Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o
Download 47.13 Kb.
|
KALDERON VA SHEKSPIRNING DRAMATIK ASARLARIDA UYQUNING VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining ob'ekti: Kalderon va Shekspirning dramatik asarlarida uyquning vazifalari mavzusiga oid ma'lumotlar va ularning amaldagi tahlili.
Kurs ishining maqsadi: Kalderon va Shekspirning dramatik asarlarida uyquning vazifalari o’rganish va tahlil etishdan iborat. Kurs ishining predmeti: Kalderon va Shekspirning dramatik asarlarida uyquning vazifalari tahlili ustida ham mulohazalar,uning asarlari va asarlarida ilgari surilgan g’oyalar va ularning bugungi kundagi ahamiyati. Kurs ishining vazifalari: 1.Uilyam Shеkspir: sеrqirra ijod va mashaqqatli hayotini o'rganish; 2.Shekspir komediyalari va "Venetsiyalik savdogar" komediyasining qisqacha tavsifini o'rganish; 3. Kalderon va Shekspirning dramatik asarlarida uyquning vazifalarini o’rganish; 4. Kalderon va Shekspirning dramatik asarlarida uyquning vazifalari tasnifini o‘rganish va tadqiq etishdan iborat. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism (3ta paragraf), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 1.Uilyam Shеkspir: sеrqirra ijod va mashaqqatli hayot Uilyam Shekspir — ingliz dramaturgi va Uyg‘onish davrining shoiri, qirol truppasi aktyori. “Venera va Adonis” (1593, mifologik syujet), “Lukresiya” (1594, Rim tarixi) kabi jami 4 ta doston, 154 ta sonet va 37 ta pyesani o‘z ichiga olgan “Shekspir kanoni” muallifi. Shekspir teatr san’ati rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Uning tragediyalari jahon adabiyoti durdonalari safidan o‘rin olgan. Shekspir asarlari bugungi kunda ham dunyo sahnasidan tushmay kelayotir. Shuncha samarali mehnati va shon-shuhratiga qaramay, Uilyam Shekspir hech qanday mukofot olmagan, diplom bilan ham taqdirlanmagan1… Uilyam Shekspir Shimoliy Londondan 1600 chaqirim olisdagi, aholisi 1500 kishi bo‘lgan Stratford-Eyvonda tug‘ilgan. Bu shaharcha qo‘ylarni so‘yish va sotish hamda teri savdosi markazi edi. Shekspirning tavallud sanasi ma’lum emas. 1564 yilning 26 aprelida cho‘qintirilgani yozib qoldirilgan. xolos. Yelizaveta I zamonida tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilmagani bois, bu sanani rasmiy shahodatnoma deyish mumkin. Cho‘qintirish tug‘ilgandan bir necha kun o‘tganidan so‘ng o‘tkazilgani bois, Shekspir 1564 yilning aprel oyida tug‘ilgani haqiqatga yaqin. Uning 23 aprelda dunyoga kelgani hech qanday tarixiy asosga ega emas (o‘sha paytlarda chaqaloqlarni 3 kundan so‘ng cho‘qintirishgan). Biroq ajablanarlisi shundaki, u 1616 yilning aynan shu kunida hayotdan ko‘z yumgan. Bu avliyo Georgiy, ya’ni Angliya olijanob homiysining bayrami edi, shunday ekan, ulug‘ ingliz dramaturgining tavallud sanasini yaxshi kun deb hisoblash mumkin. Uilyam Shekspir shiterfildlik kosib Jon Shekspir va Meri Ardenning o‘g‘li edi. Ular 1557 yili turmush qurishdi va mashhur dramaturg tug‘ilgan deb hisoblangan Xenli-Stritdagi uyda yashay boshlashdi. Oilada sakkiz nafar farzand bor edi: Joan (1558 yil 15 sentyabrda cho‘qintirilgan, kichkinaligida vafot etgan), Margaret (1562 yil 2 dekabrda cho‘q., 1563 yil 30 aprelda dafn etilgan), Uilyam, Gilbert (1566 yil 13 oktyabrda cho‘q., 1612 yilning 2 fevralida dafn etilgan), Joan (1569 yil 15 aprelda cho‘q., 1646 yil 4 noyabrda dafn qilingan), Enn (1571 yil 28 sentyabrda cho‘q., 1579 yil 4 aprelda dafn etilgan), Richard (1574 yilning 11 martida cho‘q., 1613 yil 4 fevralda dafn qilingan), Edmund (1580 yil 3 mayda cho‘q., 1607 yil 31 dekabr kuni Londonda dafn etilgan). Oila boshlig‘i Jon Shekspir Uilyam tug‘ilgunga qadar jun gazlama olibsotarligi uchun javobgarlikka tortilgan va oldermen unvoni bekor qilingan edi. Mazkur xonadonning Rim-katoliklikka mayli bo‘lgani haqida ayrim ma’lumotlar mavjud. Shekspirning qayerda tahsil olgani haqida ham aniq manba yo‘q. Aftidan, u 1553 yili Stratfordda ochilgan bepul maktabda o‘qigan. Mazkur bilimgoh ularning uyidan chorak chaqirim narida edi. Maktabni o‘zi nomi bilan yuritgan qirol Eduard VI “butun qirollik bo‘yicha yaxshi adabiyotlarni tarqatish” maqsadida mablag‘ bilan ta’minlardi. Ta’limning ma’lum qismi tilni yaxshi o‘rganish, lotinda tomoshalar uyushtirishdan iborat edi. Shekspirning oliy ma’lumot olgani borasida manbalar qoldirilmagan. U Stratfordda doimiy yashagan vaqtida teatr truppalari shaharga kamida 12 marta tashrif buyurardi. Jumladan, amaldorlar uchun ikki bor chiqish qilinar, tomoshabinlar orasida esa Jon Shekspir ham bo‘lardi. U sud noziri sifatida truppaning chiqishlari uchun ruxsatnoma berardi. 1582 yilning 28 noyabrida Stratfordga yaqin Templ-Graftonda 18 yoshli Shekspir 26 yashar Enn Xatatuyga uylandi. Qizning ikki qo‘shnisi Fulk Sendels va Jon Richardson mazkur nikoh uchun hech qanday huquqiy to‘siq yo‘qligiga kafolat berishdi. Aftidan, to‘yga shoshilinch tayyorgarlik ko‘rilgan, ularning to‘ng‘ich qizi Susanna 1583 yil 26 mayda, ya’ni to‘ydan 6 oy o‘tib dunyoga keldi. Egizaklar — o‘g‘il Xamnet va qizaloq Judit 1585 yilning 2 fevralida cho‘qintirildi. Xamnet 1596 yili, Susanna 1649 va Judit 1662 yili vafot etdi. Egizaklari tug‘ilganidan so‘ng va London teatri sahnasidagi ishlari esga olinmaguncha, onasining mulki uchun sudga murojaat qilganidan tashqari, Shekspir hech qanday tarixiy iz qoldirmagan. 1585 va 1592 yillar orasidagi yetti yilni Shekspirning yo‘qotilgan yillari deyish mumkin, chunki bu vaqtda uning qayerda bo‘lgani, nima sababdan Stratfordni tark etganini isbotlovchi hech qanday ma’lumot uchramaydi. Uylangan erkak sifatida Shekspirning universitetda tahsil olishga haqqi yo‘q edi. Qolaversa, u jiddiy aktyorlar gildiyasiga rasmiy ravishda qabul qilinmasdi. Biroq “o‘quvchilik dargohi” hisoblangan ayrim kompaniyalar ham bo‘lganki, ularning qat’iy talablari Shekspir uchun imkoniyat edi. Bu paytda Shekspirlar oilasi allaqachon jentlmenlar huquqiy holati va gerbini olishni xohlardi. Uilyamning otasi Jon, xuddi xotini kabi, nasl-nasabi jihatidan gerb olishga haqqi bo‘lgan.2 U gerald palatasiga murojaat qilishi mumkin edi, biroq moddiy ahvolining yomonlashgani bunga xalaqit bergan. Arznoma 1596 yili — ishlari gullab-yashnayotgan Uilyam tashabbusi bilan taqdim etildi. Gerbga “huquqsiz emas” jumlasi ilova qilindi, biroq o‘sha paytdagi tasvirlarda u qo‘llanilmadi. Darvoqe, ijtimoiy huquqiy holatning tiklanish mavzusi Shekspir pyesalarida uchraydi. 1596 yili u avliyo Yelenadagi Bisholgeytga ko‘chib o‘tdi, 1598 yili esa Ben Jonson yozgan “Every Man in His Humour” pyesasi aktyorlari ro‘yxatining yuqorisidan joy oldi. Shuningdek, Jonson qalamiga mansub “Sejanus: His Fall” pyesasi aktyorlari ro‘yxatiga ham kiritildi. O‘sha yildan e’tiboran Shekspirning ismi uning asarlari nashrida paydo bo‘la boshladi. Dramaturglik faoliyatidan tashqari, Shekspir o‘zining spektakllarida ham rol ijro etgan degan fikrlar bor, masalan, Gamlet otasining arvohini o‘ynagan… Taxminan 1599 yili Shekspir Temza orqali Sautuarkka ko‘chib o‘tdi. Keyin esa xotinining xarxashalaridan bezor bo‘lib, Londonga tashrif buyuradi. Uning birinchi pyesasi “Genrix VI” shu yillarda yozilgan. Asarlari tilga olina boshlangach, o‘sha paytda London sahnalarida “hukmronlik” qilgan Robert Grin boshchiligidagi dramaturglar guruhi tomonidan hamlaga duch keldi. Ular Shekspirni o‘zlarining patqalamiga tenglashlamoqchi bo‘lgan qarg‘aga qiyos qilishdi. Robert Grin yosh dramaturgni “mahmadona” hisobladi. U Shekspir qalamiga mansub “Genrix IV” pyesasining uchinchi qismidagi “O, ayol terisidagi arslon yuragi!” jumlasini hajviy tarzda “Mug‘ombir terisidagi arslon yuragi” deb yozib chiqdi. Birinchi aks-sado shunday edi. 1592 — 1594 yillarda vabo kasalligi tufayli teatrlar yopib qo‘yildi. Oradagi majburiy tanaffus vaqtida Shekspir “Richard III” xronikasi, “Xatolar komediyasi”, “Qaysarning quyilishi” komediyalari va birinchi tragediyasi bo‘lmish “Tit Andronik” hamda “Venera va Adonis”, “Lukresiya” dostonlarini yozdi. Teatr ish boshlagach, u Xandson homiyligidagi lord-kamerger truppasi tarkibiga qo‘shildi. Grin guruhi sahnadan ketdi. Shekspir davri boshlandi. 1594 yilning oxirida Shekspir Lord Chamberlain’s Men teatrining sheriklikdagi xo‘jayiniga aylandi. O‘sha zamondagi boshqa muassasalar kabi ushbu dargoh ham oqsuyak-homiy lord Chemberlen sharafiga shunday nomlangandi. 1595 — 1596 yillarda Shekspir “Romeo va Julyetta” tragediyasini, ortidan esa “Venesiyalik savdogar” komediyasini yozdi. 1599 yili “Globus” teatri ochildi. O‘sha yili u “Yuliy Sezar” tragediyasi va “Bu sizga yoqadimi?” komediyasini yozdi. Bir yil o‘tib esa “Hamlet”ni yaratdi. Shu bilan “ulug‘vor tragediyalar” davri boshlandi. Ketma-ket “Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605), “Makbet” (1606) yozildi. Komediyalar ohangi jiddiylashdi, “Troil va Kressida” (1601 — 1602), “Yaxshi bo‘lganida hammasi yaxshi tugaydi” (1603) kabi ba’zi asarlar esa mahzunlashdi.Shekspirning dramaturgiyani “ichkaridan” bilishi pyesalari dunyo miqyosida shuhrat qozonishini ta’minladi. U 1603 yilgacha sahnada rollar o‘ynadi, bu davrdan keyingi ijrosidagi spektakllar haqida esa ma’lumotlar yo‘q. Shekspirning nima sababdan aktyor sifatida shuhrat qozonmagani sababi esa ikkinchi darajali va epizodik rollarni o‘ynagani bilan bog‘liq. Har holda sahna maktabi bosib o‘tilgan — bu ish aktyorlarning tomoshabin bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish va anglashiga mislsiz yordam berdi. Shekspir uchun asarlarining tomoshabinbop bo‘lishi muhim edi, shu bois barcha pyesalarini sahnalashtirgan “Globus” teatri bilan mustahkam aloqada bo‘ldi. “Globus” turli ijtimoiy va mulkiy qatlamdagi 1500 nafar tomoshabinni o‘zida sig‘dirardi. Dramaturg va aktyorlar oldida turli-tuman doiradagi tomoshabinlar diqqatini bir tarzda jalb etishdek murakkab vazifa turardi. Shekspir pyesalari har jihatdan bu talabga javob berardi. Uning repertuari tufayli ko‘plab aktyorlar nomi jahonga tanilgan. Huquqiy va moliyaviy masalalarga oid turli hujjatlar Londonda istiqomat qilgan davrida Shekspirning ancha boyib ketganini tasdiqlaydi. U Blekfriars, Londondan ko‘chmas mulk va Stratford, Nyu-Pleysdan ulkan uy sotib olish imkoniyatiga ega edi. 1603 yilning 24 martida Yelizaveta I vafot etgach, Angliya toji Yakov I ga kiydirildi. Teatr truppasi uning tasarrufiga o‘tdi. Shekspir esa Stratfordga ketgunga qadar “Antoniy va Kleopatra”, “Koriolan”, “Afinalik Tina” pyesalarini yozdi. Keyin esa 1610 — 1612 yillarda “Qish ertagi” va “To‘fon” asarlarini yaratdi. 1604 yili xo‘jayinining qizi turmushga chiqdi va Shekspir to‘yda guvoh sifatida qatnashdi. 1612 yilgi hujjatlar uning bosh kiyimlari ishlab chiqaruvchi gugenot (fransuz protestanti) Kristofer Mauntjoyning ijarachisi bo‘lgani va shu ish yuzasidan sud tekshiruvi bo‘lganini ko‘rsatadi. Mauntjoyning shogirdi Stifen Bellot uning qiziga uylanayotganida Shekspir sep masalasida vositachi (guvoh) edi. Dramaturg o‘zaro kelishuv olib borishi kerak bo‘lgan. To‘y o‘tdi, biroq oradan sakkiz yildan so‘ng Bellot qaynotasini sudga berdi. U sep-sidirg‘aning faqat ma’lum qismi berilganini aytib, da’vo qo‘zg‘agan edi. Sudga chaqirilgan Shekspir tafsilotlar yodida qolmaganini ma’lum qildi. 1613 yili u Bleffriarsdagi sobiq monastir qorovulxonasini sotib oldi. O‘sha yili iyun oyida Shekspirning qizi Syuzanna Jon Leyn so‘zak kasalini yuqtirganini aytib, unga tuhmat qildi. Syuzanna va eri sudga murojaat qilishdi. Sud majlisiga bormagan Syuzanna bo‘htonchilikda ayblandi. 1614 yilning noyabrida Shekspir bir necha haftani Londondagi kuyovi Xollning uyida o‘tkazdi. Shekspirning birinchi pyesalari 1590 yil boshlarida, oxirgisi 1612 yilda yozilgan. Shunday ekan, uning ijod yo‘li uncha uzoq emas — yigirma yildan sal ko‘proq. Biroq mana shu ikki o‘n yillikda Shekspir dramaturgiyada ulkan o‘zgarish yasadi. Uning dastlabki komediyalarida o‘sha paytda urf bo‘lgan quvlik, makkorlik mavzusi uchramaydi. Xursandchilik uchun xursandchilik, hazil uchun hazil qiladilar. Qahramonlarning barchasi serqirra, psixologik yechimlar — murakkab va xilma-xil. Shekspir komediyalari qahramonlari hamisha noodatiy, ular timsolida Renessans davri xislatlari jam bo‘lgan: erkinlik, o‘tkir aql, mustaqillikka intilish va, albatta, g‘am-g‘ussa ila hayotni sevish. Aytish joizki, hatto komediyaning masxarabozlarcha sahnalarida ham Shekspir murakkab realistik fe’l-atvorlarni yaratadi (“Xatolar komediyasi”). Bunday asarlarda erkaklarga xos emin-erkinlik, serg‘ayratlik, faollik va yoqimtoylik ayollar timsolida gavdalanishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir.Uning pyesalari tili misli ko‘rilmagan tarzda boy: filolog va adabiyotshunoslarning tadqiqotiga ko‘ra, Shekspir lug‘ati 12000-15000 so‘zni tashkil etgani aniqlangan. Qahramonlar nutqi turli istiora, kinoya, qochirimlar bilan boyitilardi. Dramaturg o‘z pyesalarida XVI asr lirik she’riyatining ko‘plab shakllari — sonet, kanson (milliy kolorit saqlanib yozilgan sodda musiqiy asar), epitalama (nikoh to‘yi qo‘shig‘i) va boshqalardan foydalangan.3 Hayotining so‘nggi yillarida Shekspir adabiy faoliyatdan uzoqlashdi va oilaviy davrasida sezilmay yashadi. Aftidan, bunga og‘ir kasallligi sabab bo‘lgan — 1616 yil 15 martda shoshma-shosharlik bilan yozilgan vasiyatnomasi shundan dalolat beradi. XVIII asrdan boshlab hozirgi kungacha Shekspirning pyesalari mutlaqo boshqa kishiga tegishli ekanligi haqida taxminlar yuradi. Ikki asrdan ziyod vaqtki, bunday farazlar zamirida muallif “roli”da o‘ttizga yaqin insonlar — Frensis Bekon va Kristofer Marlodan tortib qaroqchi Frensis Dreyk va qirolicha Yelizavetagacha bo‘lgan da’vogarlar tilga olingan. Shekspir nomi ostida butun boshli mualliflar jamoasi ish yuritgan degan taxminlar ham mavjud. Bunga esa dramaturgning ko‘p qirrali ijodi sabab bo‘lgan: tragediya, komediya, tarixiy yilnoma, hissiy-falsafiy she’riyat — mashhur sonetlarni eslash kifoya. Hatto sanab o‘tilganlardan bitta janr olinganda ham Shekspir hayratomuz tarzda ko‘p qirrali bo‘lgani oydinlashadi. Biroq har qanday holatda ham — dramaturg va shoirning shaxsi haqida hali-beri nuqta qo‘yilmaydi — Renessans dahosining yozganlari avvalgidek butun dunyo rejissyorlari va aktyorlariga ilhom beraveradi. Vafotidan bir necha yil avval Shekspirning Stratfordni tark etgani haqida ilk ma’lumot bergan biograf Rou hisoblanadi. Biroq o‘sha davrda ishdan butunlay uzoqlashish noyob hodisa bo‘lib, Shekspir Londonga borishni kanda qilmagan. Dramaturg hayotining so‘nggi haftasida qizi Juditga uylangan Tomas Kuini ism-sharifli kishi xiyonatkorlikda ayblandi. Margaret Viler ismli ayol bola ko‘rgan va uning otasi Kuini ekanligini aytib, jar solgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, ayol va chaqaloq hayotdan ko‘z yumishdi. Shekspir qizi Juditga tegishli merosga Kuinning daxl qilmasligi uchun vasiyatnomani yaxshilab ko‘rib chiqdi. 1616 yilning 23 aprelida barcha zamonlar va xalqlarning eng mashhur dramaturgi 52 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Uning so‘nggi avlodi Syuzanna va Jon Xollning qizi Elizabet Xoll hisoblanadi. Bugungi kunda mashhur dramaturgning bevosita avlodlari yo‘q, biroq memuarchi Jon Obri yozib qoldirishiga ko‘ra, cho‘qintirilgan Uilyam Davenant o‘zini Shekspirning o‘g‘li hisoblagan. Uning onasi sharob ishlab chiqaruvchi bo‘lib, bir kuni Oksfordga ketayotib yo‘l ustida Londonda Shekspirning uyida bo‘lgan ekan.4 Shekspir Stratforddagi avliyo Troitsa mehrobida ko‘milgan. U ulug‘ dramaturg bo‘lgani uchun emas, balki katta miqdordagi to‘lovni amalga oshirib kelgani bois bu sharafga loyiq deb topilgan. Qabrdan uncha uzoq bo‘lmagan devorda qarindoshlari o‘rnatgan yodgorlik esa Shekspirning yozayotgan holatini o‘zida jo etgan. Har yili dramataturgning tavallud kunida yodgorlikdagi Shekspirning qo‘lidagi g‘oz pati yangilanadi. U qabr toshiga bitilgan so‘zlarni o‘zi yozgan muallif hisoblanadi. Download 47.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling