Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
AFRIKANING TUPROQ,O`SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINING
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Tursunov begam 080522193027
4.AFRIKANING TUPROQ,O`SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINING
TARKIB TOPISHI. Afrika uchta floristik oblastda joylashgan. Uning shimoliy qismi Sahroi Kabir bilan birgalikda Golarktika oblastiga, materikning ekvatordan shimol va janubdagi asosiy qismi Paleotropik oblastiga, materikning janubiy qismi Oranj daryosidan janubi mustaqil Kap floristik oblastiga kiradi. Afrika shimoliy qismi florasn Janubiy Yevropa va Gʻarbiy Osiyo florasi bilan ayni bir-vaqtda tarkib topgan. Bu flora yuqori kengliklarda muzlik davridan keyin iqlimning oʻzgarishi taʼsirida uzil-kesil tarkib topgan. Paleotropik oblast florasi materik doirasida ancha qadimiy boʻlib, uning tarkibida Avstraliya bilan boʻlgan aloqa oʻz aksini topgan. Daraxtsimon paporotniklar va baʼzi bir proteililar Afrika bilan Avstraliya uchun umumiy boʻlgan elementlardir. Janubiy Amerika hamda Osiyo bilan boʻlgan aloqa ancha keyinroq uzilgan va Afrika florasida ana shu materiklar bilan umumiy boʻlgan anchagina miqdorda yopiq urugʻli oʻsimlik turkumlari va oilalari saqlanib qolgan. Yiliga 1500-2000 mm yogʻin yogʻadigan ekvatorial iqlim mintaqasida podzollashgan va chirindiga boy laterit tuproqli joylarda oʻrmonlar oʻsadi. Sernam tropik oʻrmonlar materik maydonining taxminan 8% ini tashkil qiladi. Bunday oʻrmonlar Kongo havzasida ekvatordan shimolda 4° sh. k. gacha va ekvatordan janubda 5° j. k. gacha boʻlgan maydonlarda tarqalgan. Bundan tashqari oʻrmonlar Gvineya sohilini taxminan 8° sh. k gacha ishgʻol qilgan. Dengiz suvi koʻtarilganda suv bosadigan deltalarda va sohillarda xususan Gvineya qoʻltigʻi qirgʻoqlarida mangra oʻrmonlari asosiy oʻrin tutadi. Birlamchi yomgʻir oʻrmonlari Kongo kotlovinasining markaziy qismidagina saqlanib qolgan; boshqa joylarda, xususan, Gvineya qoʻltigʻidan shimolda bunday oʻrmonlar oʻrnini past boʻyli ikkilamchi chakalakzorlar qoplagan. Oʻrmonlar tarqalgan yerlarning shimoliy chegarasida, aftidan, daraxtlarning muntazam ravishda kuydirilib yuborilishi natijasida savannalar vujudga kelgan. Afrikaning sernam tropik oʻrmonlari turlarining koʻpligi va maydoninint kattaligi jihatidan Janubiy Amerika tropik oʻrmonlaridan ancha orqada. Bu oʻrmonlarda juda baland (80 metrgacha boʻlgan) fikuslar, moyli palma (Elayeis guineyen-sis) vino palmalari (Rhaphia), seyba (Ceiba tonningi), kola daraxti, (Cola nitiga) va boshqalar yuqori yaruslarni tashkil etgan. Quyi yaruslarda bananlar, xilma-xil paporotniklar, Liberiya kofe daraxti (Coffea liberitsa) koʻplab oʻsadi. Liannalar orasida landolfiya kauchukli daraxtsimon lianasi alohida oʻrin tutadi; uzun boʻyli rotang palmasi (Calamus) va boshqalar uchraydi. Afrikaning sernam tropik oʻrmonlaridan koʻpdan-koʻp qimmatdi texnika va oziq-ovqat oʻsimliklari kelib chiqqan. Tnikada (meva poʻstidan) va ovqat uchun ishlatiladigan (urugʻidan) moy olinadigan moyli palʼma oʻsimligi ana shulardan biridir. Bu oʻsimlik moyi bevosita ovqatga ishlatiladi va shuningdek, margarin tayyorlashga ketadi. Moyli palma faqat oʻz vatanida, tropik mamlakatlardagina emas, balki Malay arxipelagi orollarida ham plantatsiya oʻsimligi sifatida keng tarqalgan. Janubiy Amerikadan keltirilgan moyli palma, kakao daraxti, kauchukli oʻsimliklar plantatsiyalari koʻpgina joylarda tabiiy oʻsimliklarni surib chiqargan. Mahalliy aholi banan, maniok, batat yetishtiradi. Ekvatordan shimol va janubga qarab tropik oʻrmonlar oʻrnini savannaldr oladi. Oʻrmonlar siyraklasha boradi, ularning turlari kamayib ketadi, yaxlit oʻrmonlar orasida savannadan iborat maydonlar paydo boʻladi. Bora-bora sernam tropik oʻrmonlar faqat daryo vodiylaridagina uchrayli, suvaynogichlarda esa yilning quruq davrida barg toʻkadigan oʻrmonlar yoki savannalar uchraydi. Oʻsimliklar sernam davrning qisqarishi va quruq mavsumning paydo boʻlishi taʼsirida oʻzgara boradi. Ekvatordan uzoqlashgan sari quruq davr yanada uzaya boradi.Yomgʻir- yogʻadigan davr 8-9 oy davom etadigan boshoqli savannalarda boʻyi 2-3 m, baʼzan esa 5 m ga yetadigan boshoqlilar: fil oʻti (Pennisetum purpureum), sertuk uzun barglari boʻlgan chayir va boshqalar oʻsadi. Yaxlit boshoqlilar dengizi orasida ayrim daraxtlar: baobab (Adansonia digitata), dum palmasi (Hiphayena), moyli palmalar uchraydi. Ekvatordan shimolda boshoqli savannalar taxminan 12 sh. k. gacha yetadi. Janubiy yarimsharda ayniqsa Hind okeani sohilida boshoqli savannalar zonasi ancha keng maydonni egallab, baʼzi joylarda tropikkacha yetib borgan. Bu yerlarda boshoqli savannalar bilan birgalikda yilning quruq davrida barg toʻkadigan siyrak tropik oʻrmonlari keng tarqalgan. Janubiy Afrikaning sharqida bunday oʻsimliklar boshqa oʻsimlik tiplari bilan birgalikda tropikdan ancha janubgacha uchraydi. Boshoqli savannalar va siyrak oʻrmonlarda oʻziga xos tuproqlar-savannalarda qizil tuproqlar, oʻrmonlarda qizil-jigar rang tuproqlar uchraydi. Choʻlga aylangan savannalarning tuproqlari qizil-qoʻngʻir tuproqlardir. Asosiy jinslar taraqqiy etgan joylarda qora rangli tuproqlar tarqalgan. Savannalar va tropik siyrak oʻrmonlarning barcha tiplari materik yer yuzasining 40% chasini ishgʻol qiladi. Afrika savannalarining katta qismi yoʻq bulib ketgan oʻrmonlar oʻrnida paydo boʻlgan, degan fikr bor. Iqlim va tuproq sharoitlariga koʻra savannalar tropik dehqonchilik uchun qulay. Hozirgi vaqtda savannalarning katta qismlari tozalangan va haydab ekin ekiladi. Bu zonada paxta, yeryongʻoq, makkajoʻxori, tamaki, joʻxori, sholi eng koʻp ekiladi.Savannalar chala choʻllar bilan chegaradosh. Chala choʻllar shimoliy yarimsharda kambar zona hosil qilsa ham, ancha yaqqol sezilib turadi. Janubiy Afrikada esa materikning ichki qismlarida kichikroq rayonlarni ishgʻol qilgan. Chala choʻllarda quruq davr deyarli butun yil boʻyi davom etadi. yogʻin miqdori 250-300 mm dan oshmaydi. Oʻsimliklar va tuproqlarda kserofil xususiyat yaqqol sezilib turadi.Shimoliy va janubiy yarimsharlarda chala choʻllarning oʻsimliklari turlarining tarkibiga koʻra farq qiladi. Shimoliy yarimsharda yer yuzasi sertikan butalar va pastak daraxtlar, aksari kul rang-yashil mayda bargli akatsiyalar va yulgʻunlardan iborat siyrak chakalakzorlar bilan qoplangan. Bular orasida chim hosil qiladigan koʻp yillik dagʻal oʻtlar oʻsadi. Bular buta boshoqli chala choʻllardir. Janubiy Afrikada chala choʻllar uchun sukkulent oʻsimliklar: aloe, ihroj, tarvuzning (Citrullus vulgaris) bir necha turlari xarakterlidir. Bu oʻsimliklar sersuv boʻlganidan mahalliy aholi va mollar uchun koʻpincha suv oʻrnini bosadi. Shuningdek, yostiqsimon sertikan oʻsimliklar, ildizlari yoki ildizmevalari baquvvat turli oʻtlar ham keng tarqalgan. Bu oʻsimliklar qisqa vaqtli seryomgʻir davrda rang- barang chiroyli (gulsapsar nilufar, amarillis) gullaydi. Shimoldagi kabi bu yerda ham boshoqli-butali chala choʻlli joylar uchraydi. Chala choʻllar oʻrnini bora-bora choʻllar oladi. Choʻllar materikning shimolida ayniqsa katta maydonni egallagan. Janubiy yarimsharda choʻllar materikning gʻarbiy chekkasi boʻylab kambar polosa hosil qilgan va qisman Kalaxari choʻlining janubida ham uchraydi. Choʻllarning tuproqlari qadimgi skeletli toshloq tuproqlar boʻlib, baʼzan bu strukturasiz koʻchma qumlardan iborat. Katta maydonlarda shoʻrlangan tuproqlar uchraydi. Shimoliy yarimsharning choʻllaridagi oʻsimliklar koʻpincha Osiyo choʻllarining oʻsimliklariga oʻxshab ketadi. Yomgʻirdan soʻng efemer oʻsimliklar paydo boʻladi, bular qisqa vakt ichida oʻsib, gullaydi, meva qiladi va yana umri tugaydi, osoyishta davrga oʻtadi. Bunday davr keningi yogʻingarchilik davrigacha bir necha yil davom etishi mumkin. Qumli yerlarda yantoq (Alhagi maurorum), retam (Retam retam) kabi koʻp yillik sertikan butalar uchraydi. Toshloq choʻllarda toshlarning yuzasini yoppasiga lishayniklar qoplab yotadi. Shoʻr bosgan yerlarda shuvoq va shoʻralar uchraydi. Afrikaning shimolidagi choʻllarda Arabistondagi kabi vohalar koʻp. Vohalarning asosiy oʻsimligi xurmo.Afrikaning janubi-gʻarbidagi choʻllar uchun koʻpgina endemik oʻsimliklar xarakterlidir. Bular orasnda velvichiya (Timboa Bainesii) ayniqsa ajoyib oʻsimlikdir. Bu oʻsimlikning poyasi qisqa va yoʻgʻon boʻlib, ikkita qalin serbar bargi yer bagʻirlab 3 metrgacha choʻzilib ketadi.Afrikada chala choʻllar va choʻllar hech bir joyda Hind okeani sohiligacha yetib bormaydi. Materikning sharqiy qismlari ancha sernam boʻlganidan ekvatordan janubda shimoliy yarimshardagi xuddi shu kengliklarda joylashgan rayonlarga nisbatan Janubiy Afrikaning sharqiy qismi savannalar va barg toʻkadigan oʻrmomlar bilan qoplangan.Materikning shimoli-gʻarbi va janubi-gʻarbida sohillarda va togʻ yovbagʻirlarining quyi qismlarida doimiy yashil dagʻal bargli butazorlar tagida subtropik jigar rang tuproqlar tarqalgan. Togʻ yonbagʻirlarinnig yuqori qismlarida keng bargli oʻrmonlar togʻ oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarida oʻsadi.Afrikaning shimoli- gʻarbiy chekkasidagi flora tarkibida Janubiy Yevropaning yaqinligi sezilib turadi. Materikning Kap oblasti joylashgan janubi-gʻarbiy qismi Afrikaning qolgan qismidagi oʻsimlik turlarining boyligi bilan farq qiladi. Tarkibi jihatidan Janubiy Yevropa yoki Shimoliy Afrika makvis oʻsimliklariga oʻxshab ketadigan butazorlar, protey, vereskagullilar oilalariga kiradigan endemik turkum va turlardan iborat. Bunday oʻsimliklar koʻpincha sertuk boʻladi (masalan, kumush daraxt) va bargi kul rang yoki havo rang boʻlib tovlanadi. Oʻtlar orasida nilufarlar, gulsapsarlar, amarillislar oilalariga kiradigan piyozboshlilar yoki ildizmevali oʻsimliklar ayniqsa koʻp uchraydi. Afrikaning chekka janubi-sharqidagi subtropik iqlimli, lekin namgarchilik bir tekisda tarqalgan qismida tabiiy subtropik oʻsimliklardan qizil tuproqlarda oʻsadigan temir daraxtp (Olea saurifolia), sariq daraxt (Podatsarpus Thutibergii), ingichka bargli kap daraxti, daraxtsimon paparotniklar, ulkan oʻtlar (masalan, sterlitsiyalar) dan iborat doimiy yashil oʻrmonlar asosiy oʻrin tutadi. Qirgʻoqdan uzoqda boʻlgan va shuning uchun ham ancha qurgʻoqchil yassi togʻlarda qizgʻish-qora tuproqlarda subtropik dashtlarning oʻt-boshoqli oʻsimliklari asosiy oʻrin tutadi, vulkan jinslari tarqalgan asosiy rayonlarda qora rangli tuproqlar uchraydi.Kap florasi dunyoga chiroyli gullaydigan koʻplab manzarali oʻsimliklarni bergan, oziq-ovqat uchun ishlatiladigan oʻsimliklarni esa Afrikaning janubiy qismiga Yevropadan keltirilgan. Oʻrta dengizning Yevropa sohili uchun tipik boʻlgan sitruslar, tok, bugʻdoy va boshqa boshoqlilar ana shular jumlasidandir. Madagaskar oroli florasi jihatidan Afrikadan farq qiladi, chunki bu orol materikdan allaqachonlar ajralgan. Madagaskar oroli flora tarkibiga koʻra Afrika bilan Osiyo oʻrtasida oraliq mavqeini egallaydi va endemik turlarga juda boy (taxminan 75%). Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon yogʻin kamaya borgan sari Madagaskarning oʻsimliklari ham oʻzgara boradi sharqiy sohilda va togʻlarning sharqiy yonbagʻirlarida sernam tropik oʻrmonlar asosiy oʻrin tutadi. Gʻarbga tomon bu oʻrmonlar oʻrnini savanna va siyrak oʻrmonlar oladi, janubi-gʻarbdagi platoda esa qurgʻoqchil buta dasht oʻsimliklari oʻsadi. Materikning shimoliy qismi Sahroi Kabir bilan birgalikda Golarktika zoogeografik oblastining Oʻrta dengiz boʻyi oblastchasiga, qolgan qismi esa faunasi nihoyatda boy boʻlgan Efiopiya oblastiga kiradi. Biroq, materikda keskin zoogeografik chegara yoʻq va Afrikaning ayrim rayonlaridagi fauna farqi asosan hozirgi zamon landshaft farqlariga bogʻliq. Materikning shimoliy qismi faunasi koʻp jihatdan Janubiy Yevropa va Gʻarbiy Osiyo faunasiga oʻxshash. Atlas togʻlarining qurgʻoqchil rayonlarida va Sahroi Kabirda suvni kam talab qiladigan yoki suv va oziq qidirib uzoq joylarga bora oladigan hayvonlar yashaydi. Xilma-xil antilopalar: bubal, mendes va boshqalar ana shular jumlasidandir. Shuningdek, Shimoliy Afrika bugʻusi, ohu, yirtqichlardan yoʻl-yoʻl sirtlon, chiyaboʻri, fenek degan choʻl tulkisi, yovvoyi mushuklar yashaydi. Savannalardan choʻllarga arslonlar kirib boradi. Atlas togʻlarida Janubiy Ispaniyada yashaydiganga oʻxshash kichik maymun (dumsiz makak) uchraydi. Kemiruvchilar (quyon, qoʻshoyoq) koʻp, yovvoyi quyonlar, jayraning bir turi uchraydi. Sudralib yuruvchilar, xususan kaltakesaklar, choʻl echkiemari, gekkonlar, bigizquyruq va boshqalar koʻp. Ilonlardan choʻl boʻgʻma iloni, turli zaharli ilonlar, Afrika koʻz- oynakli zaharli iloni xarakterlidir.Daryo boʻylaridagi chakalakzorlarda va daryolarda timsohlar, toshbaqalar, zaharli nil iloni uchraydi. Shimoliy Afrikaning chala choʻl va choʻllarida Afrika tuyaqushi, tuvaloq, toʻrgʻaylar, Atlas togʻlarida kaklik, qora tasqara, joʻrchi, oq bosh qumoy, boltayutar uchraydi (xuddi shu qushlar Janubiy Yevropada ham bor). Daryo va koʻllarda qizil gʻoz, soqaqush, laylak va qarqara yashaydi. Sariq rangli kanareyka (Serinus sanarens) Shimoliy Afrika uchun tipik qush boʻlib, bogʻlar va oʻrmonlarda shuningdek, togʻlarning ancha baland qismlarida uya qoʻyadi. Chigirtka aholiga katta zarar keltiradi. Shimoliy Afrika mamlakatlarining qishloq xoʻjaligi chigirtka hujumidan kattagina zarar koʻradi. Qoʻngʻizlar, rang-barang kapalaklar koʻp. Chayonlar va falangalar kishi hayoti uchun ancha xavfli. Efiopiya oblastining faunasi materik doirasida hamma joyda bir xil boʻlib, yashash sharoitiga qarab baʼzi bir farqlar uchraydi. Bu esa oblastni kenja oblastlarga boʻlishga imkon beradi. Madagaskar faunasi ayniqsa oʻziga xos. Ozuqa resurslari benihoyat serob boʻlgan savannalarda oʻtxoʻr hayvonlar, ayniqsa antilopalar koʻp, antilopalarning 40 dan ortiq turi bor. Baʼzi bir joylarda eng katta antilopa-gnu (Connochayetas gnu) uchraydi, hozir ham bu antilopa poda-poda boʻlib yuradi, yoli qalin, dumi katta, shoxlari qayrilgan boʻladi; shuningdek, chiroyli burama shoxli kudu (Trage-laphus strepsitseros), kanna antilopalari (Taurotragus orux) va boshqalar ham koʻp uchraydi. Uzunligi yarim metrdan salgina katta mitti antilopalar ham uchraydi.Afrika savannalari va chala choʻllarining deyarli qirilib bitgan hayvonlari-jirafalar (Giraffa retitsulata va G. saime-lopantalis) ajoyib hayvonlardir. Jirafaning boʻyni uzun boʻlganidan daraxtlarning tepalaridagi novda va barglarini olib yeydi, uning chopqirligi dushmandan saqlaydigan yagona qurolidir.Koʻpgina rayonlarda, xususan, sharqda va ekvatordan janubda, savannalar va dashtlarda Afrika yovvoyi otlari zebralar (Equus zebra, Ye. grevy, Ye. quaga va b.) tarqalgan. Zebralarni asosan pishiq va chiroyli terilari uchun ovlaydilar, uning terisidan xilma-xil buyumlar yasaladi. Baʼzi bir joylarda zebralar xonakilashtirilgan, ular otlar oʻrnini bosadi, zebrani setse pashshasi chaksa ham unga taʼsir qilmaydi. Baʼzi bir joylarda Afrika fillari (Joxodonta afritsana) saqlanib qolgan. Darhaqiqat, qimmatli tishlari uchun bu fillar koʻplab qirib yuborilgan va koʻpgina rayonlarda butunlay qolmagan. Hozirgi vaqtda butun Afrikada filni ovlash man etilgan. Lekin, chet el turistlari-ekzotik ov shinavandalari qoidaga koʻpincha amal qilmaydilar. Hozirgi vaqtda aholi siyrak yashaydigan togʻli oʻlkalarda, jumladan Efiopiya togʻligida fillar yashaydi. Bundan tashqari Sharqiy va Janubiy Afrikadagi qoʻriqxonalarda fillar yashaydi. 4-RASM. Afrikaning tabiat zonalari xaritasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling