Termiz davlat universiteti texnika fakulteti kimyo kafedrasi


-tajriba. Organik modda tarkibidagi galogenni aniqlash


Download 388.5 Kb.
bet13/27
Sana06.04.2023
Hajmi388.5 Kb.
#1333079
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Laboratoriya qo\'llanmasi

4-tajriba. Organik modda tarkibidagi galogenni aniqlash. Galogenlarni aniqlashda natriy metali qo’shib kuydirish usuli qo’llaniladi. Bu reaksiyada organic modda tarkibidagi galogenlar natriy galogenidga aylanadi:
organik modda (galogen) + Na  Nagalogenid
Reaksiya mahsuloti distillangan suvda eritiladi va ikki qismga bo’linadi, birinchi qismidan anionlar sifat reaktsiyalar yordamida aniqlanadi.
Kichikroq quruq probirkaga tekshiriladigan organic moddadan ozroq solinadi. Probirkani qiya holatda tutib turib, unga kerosindan va oksid pardasidan tozalangan no’xat kattaligidek natriy metali organik moddadan biroz yuqoriroqqa joylashtiriladi. Probirkani yog’och tutqichga mahkamlab, uni qiya ushlab turgan holda natriy metali gorelka alangasida ehtiyotlik bilan qizdiriladi.
Natriy metali suyuqlangandan keyin probirka vertikal holga keltirilib, natriy metali tomchisi organic modda ustiga to’kiladi.(o’t chaqnashi mumkin).
Keyin aralashma cho’g’languncha qizdiriladi.Ichiga 5-6 ml distillangan suv solingan chinni hovonchaga cho’g’langan probirka birdan botiriladi. Bunda probirka chirsillab darz ketadi. Probirka hovoncha ichida sindiriladi.
Suyuqlanmani hovonchada yaxshilab maydalab, probirkaga solinadi va qaynagunicha qizdiriladi. Hosil bo’lgan ishqorli eritma burma fil’tr orqali fil’trlanadi. Fil’tratdan azot, oltingugurt va galogenlar aniqlanadi. Agar fil’trat sariq yoki to’q jigar rang bo’lsa, bu holda organic modda to’liq parchalanmagan bo’ladi. Bunday holda natriyli suyuqlantirish takror bajariladi.


Nazorat savollari

  1. Amilxlorid, ikkilamchibutilbromid, vinilbromid, allilbromidlarning tuzilish formulalarini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang.

  2. Butan yorug‘lik nurida bromlanganda qanday birikma hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing.

  3. 3-Metilbuten-1 qanday galogenalkanni kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan qizdirilganda hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.

  4. Izopentanning barcha monobromli hosilalarini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang.

  5. C4H8Cl2 tarkibli birikmaning izomerlarini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang.


Download 388.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling