Aholining umumiy ma’lumotlilik darajasi aniqlanishi: KUM(IOM/ICH; IOM - oliy ma’lumotlilar soni; ICH - band aholining soni.
Mazkur koeffitsiyent hududning umumiy intelektual muhitini tavsiflaydi.
Kadrlarning ilmiy-texnik konsentratsiyasi darajasi quyidagicha aniqlanadi: KITKqIIS/MXM. Bu yerda, IIS - ilmiy sohada band bo‘lgan aholi soni, shuningdek, ilmiy-pedagogik kadrlar. MXM - hudud maydoni; KITK -hudud maydonining ilmiy-texnik mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini ko‘rsatadi.
Hududning ishlab chiqarish, texnik va ilmiy-texnik resurslar bilan jihozlanganligi mazkur ko‘rsatkichlar guruhida quyidagicha aniqlanadi:
Ishlab chiqarish, texnik jihozlanganlik darajasi: KICHT( FSA/FICH. Bu yerda, FSA -korxonaning asosiy fondlari qiymati. Bu ishlab chiqarish texnik jihozlanishi uchun mahsulotlar ishlab chiqarilishi; FICH - ishlab chiqarish obyektlariga asosiy fondlarning umumiy qiymati.
Mazkur koeffitsiyent korxonaning ishlab chiqarish dastgohlarini yangilash, ulardan hududga yangiliklar kiritishni shakllantirishda foydalanish bo‘yicha imkoniyatini tasvirlaydi.
Ilmiy-texnik jihozlanganlik darajasi: KIT(FAF+/FIN. Bu yerda: FAF+ - ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik birlashmalaridagi asosiy fondlar qiymati, FIN – hudud ishlab chiqarish obyektlari qiymati.
Tajriba-sinov quvvatlari bilan ta’minlanganlik; KTS(FASE/FN. Bu yerda: FASE – tajriba-sinov korxonalarining asosiy fondlari qiymati, FN - ilmiy-tadqiqot institutlari konstruktorlik birlashmalari, OO‘YU asosiy fondlari.
Murakkab ishlab chiqarish texnik mahsulotlarni ishlab chiqarishda mehnatning fond bilan qurollanganligi va ilmiy-tadqiqot konsruktorlik birlashmalarida mehnatning fond bilan qurollanganligi.
Bularning asosiy fondlar qiymati sanab o‘tilgan sohalardan ishchilar soniga nisbati topiladi.
Fond bilan qurollanganlik koeffitsiyenti – asosiy fondlarni hududdagi band aholi soniga nisbati orqali topiladi: F+ ( FAS/ICH. Bu koeffitsiyentlar markazlar ishini mehnat talab qilinadigan ilmiy turlarga yo‘naltirilgan imkoniyatlarini baholashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |