Termiz davlat unversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot
Innovatsion loyihalarni baholashning asosiy tamoyillari
Download 0.85 Mb.
|
Innovаtsiyalаr sаmаrаdorligini bаholаsh usullari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ø Fan va texnika taraqqiyotining prioritetli yoʼnalishlarini belgilash;
Innovatsion loyihalarni baholashning asosiy tamoyillariInnovatsion loyihaning dolzarbligi –bu uning davlat, region, xoʼjalik subʼektlari ilmiy innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalariga muvofiqligidir. Vazifalar boshqaruv subʼekti (davlat, region darajasidagi) yoki xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan belgilangan ilmiy-innovatsion, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik prioritetlardan kelib chiqib aniqlanadi. Prioritetlar rivojlanishning umumjahon tendentsiyalari, davlatning texnologik va ekologik xavfsizligini taʼminlash masalalarini hal etish zarurati, iqtisodiy oʼsish, turmush sifatini oshirish kabilarni aks ettirishi mumkin. Ular davlat, region, xoʼjalik yurituvchi subʼektning ilmiy-innovatsion rivojlanish strategiyasiga asosan belgilanadi. Uning umumiy yoʼnalishlariga quyidagilar kiradi:Ø Fan va texnika taraqqiyotining prioritetli yoʼnalishlarini belgilash;Ø Texnologik rivojlanishda ustunlikni taʼminlash, resurslarni qayta ishlashning yangi tamoyillari asosida yangiliklar yaratish;Ø Import qilinadigan analoglariga nisbatan yuqori raqobatbardoshlikka ega xalq isteʼmoli mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʼnalishida konversiyani amalga oshirish;Ø Аholi turmushini taʼminlash obʼektlarini texnik modernizatsiyalash, region iqtisodiyoti raqobatbardoshligini mavjud ilmiy-innovatsion va ishlab chiqarish salohiyatini maksimal qoʼllash asosida oshirish;Ø Raqobatbardoshlikni doimiy ravishda oshirib borish va eksportga yoʼnaltirilgan va import oʼrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʼbatlantirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling