Termiz davlat universiteti texnika fakulteti kimyo kafedrasi


-tajriba. Sirka kislotaning olinishi


Download 388.5 Kb.
bet18/27
Sana06.04.2023
Hajmi388.5 Kb.
#1333079
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Laboratoriya qo\'llanmasi

2-tajriba. Sirka kislotaning olinishi. Probirkaga 1 g natriy asetat 2-3 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi. Probirkaning og’zi gaz o’tkazuvchi nayli tiqin bilan zich berkitiladi va aralshma ehtiyotlik bilan qizdiriladi. Reaksiya natijasida sirka kislota hosil bo’lganlogini bilish uchun gaz o’tkazuvchi nayning uchiga ho’llangan ko’k lakmus qog’oz tutiladi. Ko’k lakmusning qizarishi sirka kislota hosil bo’lganligini bildiradi. Sirka kislotaning hosil bo’lganligini uning hididan bilish mumkin.


2H3C-COONa + 2H2SO4  2CH3COOH + Na2SO4


3-tajriba. Sirkа kislotаning dissоtsiаlаnishi. 3 tа prоbirkа оlib hаr birigа 1ml sirkа kislotа qo’yib vа uni ustigа 2-3 tоmchi suv qo’ying. Prоbirkаlаrning birigа lаkmus qоg`оzi ikkinchisigа mеtilorаnj, uchunchisigа 2 ml fеnоlftаliеn eritmаsidаn tоmizing. Prоbirkаlаrdаgi eritmаlаrning vа indikаtоrlаrning rаngi qаndаy o’zgаrаdi. Sirkа kislotаning dissоtsilаnish sхеmаsini yozing.
4-tajriba. Sirka kislota va uning tuzlarining xossalari. a). Sirka kislotaning karbonat kislota tuzlari bilan ta’sirlashuvi. Natriy karbonatning 10% li 3-4 ml eritmasiga 2-3 ml muz sirka kislota qo’shilsa karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Sirka kislota karbonat kislotadan kuchliroq kislota bo’lganligi uchun u karbonatlardan karbonat kislotani siqib chiqaradi.


Na2CO3 + 2CH3COOH  2CH3COONa + H2O + CO2

Sirka kislota xlorid va sulfat kislota tuzlaridan karbonat kislotalarni siqib chiqara olmaydi, chunki u xlorid va sulfat kislotadan kuchsiz kislotadir.


b). Sirka kislotaning aktiv metallar bilan reaksiyasi. Probirkaga 2-3 ml sirka kislota solib, unga ozroq magniy kukuni solinadi va probirkaning og’zi gaz o’tkazuvchi nayli tiqin bilan berkitiladi. Probirkadagi havo chiqib ketgandan keyin ajralib chiqayotgan vodorod gaz o’tkazuvchi nay uchida yoqib ko’riladi. Reaksiya tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
2CH3COOH + Mg  (CH3COO)2Mg + H2


v). Sirka kislotaning asosli oksidlar va asoslar bilan reaksiyasi. Probirkaga 0,2g mis (II)-oksidi solib, uning ustiga 2-3 ml sirka kislota quyiladi va aralashma ohista qizdiriladi. Eritmaning rangi o’zgarishidan mis asetat hosil bo’lganligi bilib olinadi.Reaksiya tenglamasi quyidagicha:


2CH3COOH +CuO  (CH3COO)2Cu + H2O

Download 388.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling