Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


AFRIKA TUB JOY AHOLISINING TARKIB TOPISH TARIXI


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1318632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov begam 080522193027

5.AFRIKA TUB JOY AHOLISINING TARKIB TOPISH TARIXI. 
Hozirgi odam bir vaqtlar dastlab Afrikada paydo boʻlgan boʻlsa kerak, deb 
hisoblaydilar. Kontinent tabiatining koʻpgina xususiyatlari shunday fikr yuritishga 
asos beradi. Afrikada yashaydigan hozirgi zamon odamsimon maymunlari- 
shimpanze va gorillalar boshqa antropoidlarga nisbatan hozirgi odamga xos boʻlgan 
biologik belgilarga ayniqsa boy. Shuningdek, Afrikadan hozirgi zamon odamsimon 
maymunlari 
bilan 
bir 
oilani 
(Ponguidaye) 
tashkil 
etgan 
odamsimon 
maymunlarlarning bir necha shakldagi qazilma qoldiqlari topilgan. Bundan tashqari, 
boshqa odamsimon barcha maymunlarga nisbatan odamga koʻproq oʻxshash 
boʻlgan antropoidlarning qazilma formalari ham shu qitʼadan topilgan. 
Avstralopiteklar ana shulardir. Koʻpchilik antropologlar avstralopiteklarni 
pongidgarga emas, balki gominidlarga, yaʼni odam ham kiradigan oilaga kiritadilar. 
Avstralopiteklarning qoldiqlari Janubiy va Sharqiy Afrikaning villafrank 
yotqiziqlaridan topilga, bu yotqiziqlarni koʻpchilik tadqiqotchilar antropogenga 
(eopleystotsenga) kiritadilar. Materikning sharqida avstralopiteklariing suyaklari 
bilan birga qoʻpol ravishda toshga yoʻnilgan iz qoldiqlari topilgan. 
Uzoq vaqt davomida avstralopiteklarni antropoidlar bilan odam orasidagi eng 
soʻnggi zveno, yaʼni odamning bevosita ajdodlari deb hisoblab kelganlar. Biroq, 
1959 yilda L. Liki tomonidan Olduvay makonining topilishi bu problemaning hal 
qilinishiga jiddiy oʻzgarish kiritdi. Serengeti platosining shimoli-sharqida, 
Ngorongoro krateri yaqinida (Shimoliy Tanzaniya), villafrank yoshidagi vulkan 
jinslari orasida, Olduvay darasida avtralopiteklarga oʻxshash primatlarning 
qoldiqlari topilgan. Bu qoldiqlar zinjantroplar deb ataldi. Zinjantroplardan quyida 
va yuqorida ancha progressiv va hozirgi odamga oʻxshash boʻlgan formaning 
qoldiqlari topildi. Bu formani prezinjantrop yoki Homohabilis deb atadilar. 
Binobarin, uni Noto zotining maxsus turi deb ajratdilar. Prezinjangrop bilan 
birgalikda ibtidoiy tosh buyumlar-nari-beri yoʻnilgan shagʻallar topildi. Olduvay 
makonining yuqoriroq qatlamlarida Afrika arxantroplarining qoldiqlari, ular bilan 
bir sathda esa avstralopiteklarning qoldiqlari topildi. Tarkibida Noto habilis boʻlgan 
quyi qatlamning absolyut yoshi taxminan 1,8 million yil, arxantropning yoshi 
taxminan 490 ming yil. Noto hobilis (prezinjantrop) va zinjantrop (avstralopiteklar) 
qoldiqlarining oʻzaro holati ilgarilari eng qadimgi odamlarning bevosita ajdodlari 
deb hisoblab kelingan avstrolopiteklar aslida uzoq vaqt davomida villafrank bilan 
pleystotsen oʻrtalari orasida yashagan qazilma gominidlarning noprogressiv 
tarmogʻini hosil qilgan, deyishga asos beradi. Bu tarmoq bora-bora tugab qolgan. 
Shu tarmoq bilan bir vaqtda va hatto undan oldinroq progressiv forma-irezinjantrop 
yashagan. Ehtimol, ana shu forma eng qadimgi odamlarning bevosita ajdodi boʻlsa 


kerak. Agar shunday boʻlsa, shubhasiz, prezinjantropning vatanisharqiy Afrika-
odamning dastlabki vatani boʻlgan degan fikr toʻgʻri boʻlib chiqadi, 
Yaqinda R. Liki Rudolf koʻli atroflaridan yoshi 2,7 million yilga teng odamning 
ajdodlari qoldigʻini topdi. Bu topilma Noto zotining yoshini yanada qadimiy 
ekanligini koʻrsatadi. 
Arxantroplarning qoldiqlari, yaʼni dastlabki taraqqiyot bosqichidagi 
haqiqiy odamlarning qoldiqlari Olduvaydan tashqari, Afrikaning shimolidan, 
Jazoirdan topildi. Shimoliy Afrika arxantroplarning mahalliy nomi atlantroplar deb 
ataladi.Butun materik boʻylab (Sharqiy Afrikaning turli rayonlarida, Marokashning 
Atlantika okeani sohilida, Liviyaning Oʻrta dengiz sohili yaqinida, Efiopiyada, 
janubda, Keyptaun rayonida) turli davrlardagi paleantroplarning qoldiqlari maʼlum. 
Sharqiy Afrikada paleantrop bilan hozirgi tipdagi odam orasidagi oʻtkinchi 
xususiyatlarga ega boʻlgan formalar topilgan.Yevrosiyoga nisbatan Afrikada 
odamning taraqqiyoti vaqt hisobida ancha orqada qolgan. Neandertal tipidagi 
odamlar u yerda yuqori pleystotsenning ikkinchi yarmiga qadarli, yaʼni yuqori 
paleolitgacha tarqalgan. Bu davrda Yevrosiyoda neoaitrop mavjud boʻlgan.
Shu 
bilan birgaliqda Afrikaning neandertallari (paleantroplari) Yevrosiyonikidan ancha 
farq qilgan va Afrikaning oʻziga xos moddiy madaniyat vakillari 
hisoblangan.Hozirgi tipdagi odam Afrika territoriyasida oxirgi, gembliy plyuvial 
davrida paydo boʻlgan. Bu davr Yer sharining shimoliy rayonlaridagi soʻnggi muzlik 
davri oxirlariga taxminan toʻgʻri kelgan. Bu bilan bogʻliq boʻlgan madaniyatlar juda 
oʻziga xos boʻlgan va kichik territoriyada tarqalgan. 
Materikning turli rayonlarida topilgan hozirgi tipdagi qazilma odamlarning 
qoldiqlari irqiy jihatdan bir-biridan ancha farq qilgan. Afrikada hozirgi vaqtda 
mavjud boʻlgan asosiy irqlar aftidan, yuqori paleolit davridayoq tarkib topa 
boshlagan boʻlsa kerak. Irqlarning keyinchalik farq qilishi neolit davomida roʻy 
bergan. Suyak qoldiqlariga qaraganda, Shimoliy Afrikada qadimgi yevropeoid tipi, 
Janubiy Afrikada boskop tipi, hozirgi bushmenlar va gottentotlarning ajdodi 
yashagan. Afrikaning gʻarbida Sahroi Kabirdan janubroqda chinakam negroid (negr) 
tipi tarkib topgan. Neolit davri davr. mida, aftidan Efiopiya kontakt (oraliq) irqi 
vujudga kelgay Kongo havzasidagi ekvatorial oʻrmonlarda Afrika pigmeylari 
(negrill) irqi tarkib topgan. 
Shimoliy Afrikaning hozirgi tub aholisi deyarli butun Sahroi Kabir bilan 
birgalikda Janubiy yevropeoid (Oʻrta dengiz boʻyi) irqi vakillaridan iboratdir. Bu irq 
katta yevropeoid irqining tarmogʻiga nisbatan vaqt jihatidan ancha qadimiydir. 
Shimoliy Afrika mamlakatlarining yevropeoid aholisi antropologik jihatdan bir 
xildir. Bu aholi uchun terining qoramtir soch va koʻzning qora boʻlishi, bosh 
suyagini dolixo (uzunchoq) yeki mezokefal (oʻrtacha) boʻlishi, odamlar boʻyining 
oʻrtacha 170 sm boʻlishi xarakterlidir. Baʼzan bu tipdan farq qiladigan: terisi 


oqishroq, sochi sargʻishroq, koʻzi koʻk kishilar ham uchraydi, bu iqlimi ancha sovuq 
boʻlgan togʻli rayonlarda pigmentsizlanish oqibatidir. Shimoliy Afrikaning qadimgi 
oarbar aholisi va Shimoliy Afrika mamlakatlari hozirgi aholisining koʻpchiligi 
Janubiy yevropeoid irqiga kiradi Bu aholi arablarning kirib kelishi va tub barbar 
aholisining arablashishi oqibatida paydo boʻlgan. 
Materikning Sahroi Kabirdan janubroqdagi katta qismida, Qizil dengiz 
atrofidagi rayonlar hamda Somali yarim orolini istisno qilganda, katta ekvatorial 
irqning Afrika tarmogʻiga kiradigan xalqlar yashaydi. Bu irqtarkibida ikkinchi 
tartibdagi uchta irq: haqiqiy negr (negroid) irqi, negrill irqi va bushmen (koysan) irqi 
ajralib turadi.Haqiqiy negr irqi xususiyatlari Niger va Kongo havzalari aholisida 
ayniqsa yaqqol seziladi. Bu xalqlarningterisi qop-qora, sochlari jingalak, prognatizm 
(bosh suyagi oldinga turtib chiqish) juda yaqqol seziladi, burun kataklari katta, 
lablari chuchchaygan, bosh suyaklari dolixokefalmezokefal shaklidadir. Uz 
arealining boshqa rayonlarida negroidlar ana shu klassik alomatlardan farq qiladi. 
Masalan, Janubi-sharqiy Afrikada baʼzi bir xalqlarda teri rangi ancha oqish, Yuqori 
Nil va Senegal xalqlari terisi esa,aksincha, deyarli qora;turli xalqlarda prognatizm 
turlicha ifodalangan. Odamlarning boʻylari ham turlicha. Nil havzasida 
yashaydiganlar ayniqsa baland boʻyli boʻladi. 
Janubiy yevropoidlar va negroidlar areallarining chegaralarida erta 
neolitdayoq kontakt (oraliq) irq gruppalari tarkib topa boshlagan. Efiopiya irqi ana 
shulardandir. Bu irqqa Efiopiya, Somali va ularga qoʻshni rayonlarning xalqlari 
kiradi. Efiopiya irqi vakillarida negroidlarga xos deyarli barcha alomatlarni koʻrish 
mumkin. Lekin, bu alomatlar bir oz zaiflashgan. Bu zsa yevropoid irqi taʼsiridandir. 
Efiopiya irqiga kiradigan kishilarning terisi jigar rang, lekin eng oqish negrlarning 
terisiga qaraganda ham ochroq, sochlari toʻlqinsimon va hatto jingalak, lekin, 
negroidlardagichalik emas, lablari qalin, biroq doʻmboq emas, prognatizm 
sezilmaydi, qirra burunli, qanshari baland, choʻzis yuzli boʻlzdn. Gʻarbiy Sudanda 
yevropeoidlar va negroidlar areallarn oraligʻida ham oʻtkinchi formalar vujudga 
kelganki, ularda har ikkala irqning antropologik xususiyatlarini koʻrish mumkin.
Ekvatorial irqning Afrika tarmogʻida pigmeylar (negrillar) alohida oʻrin tutadi. 
Pigmeylar Kongo havzasidagi ekvatorial oʻrmonlarda kichik-kichik gruppa boʻlib 
yashaydilar. Ularning oʻrtacha boʻyi 141-142 sm, eng uzuni 150 sm boʻladi. 
Terisining rangi umuman tipik negroidlarga nisbatan oqishroq, sochi jingalak, burni 
keng, qanshari past, ogʻzi keng, labi yupqa, negroidlardagiga nisbatan yuzi sertuk. 
Pigmeylar bir jihatdan negrlarga oʻxshaydigan xususiyatlarga ega boʻlsa, ikkinchi 
tomondan, ulardan ancha farq qiladigan xususiyatlarga ega. Ana shunga asoslaydb, 
bu ikkala irq bir ajdoddan tarqalgan deyish mumkin. Pigmeylarning boshqa barcha 
irqlardan farq qiladigan antropologik xususiyatlari, aftidan, neolit davrida ekvatorial 
oʻrmonlarning oʻziga xos tabiiy muhit sharoiti taʼsirida paydo boʻlgan, chunki 


pigmeylar oʻrmonlarda yashaydi, ularning butun turmush tarzi ana shu ekvatorial 
oʻrmonlar bilan bogʻlangan.Afrikaning janubi-gʻarbida yevropalik bosqinchilar 
tomonidan deyarli qirib yuborilgan ikki xalq-bushmenlar va gottentotlarning 
qoldiqlari uchraydi. Bu ikkala xalq baʼzi bir umumiy antropologik belgilariga koʻra 
bir irqqa-koysan yoki Janubiy Afrika irqiga, yoyinki irq gruppasiga kiritiladi. Bu irq 
ham boshqa qora tanli afrikaliklar bilan umumiy boʻlgan alomatlarga ega (burNining 
kengligi. sochining jingalakligi); baʼzi bir alomatlari bilan bu irq mongoloid irqi 
vakillariga oʻxshaydi (terisining oqish, sargʻish-jigar rang boʻlishi va epikantus); 
uchinchi bir xususiyatlari: dumba yaqinida yogʻ toʻplanishi (steatopigiya), terining 
serajinligi koysan irqi uchun spetsifikdir. Negrlar bilan antropologik jihatdan 
oʻxshash boʻlishiga sabab shuki, Afrika tarmogʻidagi barcha irqlar oʻz 
taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida umumiy bir ajdoddan tarqalgan. Mongoloid 
xususiyatlar bu xalqlarning mongoloidlar bilan aloqada boʻlishidan emas, balki 
tabiiy muhitning oʻxshash sharoitidandir, chunki bu irqlar bir xil oʻxshash tabiiy 
sharoitda tarkib topgan. Janubiy Afrikaning ichki rayonlaridagi arid (qurgʻoqchil) 
oʻlkalar maʼlum jihatdan Markaziy Osiyoning rayonlariga oʻxshaydi. Ana shu 
oʻxshashlik bushmenlarda epikantus hodisasining mavjud boʻlishiga olib kelgan, 
holbuki bu hodisa faqat mongoloidlar uchun xarakterli alomat hisoblangan. 
Juda qadim zamonlarda Yer shari boʻyicha xalqlarning koʻchib yurishi va 
buyuk geografik kashfiyotlar Afrikaning Yevropaliklar tomonidan mustamlaka 
qilinishi davri keyinchalik aralash irqlarning yanada rivojlanishiga va aralash 
antropologik tiplarning paydo boʻlishiga olib keldi. Afrikaga arablarning kirib 
kelishi, 
arablarning 
materik 
shimoli 
va 
janubigagina 
emas, 
materik 
ichkarisiganegroid xalqlar orasiga kirib kelishi Janubiy Sudan aholisining 
aralashdiplari paydo boʻlishiga olib kelgan. Bu aholi antropologik alomatlariga 
koʻra Efnopiya kontakt (oraliq) irqiga juda oʻxshaydi. Irqlarning aralashishi 
natijasida oʻrta asrlarda Madagaskar aholisi tarkib topgan. Madagaskar aholisn, 
aftidan, negroidlar bilan shu orolga kirib kelgan Janubiy mongoloidlar 
(indoneziyaliklar) ning chatishishidan yuzaga kelgan. 
Keningi vaqtlarda Afrika janubida (Janubiy Afrika Respublikasida) aparteid 
sissati oqibatida boshqalardan sunʼiy ravishda ajralib turadigan ranglilar gruppasi 
paydo boʻldi. Bu gruppa, aftidan oq mustamlakachilar bilan Afrikadagi turli elatlar 
xotinlari oʻrtasidagi aralash nikohlardan boʻlganlarning avlodlaridir. 
Afrikada 360 mln. dan ortiq kishi yashaydi. Bu aholi materik territoriyasi 
boʻylab nihoyatda notekis joylashgan. Katta oʻlkalarda deyarli aholi yashamaydi, 
koʻpgina oʻlkalarda aholi juda yiyrak. Chunonchi, Sahroi Kabir, Kalaxari, Namib 
choʻllarida aholining zichligi 1 km2 ra 1 kishidan ham kam. Kongo havzasidagi 
tropik oʻrmonlarda, Sharqiy Afrikaning koʻpgina togʻlik rayonlarida, Shimoliy va 
Janubiy Afrika savannalarida aholi juda siyrak.
Materikning shimoliy, janubi-


gʻarbiy va janubi-sharqiy sohillarida, Gvineya qoʻltigʻi sohillarida aholi ancha zich. 
Misr Arab Respublikasi joylashgan Nil daryosi vodiysi bu jihatdan ayniqsa ajralib 
turadi, bu vodiy Afrikadagina emas, balki butun dunyoda aholi eng zich yashaydigan 
territoriyalardan biridir. U yerda aholining zichligi 200 kishidan oshadi, baʼzi bir 
joylarda esa 1000 kishiga yetadi. 
Afrikaning 
baʼzi bir rayonlarida, qirlar va togʻli rayonlarda 
pasttekisliklardagiga nisbatan aholi zichroq yashaydi. Chunki bunday tekisliklarda 
kishilarning hayoti va faoliyati uchun sharoit u qadar qulay emas. Butun kontinent 
aholisining 40% chasi dengiz sathidan 500 m dan baland boʻlgan joylarda yashaydi. 
Afrikada qishloq aholisi koʻproq. Sanoat shaharlari gʻuj toʻplangan yerlar koʻp 
emas. Qishloq xoʻjaligida plantatsiya dehqonchiligi yoki daraxtlarni kundakov qilib 
yondirib dehqonchilik qilish va yaylov chorvachiligi ustun turadi. Yaylov 
chorvachiligi koʻpincha koʻchmanchi yoki yarim koʻchmanchi chorvachilikdan 
iborat. Uzoq yillar davom etgan mustamlakachilik aholining joylashishiga, xoʻjalik 
yuritish usullariga, tabiiy resurslardan foydalanish xarakteriga katta taʼsir etgan. 
Afrikaning bir qancha rayonlaridagina tabiat ibtidoiy holda saqlanib qolgan. 
Kesish va kuydirish natijasida oʻrmonlar tarkibining oʻzgarishi yoki antropogen 
savannaning oʻrmonlar oʻrnini olishi, choʻllar bilan chegaradosh zonalarda 
savannalarning choʻllarga aylanishi, boshqa kontinentlardan kelgan oʻsimlik va 
hayvonlarning tarqalishi va mahalliy turlarning yoʻq qilib yuborilishi-bularning 
hammasi inson faoliyati oqibati boʻlib, materikning koʻproq oʻzlashtirilgan va aholi 
zich yashaydigan chekkalaridagina emas, balki uning ichki rayonlarida ham keng 
tarqalgan. 
Afrika mamlakatlarida tabiatni, ayniqsa uning oʻziga xos, boy hayvonot 
dunyosini muhofaza qilish uchun bir qancha tadbirlar koʻrilmoqda. Sharqiy va 
Janubiy Afrikadagi milliy parklar va qoʻriqxonalar butun dunyoga mashhur. Bular 
haqida rayonlar xarakteristikasida gapiriladi. 


5-RASM. 
Afrika aholisi va ular barpo etgan obidalar. 



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling