pliotsenda Qizil dengiz grabeni uzil-kesil tarkib topgan va razlomlar sharqiy zonasi vujudga kelgan. Axaggar, Tibesti, Kamerun massivlarida va boshqalarda koʻtarilishlar roʻy bergan. Togʻlarning koʻtarilishi bilan bir qatorda yirik botiqlar chuqurlashgan va hozirgi koʻllardan ancha katta boʻlgam koʻllar paydo boʻlgan. Ayni vaqtda Atlantika va Tinch okeanlari botiqlari choʻkkan. Yirik ichki botiqlarga suv toʻlishi va okean choʻkishi bilan bir qatorda daryo eroziyasi kuchaygan, daryolar yorlarni chuqur yorib kirgan va katta sharsharalar paydo boʻlgan. Ayniqsa qurgʻoqchil rayonlarda suvning koʻpayishi iqlimning umuman sernam boʻla borishi bilan bogʻliq boʻlib, Yevrosiyoni yoppasiga muz qoplashi davrining boshlanishiga toʻgʻri keladi. Afrika togʻlarida katta muzliklar paydo boʻlgan, qor chizigʻi esa taxminan 3000 m da boʻlgan. Keyinchalik antropogen davrning butun birinchi yarmida Afrikada nisbatan sernam davrlar bilan quruq davrlar almashinib turgan. Bu esa muzlik davrlari va muzliklararo davrlar bilay bogʻliq edi. Pleystotsen oxirlarida okeanlar sathining umuman koʻtarila borishi munosabati bilan daryolarning quyilish joylarini suv bosadi, lagunalar va estuariylar paydo boʻladi. Ekvatorial rayonlarning iqlim sharoitida jiddiy oʻzgarishlar roʻy bermadi.Pleystotsen davri davomida tektonik harakat va vulkanlar otilishi susayib qolgan. Bunday jarayonlar Afrika platformasining sharqiy qismidagina hozirgacha saqlanib qolgan. Baʼzi vulkanlarning otilishi va tez-tez zilzila boʻlib turishi ana shundan darak beradi. Muzlik davridan keningi vaqtlarda Afrika territoriyasida hozirgi zamon iqlim sharoiti tarkib topgan. Lekin materikning shimoliy va janubiy qismlarida oʻtgan davrlarga nisbatan iqlim-ancha quruq. Afrika faunasi paleogen davri boshlaridan eʼtiboran juda oʻziga xos boʻlgan. Yevrosiyoda kaynozoy boshlaridayoq qirilib bitgan arxey hayvonlari shu qitʼa faunasi tarkibida uchraydi. Paleogenning birinchi yarmida Afrika faunasi primatlar otryadi vakillari bilan boyidi. Bu hayvonlar orasida oligotsen davrida ingichka burunli maymunlar, shundan keyin esa odamsimon maymunlar ajralib turgan. Bu maymunlar miotsen davrida materik boʻylab keng tarqalgan. Odamsimon maymunlarning keningi evolyutsiyasi gominidlarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Bu maymunlar inson bilan bir biologik oilani tashkil etadi. Inson taraqqiyotining birinchi bosqichidan iborat boʻlgan gominidlarning qoldiqlari Janubiy va Sharqiy Afrikaning kontinental va vulkanogen jinslari orasida keng uchraydi. Koʻpgina tadqiqotchilarning fikrlariga koʻra, qadimgi odamning paydo boʻlishi Sharqiy Afrika bilan bogʻliqdir. Bu odamlarning qoldiqlari 2-2,5 mln. yilga teng. Afrikadagi boshqa rayonlarning toʻrtlamchi davr yotqiziqlari orasida inson ajdodlarining keningi davrlardagi qoldiqlari ham uchraydi. Ana shu faktlarga asoslanib, koʻpgina tadqiqotchilar inson dastlab Afrikada paydo boʻlgan boʻlishi mumkin deb hisoblaydilar. TEKTONIK TUZILISHI VA RELYEFINING TIPLARI Afrika yer yuzasi tuzilishining xarakterli xususiyatlari uning taraqqiyot xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Materikning katta qismi Afrika platformasidan iborat. Bu platforma relyefi tekis boʻlib, unda permkarbop va trias davrlarida iaydo boʻlgan tekisliklardan tortib, neogen va hatto antropogen davrlarida paydo boʻlgan tekisliklargacha keng tarqalgan. Bularda palaxsali togʻ massivlari va vulkan togʻlari unda-bunda koʻtarilib turadi. Platformaning hozirgi asosiy struktura elementlari paleozoy boshlarida vujudga kelgan. Shimoliy, Sahroi Kabir-Arabiston qismi uchun plitalar va sineklizalar xarakterli boʻlib, bularning ustini paleozoy va fanerozoy choʻkindi jinslar qatlami qoplab yotadi (Sahroi Kabir plitasi, Taudenni, Malinigeriya, Chad sineklizalari va boshqalar), bular orasida esa arxey-proterozoy fundamentining bir oz koʻtarilib qolgan qismlari joylashgan (Arxaggar, Regibat Leonliberiya massivlari va boshqalar). Platformaning Kamerun-Qizil dengiz shimoliy uchi chizi-gʻidan janubi- sharqdagi qismi koʻproq koʻtarila borgan va ayniqsa sharqiy qismida tektonik harakat kuchli boʻlgan. Janubiy subkontinentning ichki qismlarinigina sineklizalar band qilgan, ularning oʻqi 20- meridian boʻylab oʻtadi. Eng shimolda joylashgan va ekvator yaqinidagi eng yirik (Zair) kotlovina oʻrnini janubda kichikroq Okovango va boshqa kotlovinalar egallagan. Sharq va janubda Qizil dengiz rifti ajratib turgan Nubiya-Arabiston qalqoni, Mozambik proterozoy burmali mintaqasi va boshqalar yirik koʻtarilmalardir. Shimol va janubda platformani burmali zonalar oʻrab turadi. Bular janubda paleozoy Kap oblasti, shimolda esa Oʻrta dengiz boʻyi mintaqasining bir qismi hisoblangan Atlas burmali zonasidir. Quyidagilar Afrikadagi tekislik-platforma morfostrukturalarning asosiy tiplaridir: arxey va proterozoy zamini ustidan tekisliklar va yassi togʻliklar. Ularning balandligi Afrika shimolida odatda 500 metrdan oshmaydi va kamdan-kam hollardagina 1000 metrga yetadi. Salgina pasti- baland kristalli maydonlarda eng mustahkam va yemirilmaydigan jinslardan tuzilgan qoldiq togʻlar va kryajlar koʻarilib turadi. Relyefning bunday tipi qadimgi sineklizalarni ajratib turgan kam aktiv massivlarda tarkalgan; Qadimgi sineklizalarning atroflarida va materikning chekkalarida (masalan, Kongo yoki Kalaxari sineklizalari) choʻkindi jins qoplami tarqalgan rayonlar uchun xarakterli boʻlgan qatqat tekisliklar va qirlar; ular gorizontal yoki qiya shaklida joylashgan, yoyinki zinapoyalar hosil qilgan. Bunday rayonlar mezozoyda va kaynozoyning birinchi yarmida choʻkkan. Bunday relyef tipi fundament (zamin) ning yer ostidan turtib chiqqan qismlarida yoki yirik koʻtarilmalardagi qadimgi bukilmalarda ham uchraydi. Qatqat tekisliklar va qirlar yosh boʻlib, eroziya natijasida kam parchalangan va qadimgilari esa eroziya natijasida chuqur oʻyilib ketgan;yuzasi neogen va antropogen dengiz yoki kontinental choʻkindilaridan tarkib topgan akkumulyativ tekisliklar. Bunday tekisliklar qadimgi sineklizalarning markaziy qismlarini ishgʻol qilgan yoki materikning keyinchalik transgressiyalarga uchragan chekka qismlarida joylashgan. Togʻ relyefi Afrika platformasining tektonik harakat kuchli boʻlgan qismlarida ham, materikning shimol va janubidagi yosh burmali zonalar uchun ham xarakterlidir.Platformada mezokaynozoy koʻtarilmalari va neotektonik koʻtarilmalar natijasida paydo boʻlgan va yoshargan epiplat-forma togʻlari va togʻliklari uchraydi. unday koʻtarilmalarda yer yoriqlari va vulkanizm hodisasini koʻrish mumkin. Bunday togʻlar asosan Afrikaning sharqiy chekkasi uchun, uning kesib oʻtgan rift zonalari uchun xarakterlidir. Lekin togʻ relyefining ayrim uchastkalari tekislik-platforma oblastlarida ham uchraydi. Bu esa tektonik harakat aktivlashgan massivlar bilan bogʻliqdir. (Arxaggar, Tibesti, Drakon togʻlari va boshqalar.) Quyidagilar qaytadan paydo boʻlgan togʻlarning morfostruktura tiplaridir: fundament (zamin) yer yuzasiga chiqib qolgan oblastlarda paydo boʻlgan palaxsali togʻlar va togʻliklar;Choʻkindi jinslar va vulkan qoplamalari tarqalgan oblastlardagi supasimon togʻlar; yoriqlar sistemalarida uchraydigan vulkan togʻlari va vulkan platolari; rift zonalarining yosh bukilmalarida va tublarida uchraydigan akkumulyativ tekisliklar. Kap togʻlari qaytadan koʻtarilgan togʻlarning juda kam uchraydigan tipiga kiradi. Bu togʻlarda hozirgi relyefda uchraydigan burmali struktura yaqqol koʻrinib turadi.Gersin strukturalari Atlas togʻlari oblastiga kiradi. Bu strukturalar mezokaynozoy harakatlari bilan shu qadar qayta oʻzgarganki, ularni Oʻrta dengizboʻyi burmali zonasining bir hismi deb qaraydilar. Ana shu qadimiy strukturalar Atlas togʻlari oblestining oʻrta va janubiy qismlarini ishgʻol etadi. Holbuki, bu oblastlarning shimoliy togʻ zanjirlari aksari miotsen oxirlarida-pliotsen boshlarida paydo boʻlgan togʻlardir. Bu oblast doirasida morfostrukturalarning quyidagi tiplari uchraydi: burmali va burmali-palaxsali oʻrtacha balandlikdagi va baland togʻlar, vulkan togʻlari platfrrmaning keyin qoʻshilgan qismlaridagi palaxeali massivlar, tekislanib ketgan hamda paleozoy strukturalarining choʻkindi jinslari bilan qoplangan togʻlariro platolar, togʻoldi bukilmalari hamda togʻlar orasidagi bukilmalarning akkumulyativ tekisliklari. Afrika materigida xilma-xil foydali qazilmalar uchraydi, ular asosan platforma hamda platforma va burmali mintaqalar orasidagi chegara zonalarda uchraydi. Platformaning eng qadimgi yadrosida Sharqiy va Janubiy Afrikada temir rudasi, xromit, oltin va uran rudalarining juda katta zapaslari bor. Yuqori proterozoy strukturalarida, xususan Sharqiy Afrikadagi Zair respublikasi territoriyasida mis, qalay, qoʻrgʻoshin va boshqa rangli metall rudalari konlari bor. Platforma burmali fundamentining turli rayonlarida mezozoy davridagi kimberlit trubalarida tub olmos konlari paydo boʻlgan. Janubiy va Sharqiy Afrikaning olmos konlari ayniqsa mashhur. Xuddi shu davrda paydo boʻlgan intruziv granit jismlari chegaralarida nodir metallarning konlari paydo boʻlgan. Platformadagi qadimgi kristalli jinslarning nurashi natijasida hosil boʻlgan va platforma ustidagi qatlamlarda uchraydigan choʻkindi foydali qazilmalarning konlari ham katta. Gʻarbiy va Sharqiy Afrikadagi boksit konlari qadimgi kristalli jinslarning nurashidan hosil boʻlgan. Yaqindagina topilgan hamda hozirning oʻzidayoq ishga solingan-Sahroi Ka bir plitasidagi, Jazoir, Liviya va Misr territoriyasidagi Yirik neft va gaz konlari choʻkindi jinslar orasida uchraydi. Janubiy Afrikadagi laguna-kontinental karru formatsiyasi qatlamlarida toshkoʻmirning katta zapaslari topilgan.Atlas burmali oblastining sinklinal zonalarida neft va fosforit konlari topilgan. 1-RASM. Afrikaning ajralish chiqish xaritasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling