5-tajriba. Aldegidlarning kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan oksidlanishi (Kumush ko’zgu reaksiyasi). Probirkaga 5 ml 10% li natriy gidroksid solib, 1-2 minut qizdiriladi, keyin ishqor to’kib tashlanadi va probirka distillangan suv bilan chayiladi. Tozalangan probirkada kumush oksidning ammiakli eritmasi quyidagicha tayyorlanadi: probirkaga avval 2-3 ml kumush nitratning 1% li eritmasi solinadi va chayqatib turgan holda dastlab hosil bo’lgan cho’kma erib ketguncha 5% li ammiak eritmasi tomchilab qo’shiladi. Hosil bo’lgan tiniq eritmaga bir nechta tomchi 5% li formaldegid qo’shiladi va probirkaga 60-700 C suv hammomiga tushirib qizdiriladi. Bir necha minutdan keyin probirka devorlarida ko’zgu shaklida kumush ajralib chiqadi. Agar probirka yaxshi tozalanmagan bo’lsa, kumush qora cho’kma holida ham bo’lishi mumkin. Bu reaksiya faqat aldegidlar bilan boradi, ketonlar kumush ko’zgu reaksiyasiga kirishmaydi.
AgNO3 + 2NH4OH Ag2O + 2NH3NO3 + H2O
Ag2O + 4NH3 + H2O 2 [Ag(NH3)2]OH
2 [Ag(NH3)2]OH + HCOH HCOOH +2Ag +4NH3 +H2O
HCOOH + NH3 HCOONH4
6-tajriba. Aldegidlarning mis (II)- gidroksid bilan oksidlanish reaksiyasi. Probirkaga tekshirilayotgan aldegid eritmasidan 1 ml solinadi va uning ustiga 0,5 ml ishqorning suyiltirilgan eritmasidan va keyin cho’kma hosil bo’lguncha mis (II) –sulfat eritmasidan tomchilatib qo’shiladi. Hosil bo’lgan aralashma qaynaguncha qizdiriladi bunda dastlab sariq rangli mis (I)- gidroksid cho’kmasi hosil boladi, uning qizil rangli mis(I)-oksid va misga aylanishi evaziga cho’kmaning rangi o’zgaradi. Reaksiya tenglamalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
CuSO4 + 2 NaOH Cu(OH)2 + Na2SO4
HCOH + 2 Cu(OH)2 HCOOH + 2CuOH + H2O
2CuOH H2O +Cu2O
Do'stlaringiz bilan baham: |