Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


AFRIKA IQLIMINING TARKIB TOPISHI


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1318632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov begam 080522193027

2.AFRIKA IQLIMINING TARKIB TOPISHI. 
Afrika Yer yuzida shimoliy va janubiy yarim sharlarda taxminan bir xil 
masofaga choʻzilgan yagona materikdir. Materikning ana shu xususiyati har ikkala 
yarimsharda bir xil kengliklarda bir xil iqlim paydo boʻlishi uchun sharoit yaratgan. 
Afrika territoriyasida deyarli barcha iqlim mintaqalari ikki martadan uchraydi. 
Biroq Afrikaning shimoliy qismining maydoni janubiy qismining maydonidan, 
yaʼni (ekvatordan janubdagi qismidan) ikki marta kattaligi muhim ahamiyatga ega. 
Afrikadan shimol va shimoli-sharqda juda katta Yevrosiyo quruqligi joylashgan. 
Kontinentlar orasidagi iliq dengizlar Oʻrta dengiz bilan Qizil dengiz Afrikani 
Yevrosiyodan ajratib turadi. Janubiy subkontinent Atlantika okeani bilan Hind 
okeani orasidadir. Shuning uchun ham ekvatordan shimol va janubda iqlimning 
vujudga kelish sharoiti bir xil emas. 
Materikning asosiy qismi tropiklar orasida boʻlib, butun yil davomida 
quyoshdan koʻplab issiqlik oladi va juda qizib ketadi. Shimoliy yaxlit qismi esa 
ayniqsa kuchli qiziydi. Butun Afrika (bir ozgina territoriyani istisno qilganda) yiliga 
160 kkal. sm2 dan koʻproq issiqlik oladi. Shimoliy qismida esa yalpi radiatsiya 200 
kal. sm2 dan oshadi. Bunday yuqori temperaturalar Afrikaning Yer sharidagi eng 
issiq materik ekanligidan dalolat beradi. 
Materik yer yuzasining ancha tekisligi va chekka qismining ichki qismlarga 
nisbatan bir oz koʻtarilganligi sababli Afrika iqlimiga okeanlar u qadar katta taʼsir 
qilmaydi va Afrika iqlimi oʻziga xos kontinental iqlimdir. Shimoliy qismi juda katta 
boʻlganidan va Yevrosiyoga yaqin joylashganligidan iqlimi ayniqsa kontinentaldir. 
Afrikaning katta qismi har ikkala yarimsharning subtropik antitsiklonlari va passat 
sirkulyatsiyasi taʼsiridadir. Shimoliy yarimsharning quruqlikdan esadigan passatlari 
nisbiy namligi kam boʻlgan kontinental havo olib keladi. Hind okeani tomonidan 
esadigan janubiy yarimshar passatlari materikning shimoliy chekkasiga beqaror 
sernam havo massalari keltiradi. 
Materikning gʻarbiy chekkalari shimoliy va janubiy yarim-sharlarda Atlantika 
subtropik antitsiklonlarining sharqiy chekkasi taʼsirida boʻlib, ular uchun passat 
inversiyasi xarakterlidir. Bu inversiya Atlantika okeanining sovuq oqimlari taʼsirida 
ancha kuchayadi. Bu esa yogʻin yogʻishi uchun noqulay sharoit yaratadi. 
Materikning ekvator atrofidagi qismlarida havo massalarining bir yarimshardan 
ikkinchi yarimsharga koʻchishi juda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda 
materikning sharqida boshqa yarimshardan passatlarning oʻtib kelishi shu yarim-
shardagi yoz paytida roʻy beradi. Gʻarbda esa bosim gradiyenti Janubiy Atlantika 
maksimumidan Afrikaning shimoliy sub-kontinenti tomoniga doimiy yoʻnalgani 
uchun butun yil. davomida janubiy passat (janubi-gʻarbiy musson) shimoliy 
yarimsharga oʻtib turadi. Shuning uchun 17° sh. k. bilan 20° j. k. orasidagi polosada 


har ikkala yarimsharda yoz paytida beqaror sernam ekvatorial havo olib keladigan 
va seryomgʻir davrni vujudga keltiradigan ekvatorial mussonlar taʼsir etib turadi. 
Materikning subtropik mintaqalar ichiga kirib boradigan chekka shimol va janub 
qismlari har ikkala yarimsharda qish paytida oʻrtacha kengliklardagi gʻarbiy 
sirkulyatsiya sharoitida boʻladi. 
Havo 
massalarining 
sirkulyatsiya 
sharoiti 
yogʻin-sochin 
va 
temperaturalarning taqsimlanishi yanvar va iyul oylarida har ikkala yarimsharda bir 
xil emas.Yanvarda materikning janubiy qismi issiq boʻladi, shimoliy qismi esa 
ancha salqin keladi. Shuning uchun yuqori bosimli subtropik mintaqa Sahroi 
Kabirning shimolini kesib oʻtadi va Shimoliy Atlantika maksimumi bilan qoʻshiladi. 
Materikning chekka shimoli-gʻarbi qishda oʻrtacha kengliklardagi gʻarbiy siklon 
sirkulyatsiyasi taʼsirida boʻladi.Ana shu paytda janubiy yarimsharda keng 
depressiya hosil boʻladi.
Qoʻshni okeanlardan ham, shimoliy yarimshar tomonidan ham havo ana shu 
depressiyaga tomon esadi.
Shimoliy passat 25° sh. k. dan ekvatorga qarab nisbiy 
namligi 30% dan 15% gacha boʻlgan uchta asosiy issiq havo oqimi shaklida esadi. 
Bulardan biri materikning kattaroq sharqiy qismida esadigan shimoli-sharqiy 
yoʻnalishdagi Misr oqimidir. Bu oqim Kongo havzasining shimoliy qismigacha kirib 
boradi, lekin ekvatorni kesib oʻtmaydi. Undan sharqroqda yanada quruqroq 
Arabiston passati esib, Somali yarim orolini oʻz ichiga oladi va ekvatordan 
janubroqqacha kirib keladi. Bu yerda u Janubiy Hindiston maksimumining chekkasi 
boʻylab Hind okeanidan keladigan janubi-sharqiy passat bilan qoʻshilib ketadi. Misr 
oqimidan gʻarbda Gvineya sohili tomoniga xarmattan deb ataladigan shamol-esadi. 
Bu shamol Gvineya qoʻltigʻining shimoliy qismida Janubiy Atlantika 
antitsiklonining sharqiy chekkasi boʻylab oqib keladigan janubi-gʻarbiy musson 
bilan uchrashadi. Odatda harmattan Gvineya qoʻltigʻi sohiliga yetib bormaydi va u 
yerda kuchsiz janubi-gʻarbiy shamollar esib turadi. Lekin, bir oz yuqorida passat 
oqimi hiyla janubroqqa kirib boradi va janubi-gʻarbiy mussondagi koʻtarilma havo 
oqimlariga va yogʻin yogʻishiga qarshilik koʻrsatadi. Shuning uchun ham Gvineya 
sohilida yanvar eng quruq oydir. 
Janubiy Hindiston maksimumi yanvar oyida ancha janubga suriladi. Bu 
maksimum Afrikaning chekka janubini oʻz ichiga oladi va janubi-sharqiy passatning 
boshlanishiga imkon beradi. Bupassat Hind okeanidan Afrikaning baland togʻliklari 
sharqiy yenbagʻirlariga moʻl-koʻl yogʻin olib keladi. Yogʻin miqdori materik 
ichkarisiga tomon keskin kamaya boradi va Kalaxari choʻlining markaziy qismida 
yogʻin ayniqsa kam yogʻadi. 
Afrikaning gʻarbiy sohili Janubiy Atlantika antitsiklonining sharqiy chekkasi 
taʼsiridadir. Janubdan esadigan shamollar taʼsirida baland kengliklardan keladigan 


ancha sovuq havo massalarining issiq materik ustiga kelishi natijasida Gʻarbiy 
sohildan to ekvatorgacha choʻzilgan polosada yogʻin hosil boʻlmaydi. 
Atlantika havosi Hind okeanidan keladigan havo massalari bilan toʻqnashgan 
rayonda front hosil boʻladi. Ana shuning uchun ham Kalaxarining gʻarbida 
materikning ancha gʻarbiy va sharqiy rayonlaridagiga nisbatan yogʻin bir oz koʻproq 
boʻladi. 
Iyul oyida shimoliy yarimshar koʻproq qiziydi, shuning uchun ham barcha 
barik zonalar shimolga tomon suriladi. Shimoliy yarimsharning subtropik 
maksimumi Oʻrta dengiz va Janubiy Yevropaga suriladi, Afrikaning chekka 
shimoli-gʻarbinigina oʻz ichiga oladi. Afrikaning shimoliy qismi ustida havoning 
kuchli qizib ketishi natijasida past bosim oblasti hosil boʻladi. Bu bosim ekvatordan 
janubda ham davom etadi. Janubiy Afrika qoʻshni okeanlar bilan birgalikda janubiy 
yarimsharning barik maksimumi zonasiga kiradi. Afrikaning faqat chekka janubiy 
qismigina janubiy yarimsharning oʻrtacha kengliklarining gʻarbiy sirkulyatsiyasi 
taʼsirida boʻladi. 
Shimoliy Afrikada (Sahroi Kabirda) shimoli-sharqiy va shimoli-gʻarbiy quruq 
shamollar esadi. Bu shamollar Qizil dengiz va Nil vodiysi boʻylab 20° sh. k. gacha, 
gʻarbda esa 18° sh. k. gacha kirib keladi. Janubiy Atlantika maksimumi tomonidan 
ana shu shamollarga qarab janubi-gʻarbiy musson esadi. Bu musson Sudan va 
Gvineya sohili territoriyasiga yogʻin olib keladi.Efiopiya, Somali va Afrikaning 
ekvatordan shimoldagi butun sharqiy qismi Hind mussoni taʼsirida turadi. Bu 
musson ekvatorni kesib oʻtib, moʻl-koʻl yomgʻir olib keladigan janubi-sharqiy 
passatning davomidir. 
Afrikaning deyarli butun janubiy qismida, xususan ichki rayonlarida bu 
davrda havo quruq boʻladi, chunki bu yerda bosim baland boʻlib, passat taʼsiri 
susayib qoladi. Kap oblasti bundan mustasnodir, chunki bu yerda siklon faoliyati 
kuchlidir. 
Afrikaning asosiy qismida, butun yil davomida temperaturaning baland 
boʻlishi quyoshning gorizontdan juda baland turishi va infolyatsiyaning kuchli 
boʻlishi bilan bogʻliqMaterikning anchagina qismida yillik oʻrtacha temperatura 
+20°S dan yuqori boʻladi.
Afrikaning shimoliy qismi yaxlit boʻlib, katta territoriyani 
oʻz ichiga oladi, shuning uchun ham bu qism janubiy qismga nisbatan juda qiziydi 
va bu yerda oylik oʻrtacha temperatura eng yuqori ( + 35-40°S) boʻladi, shuningdek, 
Yer sharidagi eng maksimal temperatura ( + 58°S gacha) ham shu yerda qayd 
qilingan. 
Butun Afrikada iqlimning kontinental boʻlishi bilan birga, temperaturaning 
sutkalik oʻzgarishi ham kattadir, masalan, Sahroi Kabirda temperaturaning sutkalik 
amplitudasi 50°S ga yetadi.Materik territoriyasida yogʻin juda notekis yogʻadi. 
Materikning ekvator yaqinidagi qismida taxminan 5° sh. k. bilan 10° j. k. oraligʻida 


muntazam ravishda konvektiv yomgʻirlar koʻplab yogʻadi. Afrikada eng koʻp yogʻin 
(10000 mm atrofida) Kamerun togʻ massivining hukmron janubi-gʻarbiy 
shamollarga roʻpara yonbagʻirlarida yogʻadi. 
Ekvatordan shimol va janubdagi oblastlarda, har ikkala yarimsharda taxminan 
17° gacha boʻlgan maydonda, yogʻin shu yarim-sharda yoz boʻlgan paytdagina 
ekvatorial mussonlar tomonidan keltiriladi. Joyning geografik oʻrni va relyefiga 
qarab yillik yogʻin miqdori katta farq qiladi. Ekvatordan yanada shimol va janubga 
tomon (30° gacha) butun yil davomida yogʻin juda kam tushadigan oblastlar 
joylashgan. Materikning chekka shimoli va chekka janubida, subtropik mintaqada 
yogʻin miqdori yana ortadi, shimoli-gʻarb va janubi-gʻarbda yogʻinning koʻpchilik 
qismi qishda, janubi-sharqda esa yozda yogʻadi. 
Ana shuning uchun ham Afrikada iqlim juda xilma-xildir. 
Ekvatorial iqlim mintaqasi Kongo havzasining anchagina qismini, taxminan 
5° sh. k. bilan 5° j. k. oraligʻini, shuningdek, Gvineya sohilini 7-8° sh. k. gacha oʻz 
ichiga oladi. Kongo havzasida Yer yuzasi kuchli qizib ketganligidan havo massalari 
yuqoriga koʻtariladi va butun yil davomida konvektiv yomgʻirlar yogʻadi. Afrikada 
quyoshning gorizontdan eng baland koʻtarilishiga qarab yiliga ikki marta yogʻin eng 
koʻp tushadigan fasl boʻladi. Gvineya sohilida yogʻinlarni hukmron janubi-gʻarbiy 
shamollar keltiradi va bu yerda yiliga juda koʻpkamerun togʻ massivi 
yonbagʻirlarida 9 600 mm gacha yogʻin tushadi. Temperaturaning deyarli yil boʻyi 
yuqori boʻlishi ( + 24-28°S), bugʻlanishdan koʻra 1,5-2 marta ortiq darajada 
yogʻinning koʻp yogʻishi va havo nisbiy namligining yuqori boʻlishi tufayli 
namgarchilikning keragidan ortiqcha boʻlishi uchun sharoit yaratilgan. Ana shuning 
uchun ham Afrikaning ekvatorial qismi iqlimi unga oʻrganmagan yevropaliklar 
uchungina emas, balki mahalliy aholi uchun ham ogʻirlik qiladi. 
Shimoliy Afrikada subekvatorial mintaqa shimolda 17 sh. k. gacha davom 
etadi. Janubiy yarimsharda subekvatorial iqlim mintaqasi Atlantika okeanigacha 
yetib bormaydi. Janubda u deyarli 20° sh. k. gacha davom etadi. Materikning 
sharqida shimoliy yarimshar bilan janubiy yarimsharning subekvatorial mintaqalari 
qoʻshilib ketadi. Ekvatorial mintaqa esa Hind okeaniga yetib bormaydi. Har ikkala 
yarimsharda yoz paytida musson hukmron boʻlib, koʻplab yogʻin beradigan sernam 
ekvatorial havo keltiradi. Qish paytida bu oblast quruq tropik havo massasi 
keltiradigan passat taʼsirida boʻladi. Bu davrda umuman yomgʻir yogʻmaydi va 
nisbiy namlik juda kam boʻladi.Sernam davrning uzoq davom etishi yillik yogʻin 
miqdori va namgarchilik mintaqa doirasida ekvatordan tropiklar tomonga va 
gʻarbdan sharqqa oʻzgarib boradi. Ekvatordan tropiklarga qarab sernam davr 
qisqarib, 10 oydan asta-sekin 2-3 oygacha tushib qoladi. Musson susayishi 
munosabati bilan yogʻin miqdori gʻarbdan sharqqa tomon kamaya boradi. Shimoliy 
yarimsharning subekvatorial mintaqasi doirasida namgarchilik yetarli boʻlmaydigan 


eng qurgʻoqchil rayonlar Somali yarim orolidadir, chunki bu yarim orolni ekvatorial 
mussondan Efiopiya togʻligi toʻsib turadi, Shuningdek, Sudanning shimoliy qismida 
tropik mintaqa chegarasida ham eng qurgʻoqchil rayon joylashgan. Sub-ekvatorial 
mintaqada yilning koʻp qismida temperatura yuqori, lekin, ekvatorial mintaqaga 
nisbatan yillik tafovut ancha katta boʻladi. Yogʻingarchilik mavsumi boshlarida 
havo ayniqsa issiq boʻladi, bu paytda oʻrtacha temperatura +30°S dan ortiq boʻladi.
Biroq, eng salqin oylarda ham oʻrtacha temperatura ,+20°S dan pastga tushmaydi. 
Soʻnggi klassifikatsiyalarda subekvatorial iqlim mintaqalari alohida 
ajratilmaydi va subekvatorial iqlimni yoz sernam boʻladigan tropik iqlim deb 
qarashadi.Afrikadagi katta maydonlar, ayniqsa shimoliy yarimshardagi joylar quruq 
tropik iqlimga ega. 
Shimoliy yarimsharda issiq quruq tropik iqlim Sahroi Kabirning katta qismi 
uchun xarakterlidir. Yozda Shimoliy Afrikaning yer yuzasi kuchli qiziydi va bu 
yerga shimoli-sharqiy passat esib, nisbiy namligi 15-30% boʻlgan havo olib keladi. 
Qish paytida Shimoliy Afrika ustida antitsiklonal rejim tarkib topadi va binobarin, 
butun yil davomida Sahroi Kabir ustida yogʻin yogʻishiga imkon bermaydi. 
Havoning quruq va bulutning juda kam boʻlishi, shu bilan birgalikda deyarli 
oʻsimlik oʻsmasligi temperaturaning sutka davomida keskin oʻzgarib turishiga 
sharoit yaratgan. Bu yerda potensial bugʻlanish yogʻinga nisbatan 20-25 marta koʻp. 
Janubiy yarimsharda qurgʻoqchil tropik iqlim Qalaxari kotlovinasi uchun 
xarakterlidir, biroq Hind okeanidan esadigan janubi-sharqiy passat taʼsirida Sahroi 
Kabirdagiga nisbatan yogʻin bir oz koʻproq.Bu passat Mozambik boʻgʻozi sohiliga 
va Drakon togʻlari yonbagʻirlariga ayniqsa koʻp yogʻin olib keladi. Ana shuning 
uchun ham Afrikaning janubiy yarimsharidagi tropik mintaqaning sharqiy 
chekkasida sernam passat iqlimi oblasti ajralib turadi. 
Shimoliy va janubiy yarimsharlarning tropik mintaqasida, yaʼni qirgʻoqlar 
yaqinidan sovuq oqim oʻtadigan va Atlantika antitsiklonlarining sharqiy chekkasi 
taʼsir etadigan territoriyalarda materikning gʻarbiy chekkalarida sohil choʻllari 
iqlimi xarakterlidir. Atlantika antitsiklonlarining sharqiy chekkasi taʼsiridagi 
nisbatan sovuq havo materikning isigan yer yuzasiga oqib keladi va temperatura 
inversiyasini vujudga keltiradi. Okeandan keladigan havoda koʻp miqdorda suv 
bugʻlari boʻladi, lekin inversiya oqibatida bu suv bugʻlari toʻyinmaydi va yogʻin 
juda kam yogʻadi, holbuki, havoning nisbiy namligi katta. Temperatura past 
(oʻrtacha oylik temperatura odatda + 21°S dan past) va sutkalik temperatura 
amplitudasi kontinental choʻllardagiga nisbatan ancha kichik. Afrikaning janubi-
gʻarbiy qismida (Namib choʻlida) Sahroi Kabirdagiga nisbatan ham yomgʻir kam 
tushadi, lekin, shudring va tuman tez-tez boʻlib turganidan baʼzi bir oʻsimliklar yil 
bilan toʻyinib, rivojlanadi.Qirgʻoq yaqinidagi choʻllarda iqlimning rutubatli va 
diqqinafas boʻlishi kontinental choʻllardagi quruq, jazirama issiq havodan koʻra ham 


kishilarga ogʻirlik qiladi. Qizil dengiz sohilida va Adan qoʻltigʻi sohilida ham iqlim 
juda quruq. Qishda esadigan shimoli-sharqiy passat Qizil dengiz ustidan oʻtib, 
deyarli namlik bilan toʻyinmaydi va sohilning oʻziga bir ozgina yomgʻir yogʻadi. 
Sudan oblastiga yogʻin olib keladigan yozgi mussonni Efiopiya togʻligining gʻarbiy 
va janubi-gʻarbiy yonbagʻirlari toʻsib qoladi va bu yerda koʻplab yogʻin yogʻadi. 
Sharqiy sohilga esa bu musson fyon shaklida yetib keladi va yogʻin bermaydi. Ana 
shuning uchun ham, Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻi sohillari Yer sharidagi eng issiq 
va eng quruq joylar hisoblanadi. 
Subtropik iqlim mintaqalari Afrikaning chekka shimoli va janubini oʻz ichiga 
oladi. Materikning shimoli-gʻarbi va janubi-gʻarbida yozi quruq subtropik iqlim 
oblastlari ajralib turadi. Ana shu paytda Afrikaning subtropik kengliklaridagi chekka 
qismlarida atmosfera holati muhim, tsmperatura yukori va yomgʻir yogʻmaydigan 
tropik antitsiklon taʼsirida boʻladi. Qish paytida siklon faoliyati hukmron boʻladi va 
yogʻin yogʻadi. Afrikaning shimoli gʻarbida janubi-gʻarbdagiga nisbatan 
mavsumlarga qarab temperatura tafovuti anchagina katta boʻladi. Oʻrta dengiz 
sohilida iyulning oʻrtacha temperaturasi +27, +28°S, yanvarning oʻrtacha 
temperaturasi +11, +12°S boʻladi. Kap sohilida eng issiq oyning oʻrtacha 
temperaturasi +21°S dan, eng salqin oyning temperaturasi esa +13, +14°S dan 
oshmaydi.
Afrika janubi-sharqining subtropik iqlimi boshqacha qonuniyatlar bilan 
xarakterlanadi. Qishda gʻarbiy shamollar janubi-sharqiy sohilga deyarli kirib 
kelmaydi, chunki togʻlar toʻsqinlik qiladi va shuning uchun ham qish davrida bu 
yerda yogʻin ancha kam yogʻadi. Yozda butun janubi-sharqiy sohilda Hind 
okeanidan shamollar esib, Drakon togʻlarining sharqiy yonbagʻirlariga koʻp 
miqdorda yogʻin keltiradi. 
2-RASM 
Afrika iqlim mintaqalarining shakllanishi xaritasi. 



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling