Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


AFRIKANING TUPROQ,O`SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINING


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1318632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov begam 080522193027

4.AFRIKANING TUPROQ,O`SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINING 
TARKIB TOPISHI. 
Afrika uchta floristik oblastda joylashgan. Uning shimoliy qismi Sahroi 
Kabir bilan birgalikda Golarktika oblastiga, materikning ekvatordan shimol va 
janubdagi asosiy qismi Paleotropik oblastiga, materikning janubiy qismi Oranj 
daryosidan janubi mustaqil Kap floristik oblastiga kiradi.
Afrika shimoliy qismi florasn Janubiy Yevropa va Gʻarbiy Osiyo florasi 
bilan ayni bir-vaqtda tarkib topgan. Bu flora yuqori kengliklarda muzlik davridan 
keyin iqlimning oʻzgarishi taʼsirida uzil-kesil tarkib topgan. Paleotropik oblast 
florasi materik doirasida ancha qadimiy boʻlib, uning tarkibida Avstraliya bilan 
boʻlgan aloqa oʻz aksini topgan. Daraxtsimon paporotniklar va baʼzi bir proteililar 
Afrika bilan Avstraliya uchun umumiy boʻlgan elementlardir. 
Janubiy Amerika hamda Osiyo bilan boʻlgan aloqa ancha keyinroq 
uzilgan va Afrika florasida ana shu materiklar bilan umumiy boʻlgan anchagina 
miqdorda yopiq urugʻli oʻsimlik turkumlari va oilalari saqlanib qolgan. 
Yiliga 1500-2000 mm yogʻin yogʻadigan ekvatorial iqlim mintaqasida 
podzollashgan va chirindiga boy laterit tuproqli joylarda oʻrmonlar oʻsadi. Sernam 
tropik oʻrmonlar materik maydonining taxminan 8% ini tashkil qiladi. Bunday 
oʻrmonlar Kongo havzasida ekvatordan shimolda 4° sh. k. gacha va ekvatordan 
janubda 5° j. k. gacha boʻlgan maydonlarda tarqalgan. Bundan tashqari oʻrmonlar 
Gvineya sohilini taxminan 8° sh. k gacha ishgʻol qilgan. Dengiz suvi koʻtarilganda 
suv bosadigan deltalarda va sohillarda xususan Gvineya qoʻltigʻi qirgʻoqlarida 
mangra oʻrmonlari asosiy oʻrin tutadi. 
Birlamchi yomgʻir oʻrmonlari Kongo kotlovinasining markaziy 
qismidagina saqlanib qolgan; boshqa joylarda, xususan, Gvineya qoʻltigʻidan 
shimolda bunday oʻrmonlar oʻrnini past boʻyli ikkilamchi chakalakzorlar qoplagan. 
Oʻrmonlar tarqalgan yerlarning shimoliy chegarasida, aftidan, daraxtlarning 
muntazam ravishda kuydirilib yuborilishi natijasida savannalar vujudga kelgan. 
Afrikaning sernam tropik oʻrmonlari turlarining koʻpligi va maydoninint kattaligi 
jihatidan Janubiy Amerika tropik oʻrmonlaridan ancha orqada. Bu oʻrmonlarda juda 
baland (80 metrgacha boʻlgan) fikuslar, moyli palma (Elayeis guineyen-sis) vino 
palmalari (Rhaphia), seyba (Ceiba tonningi), kola daraxti, (Cola nitiga) va boshqalar 
yuqori yaruslarni tashkil etgan. Quyi yaruslarda bananlar, xilma-xil paporotniklar, 
Liberiya kofe daraxti (Coffea liberitsa) koʻplab oʻsadi. Liannalar orasida landolfiya 
kauchukli daraxtsimon lianasi alohida oʻrin tutadi; uzun boʻyli rotang palmasi 
(Calamus) va boshqalar uchraydi. 
Afrikaning sernam tropik oʻrmonlaridan koʻpdan-koʻp qimmatdi texnika va 
oziq-ovqat oʻsimliklari kelib chiqqan. Tnikada (meva poʻstidan) va ovqat uchun 


ishlatiladigan (urugʻidan) moy olinadigan moyli palʼma oʻsimligi ana shulardan 
biridir. Bu oʻsimlik moyi bevosita ovqatga ishlatiladi va shuningdek, margarin 
tayyorlashga ketadi. Moyli palma faqat oʻz vatanida, tropik mamlakatlardagina 
emas, balki Malay arxipelagi orollarida ham plantatsiya oʻsimligi sifatida keng 
tarqalgan. Janubiy Amerikadan keltirilgan moyli palma, kakao daraxti, kauchukli 
oʻsimliklar plantatsiyalari koʻpgina joylarda tabiiy oʻsimliklarni surib chiqargan. 
Mahalliy aholi banan, maniok, batat yetishtiradi. 
Ekvatordan shimol va janubga qarab tropik oʻrmonlar oʻrnini savannaldr 
oladi. Oʻrmonlar siyraklasha boradi, ularning turlari kamayib ketadi, yaxlit 
oʻrmonlar orasida savannadan iborat maydonlar paydo boʻladi. Bora-bora sernam 
tropik oʻrmonlar faqat daryo vodiylaridagina uchrayli, suvaynogichlarda esa yilning 
quruq davrida barg toʻkadigan oʻrmonlar yoki savannalar uchraydi. Oʻsimliklar 
sernam davrning qisqarishi va quruq mavsumning paydo boʻlishi taʼsirida oʻzgara 
boradi. Ekvatordan uzoqlashgan sari quruq davr yanada uzaya boradi.Yomgʻir-
yogʻadigan davr 8-9 oy davom etadigan boshoqli savannalarda boʻyi 2-3 m, baʼzan 
esa 5 m ga yetadigan boshoqlilar: fil oʻti (Pennisetum purpureum), sertuk uzun 
barglari boʻlgan chayir va boshqalar oʻsadi. Yaxlit boshoqlilar dengizi orasida ayrim 
daraxtlar: baobab (Adansonia digitata), dum palmasi (Hiphayena), moyli palmalar 
uchraydi.
Ekvatordan shimolda boshoqli savannalar taxminan 12 sh. k. gacha yetadi. 
Janubiy yarimsharda ayniqsa Hind okeani sohilida boshoqli savannalar zonasi ancha 
keng maydonni egallab, baʼzi joylarda tropikkacha yetib borgan. Bu yerlarda 
boshoqli savannalar bilan birgalikda yilning quruq davrida barg toʻkadigan siyrak 
tropik oʻrmonlari keng tarqalgan. Janubiy Afrikaning sharqida bunday oʻsimliklar 
boshqa oʻsimlik tiplari bilan birgalikda tropikdan ancha janubgacha uchraydi. 
Boshoqli savannalar va siyrak oʻrmonlarda oʻziga xos tuproqlar-savannalarda qizil 
tuproqlar, oʻrmonlarda qizil-jigar rang tuproqlar uchraydi. 
Choʻlga aylangan savannalarning tuproqlari qizil-qoʻngʻir tuproqlardir. 
Asosiy jinslar taraqqiy etgan joylarda qora rangli tuproqlar tarqalgan. 
Savannalar va tropik siyrak oʻrmonlarning barcha tiplari materik yer yuzasining 
40% chasini ishgʻol qiladi. Afrika savannalarining katta qismi yoʻq bulib ketgan 
oʻrmonlar oʻrnida paydo boʻlgan, degan fikr bor. 
Iqlim va tuproq sharoitlariga koʻra savannalar tropik dehqonchilik uchun 
qulay. Hozirgi vaqtda savannalarning katta qismlari tozalangan va haydab ekin 
ekiladi. Bu zonada paxta, yeryongʻoq, makkajoʻxori, tamaki, joʻxori, sholi eng koʻp 
ekiladi.Savannalar chala choʻllar bilan chegaradosh. Chala choʻllar shimoliy 
yarimsharda kambar zona hosil qilsa ham, ancha yaqqol sezilib turadi. Janubiy 
Afrikada esa materikning ichki qismlarida kichikroq rayonlarni ishgʻol qilgan. Chala 
choʻllarda quruq davr deyarli butun yil boʻyi davom etadi. yogʻin miqdori 250-300 
mm dan oshmaydi. Oʻsimliklar va tuproqlarda kserofil xususiyat yaqqol sezilib 


turadi.Shimoliy va janubiy yarimsharlarda chala choʻllarning oʻsimliklari turlarining 
tarkibiga koʻra farq qiladi. Shimoliy yarimsharda yer yuzasi sertikan butalar va 
pastak daraxtlar, aksari kul rang-yashil mayda bargli akatsiyalar va yulgʻunlardan 
iborat siyrak chakalakzorlar bilan qoplangan. Bular orasida chim hosil qiladigan 
koʻp yillik dagʻal oʻtlar oʻsadi. Bular buta boshoqli chala choʻllardir.
Janubiy Afrikada chala choʻllar uchun sukkulent oʻsimliklar: aloe, ihroj, 
tarvuzning (Citrullus vulgaris) bir necha turlari xarakterlidir. Bu oʻsimliklar sersuv 
boʻlganidan mahalliy aholi va mollar uchun koʻpincha suv oʻrnini bosadi. 
Shuningdek, yostiqsimon sertikan oʻsimliklar, ildizlari yoki ildizmevalari baquvvat 
turli oʻtlar ham keng tarqalgan. Bu oʻsimliklar qisqa vaqtli seryomgʻir davrda rang-
barang chiroyli (gulsapsar nilufar, amarillis) gullaydi. Shimoldagi kabi bu yerda ham 
boshoqli-butali chala choʻlli joylar uchraydi. 
Chala choʻllar oʻrnini bora-bora choʻllar oladi. Choʻllar materikning 
shimolida ayniqsa katta maydonni egallagan. Janubiy yarimsharda choʻllar 
materikning gʻarbiy chekkasi boʻylab kambar polosa hosil qilgan va qisman 
Kalaxari choʻlining janubida ham uchraydi. Choʻllarning tuproqlari qadimgi skeletli 
toshloq tuproqlar boʻlib, baʼzan bu strukturasiz koʻchma qumlardan iborat. Katta 
maydonlarda shoʻrlangan tuproqlar uchraydi.
Shimoliy yarimsharning choʻllaridagi 
oʻsimliklar koʻpincha Osiyo choʻllarining oʻsimliklariga oʻxshab ketadi. 
Yomgʻirdan soʻng efemer oʻsimliklar paydo boʻladi, bular qisqa vakt ichida oʻsib, 
gullaydi, meva qiladi va yana umri tugaydi, osoyishta davrga oʻtadi. Bunday davr 
keningi yogʻingarchilik davrigacha bir necha yil davom etishi mumkin. 
Qumli yerlarda yantoq (Alhagi maurorum), retam (Retam retam) kabi koʻp yillik 
sertikan butalar uchraydi. Toshloq choʻllarda toshlarning yuzasini yoppasiga 
lishayniklar qoplab yotadi. Shoʻr bosgan yerlarda shuvoq va shoʻralar uchraydi. 
Afrikaning shimolidagi choʻllarda Arabistondagi kabi vohalar koʻp. Vohalarning 
asosiy oʻsimligi xurmo.Afrikaning janubi-gʻarbidagi choʻllar uchun koʻpgina 
endemik oʻsimliklar xarakterlidir. Bular orasnda velvichiya (Timboa Bainesii) 
ayniqsa ajoyib oʻsimlikdir. Bu oʻsimlikning poyasi qisqa va yoʻgʻon boʻlib, ikkita 
qalin serbar bargi yer bagʻirlab 3 metrgacha choʻzilib ketadi.Afrikada chala choʻllar 
va choʻllar hech bir joyda Hind okeani sohiligacha yetib bormaydi. Materikning 
sharqiy qismlari ancha sernam boʻlganidan ekvatordan janubda shimoliy 
yarimshardagi xuddi shu kengliklarda joylashgan rayonlarga nisbatan Janubiy 
Afrikaning sharqiy qismi savannalar va barg toʻkadigan oʻrmomlar bilan 
qoplangan.Materikning shimoli-gʻarbi va janubi-gʻarbida sohillarda va togʻ 
yovbagʻirlarining quyi qismlarida doimiy yashil dagʻal bargli butazorlar tagida 
subtropik jigar rang tuproqlar tarqalgan. Togʻ yonbagʻirlarinnig yuqori qismlarida 
keng bargli oʻrmonlar togʻ oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarida oʻsadi.Afrikaning shimoli-
gʻarbiy chekkasidagi flora tarkibida Janubiy Yevropaning yaqinligi sezilib turadi. 


Materikning Kap oblasti joylashgan janubi-gʻarbiy qismi Afrikaning qolgan 
qismidagi oʻsimlik turlarining boyligi bilan farq qiladi. Tarkibi jihatidan Janubiy 
Yevropa yoki Shimoliy Afrika makvis oʻsimliklariga oʻxshab ketadigan butazorlar, 
protey, vereskagullilar oilalariga kiradigan endemik turkum va turlardan iborat. 
Bunday oʻsimliklar koʻpincha sertuk boʻladi (masalan, kumush daraxt) va bargi kul 
rang yoki havo rang boʻlib tovlanadi. Oʻtlar orasida nilufarlar, gulsapsarlar, 
amarillislar oilalariga kiradigan piyozboshlilar yoki ildizmevali oʻsimliklar ayniqsa 
koʻp uchraydi. 
Afrikaning 
chekka 
janubi-sharqidagi 
subtropik 
iqlimli, 
lekin 
namgarchilik bir tekisda tarqalgan qismida tabiiy subtropik oʻsimliklardan qizil 
tuproqlarda oʻsadigan temir daraxtp (Olea saurifolia), sariq daraxt (Podatsarpus 
Thutibergii), ingichka bargli kap daraxti, daraxtsimon paparotniklar, ulkan oʻtlar 
(masalan, sterlitsiyalar) dan iborat doimiy yashil oʻrmonlar asosiy oʻrin tutadi. 
Qirgʻoqdan uzoqda boʻlgan va shuning uchun ham ancha qurgʻoqchil yassi togʻlarda 
qizgʻish-qora tuproqlarda subtropik dashtlarning oʻt-boshoqli oʻsimliklari asosiy 
oʻrin tutadi, vulkan jinslari tarqalgan asosiy rayonlarda qora rangli tuproqlar 
uchraydi.Kap florasi dunyoga chiroyli gullaydigan koʻplab manzarali oʻsimliklarni 
bergan, oziq-ovqat uchun ishlatiladigan oʻsimliklarni esa Afrikaning janubiy 
qismiga Yevropadan keltirilgan. Oʻrta dengizning Yevropa sohili uchun tipik 
boʻlgan sitruslar, tok, bugʻdoy va boshqa boshoqlilar ana shular jumlasidandir. 
Madagaskar oroli florasi jihatidan Afrikadan farq qiladi, chunki bu orol materikdan 
allaqachonlar ajralgan. Madagaskar oroli flora tarkibiga koʻra Afrika bilan Osiyo 
oʻrtasida oraliq mavqeini egallaydi va endemik turlarga juda boy (taxminan 75%). 
Shimoli-sharqdan 
janubi-gʻarbga 
tomon yogʻin kamaya borgan sari 
Madagaskarning oʻsimliklari ham oʻzgara boradi sharqiy sohilda va togʻlarning 
sharqiy yonbagʻirlarida sernam tropik oʻrmonlar asosiy oʻrin tutadi. Gʻarbga tomon 
bu oʻrmonlar oʻrnini savanna va siyrak oʻrmonlar oladi, janubi-gʻarbdagi platoda 
esa qurgʻoqchil buta dasht oʻsimliklari oʻsadi.
Materikning shimoliy qismi Sahroi 
Kabir bilan birgalikda Golarktika zoogeografik oblastining Oʻrta dengiz boʻyi 
oblastchasiga, qolgan qismi esa faunasi nihoyatda boy boʻlgan Efiopiya oblastiga 
kiradi. Biroq, materikda keskin zoogeografik chegara yoʻq va Afrikaning ayrim 
rayonlaridagi fauna farqi asosan hozirgi zamon landshaft farqlariga bogʻliq. 
Materikning shimoliy qismi faunasi koʻp jihatdan Janubiy Yevropa va Gʻarbiy 
Osiyo faunasiga oʻxshash. Atlas togʻlarining qurgʻoqchil rayonlarida va Sahroi 
Kabirda suvni kam talab qiladigan yoki suv va oziq qidirib uzoq joylarga bora 
oladigan hayvonlar yashaydi. Xilma-xil antilopalar: bubal, mendes va boshqalar ana 
shular jumlasidandir. Shuningdek, Shimoliy Afrika bugʻusi, ohu, yirtqichlardan 
yoʻl-yoʻl sirtlon, chiyaboʻri, fenek degan choʻl tulkisi, yovvoyi mushuklar yashaydi. 
Savannalardan choʻllarga arslonlar kirib boradi. Atlas togʻlarida Janubiy Ispaniyada 


yashaydiganga oʻxshash kichik maymun (dumsiz makak) uchraydi. Kemiruvchilar 
(quyon, qoʻshoyoq) koʻp, yovvoyi quyonlar, jayraning bir turi uchraydi. Sudralib 
yuruvchilar, xususan kaltakesaklar, choʻl echkiemari, gekkonlar, bigizquyruq va 
boshqalar koʻp. Ilonlardan choʻl boʻgʻma iloni, turli zaharli ilonlar, Afrika koʻz-
oynakli zaharli iloni xarakterlidir.Daryo boʻylaridagi chakalakzorlarda va 
daryolarda timsohlar, toshbaqalar, zaharli nil iloni uchraydi. 
Shimoliy Afrikaning chala choʻl va choʻllarida Afrika tuyaqushi, tuvaloq, 
toʻrgʻaylar, Atlas togʻlarida kaklik, qora tasqara, joʻrchi, oq bosh qumoy, boltayutar 
uchraydi (xuddi shu qushlar Janubiy Yevropada ham bor). Daryo va koʻllarda qizil 
gʻoz, soqaqush, laylak va qarqara yashaydi. Sariq rangli kanareyka (Serinus 
sanarens) Shimoliy Afrika uchun tipik qush boʻlib, bogʻlar va oʻrmonlarda 
shuningdek, togʻlarning ancha baland qismlarida uya qoʻyadi. 
Chigirtka aholiga katta zarar keltiradi. Shimoliy Afrika mamlakatlarining qishloq 
xoʻjaligi chigirtka hujumidan kattagina zarar koʻradi. Qoʻngʻizlar, rang-barang 
kapalaklar koʻp. Chayonlar va falangalar kishi hayoti uchun ancha xavfli. 
Efiopiya oblastining faunasi materik doirasida hamma joyda bir xil boʻlib, yashash 
sharoitiga qarab baʼzi bir farqlar uchraydi. Bu esa oblastni kenja oblastlarga 
boʻlishga imkon beradi. Madagaskar faunasi ayniqsa oʻziga xos. 
Ozuqa resurslari benihoyat serob boʻlgan savannalarda oʻtxoʻr hayvonlar, 
ayniqsa antilopalar koʻp, antilopalarning 40 dan ortiq turi bor. Baʼzi bir joylarda eng 
katta antilopa-gnu (Connochayetas gnu) uchraydi, hozir ham bu antilopa poda-poda 
boʻlib yuradi, yoli qalin, dumi katta, shoxlari qayrilgan boʻladi; shuningdek, chiroyli 
burama shoxli kudu (Trage-laphus strepsitseros), kanna antilopalari (Taurotragus 
orux) va boshqalar ham koʻp uchraydi. Uzunligi yarim metrdan salgina katta mitti 
antilopalar ham uchraydi.Afrika savannalari va chala choʻllarining deyarli qirilib 
bitgan hayvonlari-jirafalar (Giraffa retitsulata va G. saime-lopantalis) ajoyib 
hayvonlardir. Jirafaning boʻyni uzun boʻlganidan daraxtlarning tepalaridagi novda 
va barglarini olib yeydi, uning chopqirligi dushmandan saqlaydigan yagona 
qurolidir.Koʻpgina rayonlarda, xususan, sharqda va ekvatordan janubda, savannalar 
va dashtlarda Afrika yovvoyi otlari zebralar (Equus zebra, Ye. grevy, Ye. quaga va 
b.) tarqalgan. Zebralarni asosan pishiq va chiroyli terilari uchun ovlaydilar, uning 
terisidan xilma-xil buyumlar yasaladi. Baʼzi bir joylarda zebralar xonakilashtirilgan, 
ular otlar oʻrnini bosadi, zebrani setse pashshasi chaksa ham unga taʼsir qilmaydi. 
Baʼzi bir joylarda Afrika fillari (Joxodonta afritsana) saqlanib qolgan. Darhaqiqat, 
qimmatli tishlari uchun bu fillar koʻplab qirib yuborilgan va koʻpgina rayonlarda 
butunlay qolmagan. Hozirgi vaqtda butun Afrikada filni ovlash man etilgan. Lekin, 
chet el turistlari-ekzotik ov shinavandalari qoidaga koʻpincha amal qilmaydilar. 
Hozirgi vaqtda aholi siyrak yashaydigan togʻli oʻlkalarda, jumladan Efiopiya 


togʻligida fillar yashaydi. Bundan tashqari Sharqiy va Janubiy Afrikadagi 
qoʻriqxonalarda fillar yashaydi. 
4-RASM. 
Afrikaning tabiat zonalari xaritasi. 



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling