Termiz davlat universiteti texnika fakulteti kimyo kafedrasi


Download 388.5 Kb.
bet24/27
Sana06.04.2023
Hajmi388.5 Kb.
#1333079
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Laboratoriya qo\'llanmasi

14-Tajriba ishi.
Mavzu: β-naftoloranj sintezi.


Ishning maqsadi: β-naftoloranj sintezini o’rganish. Ularning kimyoviy xossalarini o’rganish.
Reaktivlar: β - naftol 1 gr (0,007 mol); sulfanil kislota 2H2O 1,5 gr (0,007 mol); natriy nitrit 0,5 gr (0,007 mol); osh tuzi 3,5 gr; 10 % li o’yuvchi natriy eritmasi 13 ml; 2 n xlorid kislota eritmasi 12 ml.
Asbob va jihozlar: Probirka, suv hammomi, pipetka, spirt lampasi, termometr, shtativ, filtr qog’oz.



Stakanda 10 ml 10 % li o’yuvchi natriyning eritmasidan 1 gr β - naftol qizdirib eritiladi (eritma № 1).
Boshqa stakanda 1,5 gr sulfanil kislota (yoki 1,24 gr suvsiz quruq kislota) 3 ml 10 % li o’yuvchi natriy eritmasida qizdirib eritiladi. Bu ishq oriy eritmaga 0,5 gr natriy nitritning 6 ml suvdagi eritmasi quyiladi. Eritma sovitilgandan so’ng, aralashtirib turilgan xolda, muz bilan sovutilgan 12 ml 2 n xlorid kislota eritmasiga asta – sеkin quyiladi (eritma № 2). So’ngra eritma № 2 ga muz bilan sovutilgan eritma № 1 ni quyib, 30 minut aralashtirib turiladi va unga 3,5 gr osh tuzining to’yingan eritmasi solinadi.
β - naftoloranj to’q sariq kristall xolidagi cho’kmaga tushadi. U filtrlanib, sovuq suv bilan yuvilib, filtr qogozlari orasida quritiladi. Miqdori 2 gr atrofida.
15-Tajriba ishi.
Mavzu: Oqsillar.Oqsillarga hos sifat reaksiyalari.
Ishning maqsadi: Oqsillarga sifat reaksiyalarni o’tkazish. Ularning kimyoviy xossalarini o’rganish.
Reaktivlar: Tuxum oqsili, sut albumin, go’sht, natriy xlor, ammoniy sulfat, natriy sulfat, magniy sulfat.
Asbob va jihozlar: Probirka, stakanlar, voronka, dializ asbobi, pipetka, spirt lampasi, shtativ, filtr qog’oz.

Tirik organizmlarda biologik sintez yo’li bilan hosil bo’ladigan, tuzilishi jihatidan polipeptidlardan iborat yuqori molekulyar eng mukammal va murakkab moddalar oqsillar deyiladi. Ular ko’pgina noyob xususiyatlarga ega: ularda cheksiz tuzilish, hilma-hilligi, molekula ichra o’zaro ta’sir etishi va ta’surotga javob berish katalitik funksiyasi, saylab reaksiyaga kirishish va hokazo xususiyatlar mavjud. Oqsillar-hayotning moddiy asosidir. Organism ho’l massasining 25 % gacha, quruq massasining esa 50 % gacha qismi oqsildan iborat.


Oqsillar strukturasining monomer birikmalari aminokislotalardir. Tabiatda mavjud bo’lgan 200 dan ziyod aminokislotalarning 20-22 vakili oqsillar tarkibida doim bo’ladi.



Download 388.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling