Termiz davlat universiteti texnika fakulteti kimyo kafedrasi
Download 388.5 Kb.
|
Laboratoriya qo\'llanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob va jihozlar
12-Tajriba ishi.
Mavzu: n-Nitroatsetanilid sintez qilishni o’rganish. Ishning maqsadi: π-Nitroatsetanilid sintez qilishni o’rganish. Uning kimyoviy xossalarini o’rganish. Reaktivlar: Glyukoza, fruktoza, saxaroza, laktoza, timol, naftol, antron, konsentrlangan sulfat kislota, konsentrlangan nitrat kislota, xlorid kislota, selivanov reagent, kumush oksidining ammiakdagi eitmasi. Asbob va jihozlar: Probirka, suv hammomi, pipetka, spirt lampasi, termometr, shtativ, filtr qog’oz. 13-Tajriba ishi. Mavzu: n-Nitroanilin sintez qilish. Ishning maqsadi: n-nitroanilin sintez qilishni o’rganish. Uning kimyoviy xossalarini o’rganish. Reaktivlar: 0,5 g n-nitroanilin, xlorid kislota (20% li eritmasi), 0,3 g natriy nitrit, 0,5 g ß-naftol, natriy gidroksid (30% li eritmasi), 1 g natriy atsetat, osh tuzi. Asbob va jihozlar: Probirka, suv hammomi, pipetka, spirt lampasi, termometr, shtativ, filtr qog’oz. Kichikroq stakanda 0,5 g n-nitroanilin 5 ml qaynoq suv va 1 ml 20% li xlorid kislota eritmasining aralashmasida eritiladi. Eritma 0-5 gacha sovitilib, unga yana shuncha miqdorda xlorid kislota eritmasi qo’shiladi. Agar cho’kma hosil bo’ladigan bo’lsa suv ham qo’shiladi. Hosil bo’lgan eritma muzli suv hammomiga tushiriladi va aralashtirib turgan holda oz-ozdan 0,3 g natriy nitritning 4 ml suvdagi eritmasi tomizib diazotirlanadi. Diazotirlash nihoyasiga yetgach (yod-kraxmalli qog’oz bilan sinab ko’riladi, 162-betga qarang) eritma sovuq joyda 1 soat qoldiriladi. Bu vaqt ichida boshqa stakanda 0,5 g -naftol 2 ml 30% li natriy gidroksid eritmasida eritiladi va hosil bo’lgan cho’kmani yo’qotish uchun qaynoq suv qo’shiladi. 1 soatdan so’ng diazoeritmaga 1 g natriy atsetatning 4 ml suvdagi eritmasi qo’shiladi. Kerak bo’lsa ikkala eritma filtrlanadi. So’ngra -naftol eritmasi oz-ozdan chayqatilib, diazoeritmaga quyiladi va 1 g osh tuzi qo’shiladi. Cho’kmaga tushgan bo’yoq Byuxner voronkasida filtrlanadi, filtrda bir necha marta osh tuzi eritmasi bilan yuviladi va havoda quritiladi. Bo’yoqning miqdori 1 g. Download 388.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling