Termiz davlat universiteti


Download 75.91 Kb.
bet3/3
Sana10.06.2020
Hajmi75.91 Kb.
#117017
1   2   3
Bog'liq
Akmal


Xulosa

Inson o‘ziga kerakli hamma narsani tabiatdan oladi. Ishlatib bo‘lgan, keraksiz chiqindilarni esa tabiatga chiqarib tashlaydi. Shuning uchun ham tabiat bilan inson o‘rtasida o‘zaro ta’sir to‘xtovsiz davom etadi. Inson hayotining farovonligi, odamlarning sog‘lig‘i, ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiiy sharoitga, tabiat boyliklariga, ayniqsa, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning qanday ekanligiga, ya’ni inson tabiat va uning boyliklaridan qanday foydalanayotganiga, tabiatni qanday muhofaza qilayotganiga bog‘liq.


O‘rta Osiyo — juda katta Yevrosiyo materigining deyarli o‘rta qismida joylashgan, suvlari tashqariga chiqib ketmaydigan berk tabiiy geografik o‘lka. Shu bilan birga sharq va janub tomonlardan baland tog‘lar bilan o‘ralganligi sababli havoga chiqarilgan ifloslovchi moddalar ham tashqariga chiqib keta olmaydi. Binobarin, O‘rta Osiyo ekologik jihatdan ham noqulay, berk o‘lka hisoblanadi.
O‘rta Osiyoda juda qadimdan obikor dehqonchilikning rivojlanganligi cho‘llardagi vohalar atrofida (ayrim vohalarda ham) tuproqlarni sho‘r bosishiga, sho‘r ko‘llarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Chorvachilikda yaylovlardan tartibsiz foydalanish oqibatida qumli cho‘llar maydoni kengaygan. Cho‘llarda uchrab turadigan qadimgi shaharlarning qoldiqlari qadimda vohalar inson xo‘jaligi ta’sirida cho‘llarga aylanganini bildiradi. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo hududida yirik neft, gaz, temir rudasi, rangli metall konlarining ishga tushirilganligi ham bu yerlarda buzilgan yerlarning kengayishiga sabab bo‘lmoqda.
Yaqin o‘tmishda O‘rta Osiyoda paxta yakka hokimligi davrida yerga bir xil ekin — paxta ekilaverishi va qishloq xo‘jaligida turli xil kimyoviy zaharlar — gerbetsid, pestitsid va defoliantlarning ko‘plab ishlatilishi oqibatida aholining sog‘lig‘iga zarar yetdi — sariq, kamqonlik kasalliklari juda ko‘paydi. O‘rta Osiyodagi respublikalar mustaqillikka erishgandan so‘ng paxta yakka hokimligi tugatildi, havo, tuproq ancha tozalandi.
O‘rta Osiyoda suv tanqisligi ham mavjud. Ayniqsa, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘istonda bu muammo keskin tus olgan. Shuning uchun suvni ifloslanishdan muhofaza qilish, undan tejab foydalanish eng muhim vazifalardan biridir. Suvdan unumli foydalanish uchun daryolarga suv omborlari qurilgan, sug‘orish kanallari qazilgan.
O‘rta Osiyo o‘lkasi uchun Orol dengizining qurib bora- yotgani bir fojia bo‘ldi. Amudaryo va Sirdaryo suvi yangi yerlarni sug‘orishga ko‘plab olinganligi sababli XX asrning 70-yillaridan boshlab Orol sathi pasaydi, maydoni kichraydi. 2010-yilga kelib, dengiz 3 ta kichik ko‘lga aylanib qoldi. Suvi qurigan yerlar sho‘rxok va qumli cho‘l yerlarga aylandi. Bu yerdan shamol sho‘r, chang va qumlarni uchirib, yuzlab km masofadagi yerlarga olib boradigan bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Orol va Orolbo‘yini, u yerlardagi aholining ekologik sharoitini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
O‘rta Osiyo tabiiy geografik va ekologik jihatidan bir butun tabiiy o‘lka bo‘lganligi bu hududdagi davlatlarning tabiatdan o‘zaro kelishib, hamkorlikda foydalanishlarini, tabiatni, ekologik muhitni muhofaza qilishlarini talab qiladi.
O‘rta Osiyoda XIX asr oxiri hamda XX asrning birinchi yarmida hayvonlar rejasiz va shafqatsiz ov qilinishi natijasida ularning bir qancha turlari yo‘qolib ketishi xavfi tug‘ildi. Cho‘llardagi saksovul, yulg‘un o‘tin qilib yoqilishi natijasida bu o‘simliklar kamayib, to‘zima qumlar ko‘paydi. Tog‘lar yonbag‘ridagi archa va boshqa daraxtlar ko‘plab kesilib, bu yerlarda tuproq yuvilishi kuchaydi.
O‘rta Osiyoda tabiatni, uning boyliklarini, noyob tabiat obyektlarini, o‘simlik hamda hayvonlarning yo‘qolib borayotgan turlarini saqlab qolish maqsadida XX asrning 2-yarmidan boshlab qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalar tashkil etildi.

Turkiston xududi ichki o`lka bo`lganligidan tipik kontеnеntal iqlim o`lkalar qatoriga kiradi. Uning asosiy qismi mo`'tadil janubiy qismi suptropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Mo`tadil mintaqadagi xududi qurg`oqligi qishning ancha sovuqligi suptoripikdagisi esa yozning quruqligi issiqligi qishning esa nisbatan iliqligi bilan ajralib turadi. O`lkada asosan chala cho`l cho`l voxa va tog` landshaftlari xukumdordir. Iqlimda o`ziga xos kеskinliklar mavjud. Cho`llarda yog`in miqdori 70-80 mm dan tog`larda 1000 mm gacha boradi. Qishda shimoliy sharqiy qismida 50 li sovuqlar yozda janubda 50 li jazirama issiqlar kuzatiladi.



Model hisob-kitoblari (ssinariylar) asosida 2030, 2050 yillar va XXI asr oxirigacha iqlimning global o'zgarishlari ehtimoliy prognozi amalga oshirilgan. Olingan natijalar ko‘rsatadiki, bu yuz yillikda iqlimning isishini kutish lozim. Ko‘plab tadqiqotchilar isishning sababini antropogen kelib chiqishga ega bo‘lgan „issiqxona“ gazlari, asosan uglerod ikki oksidi, bilan bog'lashmoqda. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, golosenning ikkinchi yarmida atmosfera harorati o'zgarishining uglerod ikki oksidi kosentrasiyalari bilan kuchsiz bog'liqliqligi aniqlangan. Ehtimol, bu oxirgi ming yilliklardagi C 0 2 miqdoriy tebranishlari haqidagi ma’lumotlarning yetarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lishi m u m k in ^er tarixida bunday tebranishlar bir necha bor kuzatilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, tadqiqotchilarning bir qismi isish, model hisob-kitoblari ma’lumotlaridan kelib chiqadigan darajada sezilarli bo'lmaydi, deb hisoblashga moyil. XXI asrda isishning eng katta ehtimoliy oqibatlarini ko‘rib chiqamiz. Ularga Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, atmosfera umumiy sirkulyasiyasi intensivligining o‘zgarishi, iqlim mintaqalarining siljishi va kengayishi kiradi. Agar harorat har o‘n yilda 0,3°C ga ortib boraversa, XX yuz yillikda boshlangan Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi XXI yuz yillikda ham davom etadi. Qutb muzliklarining erishi Dunyo okeani sathining 2030 yilgacha 20 sm, yuz yillik oxiri borib'feO sm ga ko'tarilishiga olib keladi. Bu ko‘tarilish ko‘pgina orol davlatlarining hamda G ‘arbiy Yevropadagi qator davlatlar qirg‘oqlarining (Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, G ermaniya, Rossiya va boshqalar) suv ostida qolishiga olib keladi. Voqe’alarning bunday rivojlanishi dunyoning qator mintaqalarida iqtisodiy va siyosiy keskinliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Yuqori va tropik kengliklar troposferalari orasidagi termik farqning kamayishi atmosfera umumiy sirkulyasiyasi jarayonining o‘zgarishiga olib keladi. Siklonik faoliyatning jadalligi susayib, o ‘rta va subtropik kengliklardagi yog'inlar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Boshqa tomondan, iliqroq okean yuzasidan bug‘lanishning ortishi atmosferaning umumiy namlik miqdorini orttiradi. Tropik siklonlarning jadalligi va faolligi orta163 di, bu kegliklaroro namlik aylanishini kuchaytiradi va o‘z navbatida yog'inlar miqdorining ortishiga olib keladi. Bir tomondan, mintaqaviy darajada yog'inlar miqdori kamayadi va qurgf5qchilik chastotasi va intensivligi ortadi (Afrika va Osiyoning ba’zi hududlari, Avstraliya va boshqalar), boshqa tomondan, shimoliy yarimsharning o ‘rta va yuqori kengliklarida (G ‘arbiy va Sharqiy Sibir) qishki yog'inlarning ortishi yuz berishi mumkin. Iqlim mintaqalarining siljishi va kengayishi bir qator salbiy iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va, xatto, siyosiy xarakterdagi oqibatlarga olib kelaishi mumkin. Ular quyidagilar. • ko‘pchilik tropik va subtropik mintaqalarda qisliloq xo‘jaligi tuzilmalari hosildorligining umumiy kamayishi; masalan, 25°C haroratli kunlaming 10-30 kundan 50-70 kunga ortib ketishi/karam hosildorligini 10- 55% ga pasayishiga olib keladi. Ma’lum darajadan yuqori havo haroratli vaqt davomiyligining ortishi pomidor, poliz ekinlari, kartoshka, paxta va boshqalar xosildorligining kamayishiga olib keladi; I • hozirgi vaqtdayoq ichimük suvi tanqis bo‘lgan ko'plab mintaqalar aholisi suvning yanada tanqislashuvini boshdan kechiradi; 0 ‘rta Osiyoda suvning asosiy manbai tog‘liklardagi qor va muzliklar hisoblanadi, va bu muzliklaming o‘zi ham yo‘qolib ketish havfi ostida qoladi; > • yuqori haroratlarning ta’siri natijasida o‘lim darajasi va jiddiy kasalliklar bilan kasallanish ehtimolligi ortadi; prognozlarga qaraganda 2050 yilgacha aholining shu sabablar natijasidagi o‘lim darajasi 1,5-2% ga ortadi. Bu ayniqsa keksalar, diabet bilan kasallanganlar, yurak qon-tomir va nafas organlari kasalliklari bilan kasallanganlar va boshqalar orasida yuqori bo‘ladi; muayyan joy uchun oldin odatiy bo‘lmagan patogen viruslar va kanalar orqali

yuqadigan kasalliklar tarqala boshlaydi; 4 • suv bosishi, qurg'oqchilik, yer ko‘chkisi, qor ko'chkisi, sel olishi kabi tabiiy ofatlar va halokatlar ko‘payadi; ( • ekotizimlarga, jumladan, osongina zararlanadigan marjon qoyalar, qirg‘oqbo‘yi biogeosenozlariga katta zarar yetadi; • mulk, infratuzilma, davlat muassasalari va jismoniy shaxlarga katta zarar yetadi, bu sug‘urta tizimini inqiroz holatga keltirishi mumkin. . Biroq, iqlimning o‘zgarishlaridan potensial manfaatlar ham kutilishi mumkin. Ular quyidagilar: *2 • o‘rta kengliklardagi ba’zi hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari (donli ekinlar, kartoshka) hosildorligining ortishi va subtropik o‘simliklarni (sitrus mevalari, uzum va boshqalar) o‘stirish imkoniyati yuzaga keladi; 1 • yuqori va o‘rta kengliklarda binolami isitishga energiya sarfi kamayadi; ^ • o‘rta va yuqori kengliklarda aholining qish davridagi o'lim darajasi kamayadi; 164 • ba’zi mintaqalarda (masalan, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida) ichimlik suvi miqdori ortadi. Shunday qilib, iqlim o‘zgarishi kompleks va ko‘p omilli hamda inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oluvchi muammo hisoblanadi. Shu munosabat bilan davlatlararo darajadagi moslashuv siyosati deb ataluvchi siyosatni ishlab chiqish zarur. Bu davlatning yoki davlatlar guruhining qonunchilik darajasida jamiyatning iqlim o'zgarishlariga, shu jumladan, iqlim tebranishlari va ekstremal hodislarga ta ’sirchanligini kamaytirishga yo'naltirilgan jarayonlami tartibga solish va rag‘batlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oluvchi faoliyatidir.



Foyalanilgan dabiyotlar

  1. Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988.

  2. Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988.

  3. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelstvo Moskovskogo Universiteta, 1988.

  4. Ryabchikov A.M. Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968.

  5. Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976.

  6. Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985.

  7. Leontyev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982.

  8. Ensiklopeditseskiy slovar geograficheskix terminov. M: 1968.

  9. www.ziyonet.uz

Download 75.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling