Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1318632
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov begam 080522193027



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI 
GEOGRAFIYA TA‘LIM YO‘NALISHI 3-KURS G119-GURUH TALABASI 
TURSUNOV BEG`AMNING 
JAHON GEOGRAFIYASI
FANIDAN
«
AFRIKA TABIATINI 
O`RGANISHNING ASOSIY BOSQICHLARI
.
 »MAVZUSIDA YOZGAN 
KURS ISHI 
Topshirdi: _________________________________________________
 
Qabul qildi:________________________________________________ 


REJA: 
KIRISH 
1.AFRIKA TABIATINING TARKIB TOPISHADAGI ASOSIY 
BOSQICHLAR.TEKTONIKASI VA RELYEFI. 
2.AFRIKA IQLIMINING TARKIB TOPISHI. 
3.AFRIKA ICHKI SUVLARINING TARKIB TOPISHI. 
4.AFRIKANING TUPROQ,O`SIMLIK VA HAYVONOT 
DUNYOSINING TARKIB TOPISHI. 
5.AFRIKA TUB JOY AHOLISINING TARKIB TOPISH TARIXI. 
6.AFRIKANING O`RGANILISH TARIXI

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
 


KIRISH 
Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi. Ayni oʻsha 
paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning 
ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi 
mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini 
takomillashtirish zarur.SH.M.MIRZIYOYEV
Afrika - to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani teng 
ikkiga bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli 
teng masofada joylashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yevropa, Suvayish bo‘yni orqali 
Osiyo qit'alari bilan tutashib turadi.Geografik o'rni Afrika shimoldan janubga 
torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig‘i) 
7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali 
yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. 
Shimoliy qismining eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, 
janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va 
Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan.Vasko da Gama 
Afrikaning Hind okeani sohilidagi Malindi portidan arab dengizchisi va olimi Ibn 
Ma'jad yo'lboshchiligida 1498-yilda Hindistonga borgan. U 1502-1503- va 1524-
yillarda yana ikki marta Hindistonga borgan. 1502-yilda 20 ta harbiy kema bilan 
borib, Kalikut shahrini vayron qilgan va Portugaliya koloniyasiga aylantirgan. 
Eng jazirama yoz - (+58 C) Liviyada kuzatilgan. Eng yuqori o`rtacha yillik 
harorat - (+34,5 C) Efiopiyada 1960-yilda kuzatilgan. Eng past harorat - (-15 C) 
Marokashda bo`lgan. Maksimal o`rtacha yillik yog`in (10500 mm) - Kamerun 
tog`larining g`arbiy yonbag`rida qayd qilingan. Minimal o`rtacha yillik yog`in (1,0 
mm, Daxlada) - Misrda qayd qilingan.
Afrika ekvatorning har ikki tomonida 
joylashgan. Asosiy qismi tropik-ekvatorial kengliklarda. Shuning uchun ham 
temperatura koʻpincha juda baland boʻladi. Materik ichki qismlarining relyefi ancha 
tekis va atrofi berk boʻlganidan Afrika iqlimi oʻziga xos kontinentaldir. Tekislik 
relyefining koʻpchilikni tashkil etishi va geografik oʻrni materikda geografik 
zonallikning yaqqol namoyon boʻlishiga sharoit yaratgan. Tabiiy sharoiti nisbatan 


bir xil boʻlgan va deyarli kenglik boʻylab choʻzilgan keng polosalar qonuniy 
ravishda ekvatordan shimol va janubga tomon almashina boradi. Zonal struktura 
materikning kattagina va relyefiga koʻra bir xil boʻlgan shimoliy qismida ayniqsa 
yaqqol namoyon boʻlgan. Miloddan oldin koʻp asrlar ilgariyoq materikning sohiliga 
va ichki rayonlariga Osiyo va Shimoliy Amerika xalqlari: finikiyaliklar, misrliklar, 
karfagenlar kelib turishgan. Ilk oʻrta asrlarda Sharqiy va Shimoliy Afrikaga 
Arabiston yarim orolidan arablar kelgan. 
XV asrda portugallar Hindistonga boradigan yoʻl qidirib, Afrikaning 
sohillarini tekshirishgan. Bu esa qul savdosi hamda yevropaliklarning Afrika 
mamlakatlarini zabt etish davrining boshlanishi edi. XVIII asr oxirida va X1X asrda 
Angliya bilan Fransiya materikning ichki qismlarida bir qancha mustamlakalar zabt 
etdilar. Shundan keyin kashfiyotlar va tadqiqotlar boshlanib ketdi. 1788 yilda 
inglizlar Afrika ichki qismlarini kashf etishga yordam assotsiatsiyasini tuzdilar. Bu 
assotsiatsiya yirik ekspeditsiyalar tashkil qildi. Afrikadagi eng yirik daryolar: Niger, 
Nil, Kongo va Zambezi daryolari havzalarining tadqiq etishi bilan bogʻliq asosiy 
geografik problemalarning hal qilinishi X1X asrdagi tadqiqotlarning ijobiy samarasi 
edi. Markaziy va Janubiy Afrikani oʻrganishga ingliz olimi D. Livingston katta hissa 
qoʻshdi. Bu olim 30 yil davomida (1843-1873 yillarda) Atlantika okeanidan Hind 
okeanigacha, Keyptaun burnidan deyarli zkvatorgacha boʻlgan katta maydonlarni 
oʻrgandi.Biz bu kurs ishida Afrika materining geologik davrlar bo`yicha tarkib 
topishi,tektonika relyefi,iqlimi,tuprog`i va o`simlik hayvonot dunyosi ichki suvlari 
va aholisining tarkib topish tarixi haqida so`z yuritamiz. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling