Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


AFRIKA ICHKI SUVLARINING TARKIB TOPISHI


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1318632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov begam 080522193027

3.AFRIKA ICHKI SUVLARINING TARKIB TOPISHI. 
Afrika yillik oqim umumiy hajmiga koʻra (5400 km3) Yevrosiyo va Janubiy 
Amerikadan soʻng uchinchi oʻrinda va suv oqimi qatlami qalinligiga koʻra (180 mm) 
Avstraliya bilan Antarktidani istisno qilganda, barcha materiklardan keyinda turadi. 
Afrika materigining bosh suvayirgʻichi uning eng baland koʻtarilgan sharqiy 
chekkasidan oʻtadi, shuning uchun ham qitʼa yer yuzasining 1/3 qismidan 
koʻprogʻidan oqim Atlantika okeaniga tomon oqadi, atigi 1/6 qismi Hind okeaniga, 
Oʻrta dengizga esa undan ham kam oqadi. Afrika yer yuzasining taxminan 1/3 
qismidan (taxminan 9 mln. km
2
) okeanga suv oqib kelmaydi, bular ichki havzalarga 
kiradi yoki umuman oqar suvi yoʻq. 
Materik territoriyasida oqar suvlar juda notekis taqsimlangan. Shu bilan 
birgalikda oqar suvlarning taqsimlanishi va rejimi ham materikning muayyan 
qismida yogʻinlarning miqdoriga va rejimiga chambarchas bogʻliq. Afrikada qor va 
muzliklar daryo va koʻllarning toʻyinishida juda kam rol oʻy-naydi. Daryo va 
koʻllarning toʻyinishida yogʻin suvlari asosiy rol oʻynaydi. Ekvator atroflaridagi 
rayonlarda daryolar yil boʻyi bir tekisda toʻlib oqadi. Bunda daryolarda suvning kam 
boʻlish davri deyarli sezilmaydi. Lekin, zenit yomgʻirlari taʼsirida yiliga ikki marta 
daryolar toshadi. 
Subekvatorial iqlimli oblastlarda (Sudan, Kongo kotlovinasining janubiy 
qismi va boshqalar) oqim yoz paytida keskin koʻpayadi va daryolarning suv sarfi 
ortadi. Materikning shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy- chekkalarida daryolar qish 
paytida, har ikkala yarimsharda qishki siklon yomgʻirlari yoqqan paytda koʻpayadi. 
Yozda suv sarfi koʻp boʻladigan oblast bilan qishda suv sarfi koʻp boʻladigan oblast 
orasida umuman doimiy suv oqimi boʻlmaydigan keng territoriyalar bor. Shimoliy 
yarimshardagi Sahroi Kabir va janubiy yarimshardagi Kalaxari choʻlining ancha 
qismi ana shunday oʻlkalardir. Bu yerlarda umuman oqar suv yoʻq, ularda quruq 
oʻzanlar koʻp boʻladi, bu oʻzanlarda baʼzan boʻlib qoladigan tasodifiy yomgʻirlardan 
soʻng qisqa vaqtdagina suv boʻladi. 
Afrikaning hozirgi vaqtda qurgʻoqchil oblastlari uchun xarakterli boʻlgan 
quruq oʻzanlarning hamda quruq botiqlarning koʻp boʻlishi bu yerda bir zamonlar 
iqlim ancha sernam boʻlganligidan darak beradi. Markaziy Osiyo va Arabiston 
yarim orolidagi kabi bu yerda soʻnggi plyuvial davr shimoliy yarimsharning yuqori 
kengliklarida roʻy bergan soʻnggi muzlik davriga toʻgʻri keladi. 
Afrikaning deyarli barcha katta daryolari yassi togʻliklar va togʻ tizmalari 
bilan okeanlardan ajralib qolgan keng kotlovinalarga suv beradi. Bu togʻlar Afrika 
platformasining chekka qismlarida yaqin geologik davrlarda roʻy bergan tektonik 
harakatlar natijasida koʻtarilgan. Ana shu togʻlar koʻtarilganda erozion harakat 
kuchaygan va koʻpgina daryolarning vodiylarida yirik sharsharalar va ostonalar 


paydo boʻlgan, Bular esa kemachilikka xalaqit beradi va Afrika daryolarining 
transportdagi ahamiyatini juda pasaytiradi.Afrikadagi koʻl kotlovinalarining 
koʻpchiligi ham tektonik protsesslar natijasida paydo boʻlgan. 
Afrikaning eng uzun daryosi nil (6671 km), uning havzasining maydoni 2870 
ming km
2
. Asvon shahri yaqinida oʻrtacha suv sarfi 2600 m3/sek, lekin ayrim 
yillarda suv sarfida farq boʻlib, 500 m3/sekdan 15 000 m3/sekgacha oʻzgarib turadi. 
Havzasining tabiiy sharoiti xususiyati va gidrografik rejimi xarakteri hamda shu 
daryo vodiysida yashaydigan xalqlarning hayotidagi ahamiyatiga koʻra Nil daryosi 
dunyodagi eng ajoyib va oʻziga xos daryolardandir.2000 m dan koʻproq 
balandlikdan, Sharqiy Afrika massivlarining biridan, ekvatordan janubda 
boshlanadigan va Viktoriya koʻliga quyiladigan Qagera daryosi Nilning boshi 
hisoblanadi. Koʻldan bu daryo Viktoriya nil nomi bilan oqib chiqadi. Kioga koʻli 
orqali oqib oʻtadi va Albert koʻliga quyiladi. Bu koʻldan soʻng Albertnil deb ataladi. 
Ana shu masofada daryo togʻlar orasidan oʻtadi va serostona, bir necha sharsharalar 
hosil qiladi. Eng katta Merchison sharsharasining balgendligi 40 m ga yetadi.
Togʻlar orasidan Bahril-Jabal, yaʼni togʻlar daryosi nomi bilan chiqib, keng va yassi 
kotlovinaga kirib keladi. Shundan soʻng Nil sekin oqa boshlaydi va oʻzanida 
shoxobchalarga boʻlinadi. Ana shu qismda daryoga eng yirik irmoqlardan Bahril-
Gʻazal (Ohular daryosi) va Sobat daryosi quyiladi. Sobat daryosi togʻlardan sariq 
rangli loyqa suv keltiradi, chunki suv tarkibida koʻp miqdorda loyqa boʻladi. Sobat 
daryosidan quyida bu daryo Oq Nil (Bahril-Abyod) deb ataladi. Xartum shahri 
yaqinida Oq Nil Koʻk Nil (Bahril-Azrak) bilan qoʻshiladi va shu yerda Nil nomini 
oladi (arabcha nomi Al-Bahr). Koʻk Nil Oq Nilga nisbatan ancha qisqa, lekin 
Xartum shahridan quyida Nil daryosi rejimining tarkib topishida Koʻk Nil katta rol 
oʻynaydi. Koʻk Nil Efiopiya togʻligidagi Tana koʻlidan boshlanadi. Nil daryosiga 
eng soʻnggi sersuv Atbara irmogʻi ham ana shu Efiopiya togʻligidan oqib keladi. 
Atbara quyilgandan keyin Nil qattiq qum toshlardan tuzilgan platoni kesib oʻtadi va 
bir qancha ostonalar hosil qiladi. Xartum shahri bilan Asvon shahri oraligʻida oltita 
ostona bor. 
Asvon shahridan quyida Nil daryosi eni 20-50 km li vodiydan oqadi, bu vodiy 
antropogen davr , boshlarida Oʻrta dengizning qoʻltigʻi boʻlgan. Nil vodiysi tobora 
oʻsib borayotgan delta bilan tugaydi. Bu delta asta-sekin daryo oqiziqlari bilan toʻlib 
borayotgan buxta oʻrnida vujudga kelgan. Delta maydoni 24 000 km2. 
Nil daryosi Shimoliy Afrikada oʻz suvlarini Oʻrta dengizga yetkazib 
boradigan va hayotsiz choʻlda hayot manbai hisoblanadigan yagona daryodir. 
Janubiy oʻlkalarda yogʻadigan va yilning bosh qismlariga suv beradigan yogʻinlar 
hisobiga Nil daryosida doim suv boʻladi. Oq Nil ekvatorial mintaqada boshlanib, 
butun yil davomida yogʻadigan yomgʻirlardan suv oladi. Daryoning yuqori 
oqimlarida suv juda koʻp va deyarli hamma vaqt bir xil boʻladi, chunki bu yerdagi 


koʻllar suv miqdorini tartibga solib turadi. Lekin, Yuqori Nil kotlovinasida koʻp 
miqdorda suv bugʻlanishga sarf boʻladi va Xartum shahridan quyida Nil daryosining 
toʻyinishida Oq Nil Koʻk Nilga nisbatan koʻproq rol oʻynaydi. Chunki Koʻk Nil 
Efiopiya togʻligida yoqqan yozgi yomgʻirlardan soʻng koʻplab suv (umumiy suv 
sarfining 60-70%) olib keladi. Nil daryosining quyi oqimida suv eng koʻpayganda 
eng kamaygandagiga nisbatan taxminan 5 marta koʻp boʻladi. Nil quyi oqimida 
toshib butun vodiyni bosadi. Qoxira shahri yaqinida suv 8 metrdan koʻproq 
koʻtariladi. Nil daryosining Efiopiya togʻligidan boshlanadigan irmoqlari koʻplab 
loyqa keltiradi, u daryo toshganda choʻkadi. 
Baland Asvon toʻgʻoni qurilishiga qadar koʻpdan-koʻp ostonalar boʻlganidan 
Nil daryosida boshdan-oyoq kema bemalol qatnay olmas edi. Ostonalar yaqinida 
butun yil davomida faqat qayiqlardagina suzish mumkin edi. Xartum bilan Juba, 
Asvon bilan Qoxira, Qoxira bilan Nil quyilishi orasidagina doimiy kemalar qatnay 
olar edi.Nil daryosiga bir necha toʻgʻonlar va suv omborlari qurildi, bu butun yil 
davomida daryoning suv sarfini tartibga solib turishga imkon beradi. Yaqin 
vaqtlargacha Asvon shahri yaqinidagi gidrouzel paxta dalalarini sugʻorish uchun eng 
yirik inshoot hisoblanar edi. Byroq bu eskirgan gidroinshootlar muhim xoʻjalik 
problemalarini-ekin maydonlarini kengaytirish, arzon energiya olish va boshqa 
muammolarni hal qila olmas edi. Endilikda sobiq Sovet Ittifoqi yordamida Nil 
vodiysiga Asvon shahri yaqinida yangi katta toʻgʻon qurildi. Sugʻoriladigan yerlar 
maydoni ana shu toʻgʻon tufayli 1/3 marta koʻpaydi, mamlakat ekonomikasini 
taraqqiy ettirish uchun zarur boʻlgan elektro-energiya ishlab chiqarilmoqda va 
kemachilik uchun sharoit yaxshilandi.Kongo daryosi Afrika daryolari orasida 
uzunligi jihatidan ikkinchi oʻrinda turadi. Lekin havzasining maydoni va sersuvligi 
jihatidan Kongo Afrikada birinchi oʻrinda va dunyoda Amazonka daryosidan keyin 
ikkinchi oʻrinda turadi.
Lualabu va Chambezi daryolari Kongoning boshi 
hisoblanadi. Daryoning uzunligi birinchi daryo boshidan hisoblanganda 4320 km, 
ikkinchisidan esa 4700 km, havzasining maydoni taxminan 3,7 mln. km2 (boshqa 
bir maʼlumotlarga koʻra 3,8 mln. km2). Quyilish joyida daryoning oʻrtacha suv sarfi 
40 000 m3sek, yaʼni Nil daryosining oʻrtacha suv sarfidan 15 martadan koʻproq 
katta.Kongo daryosi shimoliy va janubiy yarimshardan oqib ekvatorni ikki marta 
kesib oʻtadi. Atlantika okeaniga quyilaverishda Afrika platformasining balandroq 
koʻtarilgan chekka qismini kesib oʻtadi. 
Tanganika koʻliga suv beradigan Lukuga daryosi, Ubangi, Qasai daryolari 
Kongoning yirik irmoqlaridir.Kongo va uning irmoqlarining yuqori oqimi chekka 
platolar va togʻlarni kesib oʻtib, ostonalar va sharsharalar hosil qilgan. Daryo ekvator 
yaqinida yettita sharshara hosil qilgan. Bu sharsharalar tadqiqotchi Stenli nomi bilan 
atalgan. Kongoning yuqori oqimi Stenli sharsharalari bilan tugaydi. Kongo daryosi 
oʻrta oqimida kotlovina doirasida keng vodiyda sekin oqadi. Baʼzi bir joylarda daryo 


oʻzani eni 20 km tacha yetadigan koʻllarga oʻxshab yoyilib oqadi. Ana shu qnsmida 
Kongo daryosiga eng yirik irmoqlar quyiladi. Kongo quyi oqimida kristalli togʻ 
massivini kesib oʻtib, yana qator (hammasi boʻlib 32 ta) sharshara hosil qiladi. Bu 
sharsharalar Livivgiston sharsharalari deb ataladi. Kongo daryosi sohil boʻyi 
tekisligiga oqib chiqadi. 
Zair Respublikasi territoriyasida Kongo daryosi Zair deb ataladi.Daryo 
quyilish joyida tarmoqlarga boʻlinadi va keng hamda chuqur estuariy bilan tugaydi. 
Atlantika okeanida Kongo daryosining oʻzani suv tagida qirgʻoqdan 150 km gacha 
davom etib, suv osti joʻyagini hosil kilgan. Kongo daryosi olib keladigan koʻp 
miqdordagi suv natijasyda okeanda bir necha oʻn kilometrgacha boʻlgan masofada 
suv chuchuk boʻladi. 
Kongo daryosining juda sersuv boʻlishiga sabab shuki, daryoning havzasi 
ekvator atroflaririda joylashgan va uning shimoliy hamda janubiy yarimsharlardan 
keladigan irmoqlari yilning turli fasllarida yogʻin koʻp boʻladigan yerlardan oʻtadi. 
Shimoliy irmoqlar Kongo daryosita mart oyidan noyabr oyigacha asosiy suvni olib 
keladi. Kongo daryosining oʻrta va quyi oqimida suv sarfi asta-sekin orta borib, 
oktyabr-noyabr oylarida maksimumiga yetadi. Yanada sersuv boʻladigan ikkinchi 
maksimum janubiy yarimshardagi yomgʻirlar bilan bogʻliq boʻlib, fevral-aprel 
oylariga toʻgʻri keladi.Toshqin paytida Kongo daryosi oʻrta oqimida suv 
qirgʻoqlardan chetga chiqadi va bir necha yuz kvadrat kilometr masofada 
kotlovinaning yassi yer yuzasini suv bosadi. Suv sarfi eng kamaygan vaqtlarda 
Kongo va irmoqlarining suv sathi baribir juda baland boʻladi.Kongo havzasining 
barcha daryolari juda katta suv energiyasi zapaslariga ega. Biroq, bu energiyadan 
juda kam miqdorda foydalaniladi. Foydali qazilmalar qazib chiqariladigan eng 
muhim Katanga rayonida bir necha gidroelektrostansiyalar qurilgan. 
Kongo daryosi va irmoqlarining kemachilikdagi ahamiyati koʻpdan-koʻp 
ostonalar va sharsharalar tufayli ancha pasayadi. Shunga qaramasdan, Kongo 
sistemasida kema qatnaydigan qirqqa yaqin daryo bor va kema qatnaydigan suv 
yoʻllarining umumiy uzunligi 14 000 kilometrga yetadi. Kinshasa bilan Kisangani 
oraligʻi Kongo daryosining kema eng koʻp qatnaydigan qismidir. Daryoning quyi 
oqimida ostona va sharsharalar bor joylarda .aylanma temir yoʻllar qurilgan. 
Niger daryosi uzunligi va havzasining maydoni jihatidan Kongo va Nil 
daryolaridan keyinda turadi. Shunga qaramasdan, Niger Yer sharidagi yirik 
daryolardandir. Niger daryosining uzunligi 4160 km, havzasining maydoni 2 mln. 
km2 ga yaqin. Uning oʻrtacha yillik suv sarfi Nil daryosi suv sarfidan ancha koʻp 
(12 000 m3 sek). Niger daryosi Shimoliy Gvineya qirlaridan 900 m balandlikda 
boshlanadi. Daryo boshi okeandan atigi bir necha oʻn km uzoqdadir. Bu yerdan 
Niger daryosi dastlab shimoli-sharqqa qarab oqadi, soʻngra Sahroi Kabir 
chegarasida esa oʻz oqimini keskin oʻzgartiradi va janubi-sharqqa buriladi. 


Havzasining ana shu qismida Nigerning juda katta ichki deltasi joylashgan.
Bu delta 
qadimgi suv havzasi mavjud boʻlgan davrda paydo boʻlgan. Bu suv havzasiga 
Nigerning yuqori oqimi quyilgan. 
Daryo Gvineya qoʻltigʻiga quyilar ekan, keng delta hosil qilgan. Nigerning 
eng yirik irmogʻi-Benue quyi oqimda chap tomondan quyiladi. Yuqori va quyi 
oqimida Niger serostona, quyi va oʻrta oqimida esa tekislikdan oʻtadi. 
Daryo rejimining xususiyatlari shunga bogʻliqki, uning yuqori va quyi 
oqimlari yogʻinga boy oʻlkalardan boʻlib, oʻrta oqimi havzasi juda qurgʻoqchil va 
bugʻlanish kuchli. Quyi oqimida Niger ikki marta toshadi, oʻrta va yuqori oqimida 
bir marta toshadi. Yuqori oqimida toshqin yozgi yomgʻirlarga bogʻliq boʻlib, 
iyundan sentyabrgacha davom etadi va quyi oqimiga qarab oqib boradi.
Oʻrta oqimida suv sathi asta-sekin koʻtariladi, Niger yoyilib oqadi, asosiy 
oʻzan yonidagi koʻpdan-koʻp shoxobchalarga va quruq oʻzanlarga suv toʻladi. Iqlim 
quruq boʻlganida oʻrta oqimida koʻp suv bugʻlanishga sarf boʻladi va quyi oqimida 
bu tosh-qin taxminan yanvar oyida bir oz seziladi. Bundan tashqari quyi oqimida 
yozgi yogʻinlar tufayli yana bir marta daryo toshadi.Sahroi Kabir chegarasida Niger 
sugʻorishda juda katta ahamiyatga ega. Bu yerda bir necha toʻgʻon kanallar qurilgan 
va yirik sholikorlik rayoni bunyodga kelgan. 
Zambezi janubiy Afrikadagi eng katta daryo va materikning Hind okeaniga 
quyiladigan daryolaridan eng yirigidir. Uzunligi 2660 km, havzasining maydoni 
1330 ming km
2
. Zambezining oʻrtacha yillik suv sarfi juda katta. (19000 m3/sek); 
bu esa Niger daryosi suv sarfidan 1,5 marta va Nil daryosining oʻrtacha suv sarfidan 
bir necha marta ortiqdir.Zambezi Kongo-zambezi suvayirgʻich platosida 1000 m dan 
koʻproq balandlikdan boshlanadi. Daryo oʻz yoʻlida yassi katlovinalarni va ularni 
ajratib turgan yassi togʻlarni kesib oʻtadi va koʻpdan-koʻp ostona va sharsharalarni 
hosil qiladi. Zambezidagi eng yirik va dunyodagi eng katta sharsharalardan biri 
Viktoriya sharsharasining balandligi 120 m, eni 1800 m. Sharsharada suv daryo 
oʻzaniga perpendikulyar joylashgan bazalt daraga otilib tushadi. Shovqin bilan otilib 
tushgan suv bir necha kilometrgacha eshitiladi va suv uchqunlari oppoq ustunga 
oʻxshab. koʻtariladi, shuning uchun ham mahalliy xalq chinqiriq tutun deb nom 
bergan. Viktoriya sharsharasi yaqinida gidroelektrostansiya va Kariba suv ombori 
qurilgan.Shire daryosi orqali Nyasa koʻlidan Zambeziga suv keltiradi. 
Janubiy yarimsharda yoz paytida Zambezida suv koʻpayadi. Qurgʻoqchil qish 
davrida daryoda suv sathi keskin pasayadi. Suv miqdori keskin oʻzgarib turganidan 
Zambezining kemachilikdagi ahamiyati katta emas. Daryoning quyi oqimida 450 
km masofadagina yirik kemalar qatnay oladi. 


3-RASM 
Afrikaning ichki suvlari xaritasi. 



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling