Termiz davlat unversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot


Innovatsion loyihalarni baholashning asosiy tamoyillari


Download 0.85 Mb.
bet8/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1222505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Innovаtsiyalаr sаmаrаdorligini bаholаsh usullari (2)

Innovatsion loyihalarni baholashning asosiy tamoyillari

Innovatsion loyihaning dolzarbligi –bu uning davlat, region, xoʼjalik subʼektlari ilmiy innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalariga muvofiqligidir. Vazifalar boshqaruv subʼekti (davlat, region darajasidagi) yoki xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan belgilangan ilmiy-innovatsion, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik prioritetlardan kelib chiqib aniqlanadi. Prioritetlar rivojlanishning umumjahon tendentsiyalari, davlatning texnologik va ekologik xavfsizligini taʼminlash masalalarini hal etish zarurati, iqtisodiy oʼsish, turmush sifatini oshirish kabilarni aks ettirishi mumkin. Ular davlat, region, xoʼjalik yurituvchi subʼektning ilmiy-innovatsion rivojlanish strategiyasiga asosan belgilanadi. Uning umumiy yoʼnalishlariga quyidagilar kiradi:

Ø Fan va texnika taraqqiyotining prioritetli yoʼnalishlarini belgilash;

Ø Texnologik rivojlanishda ustunlikni taʼminlash, resurslarni qayta ishlashning yangi tamoyillari asosida yangiliklar yaratish;

Ø Import qilinadigan analoglariga nisbatan yuqori raqobatbardoshlikka ega xalq isteʼmoli mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʼnalishida konversiyani amalga oshirish;

Ø Аholi turmushini taʼminlash obʼektlarini texnik modernizatsiyalash, region iqtisodiyoti raqobatbardoshligini mavjud ilmiy-innovatsion va ishlab chiqarish salohiyatini maksimal qoʼllash asosida oshirish;

Ø Raqobatbardoshlikni doimiy ravishda oshirib borish va eksportga yoʼnaltirilgan va import oʼrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʼbatlantirish.



Innovatsion loyihaning umumiy ahamiyati xoʼjalik subʼektining davlat, region va tarmoq darajalari nuqtai nazaridan baholanishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda loyiha davlat, region va tarmoq ahamiyatiga ega boʼlishi yoki faqat xoʼjalik subʼekti uchun ahamiyatga ega boʼlishi mumkin. Ushbu baholashlar muayyan loyihaga nisbatan turli nisbatlarda boʼlishi mumkin.

Mamlakat darajasidagi ahamiyat davlatning ilmiy innovatsion va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga mos ravishda aholi turmushining barcha sohalarida davlat miqyosidagi muammolarni hal etish bilan bogʼliq boʼladi. Regional ahamiyat hudud salohiyatini amalga oshirish maqsadlari, mazkur regionga xos ijtimoiy iqtisodiy muammolarni yechish darajasini aks ettiradi. Tarmoq darajasidagi ahamiyat loyihaning berilgan tarmoqda faoliyat koʼrsatuvchi koʼpgina xoʼjalik subʼektlari uchun muhim boʼlgan umumtarmoq muammolarini hal etishga taʼsirini hisobga oladi. Loyihaning xoʼjalik subʼekti uchun ahamiyati uning texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal etishi asosida bozordagi mavqeining oshishi nuqtai nazaridan belgilanadi. Loyihaning umumiy ahamiyati shartli ravishda 3 baholanish darajasiga ega boʼlishi mumkin: birlamchi—birinchi darajali muammolarni hal etish; ikkilamchi—prioritetli masalalarni yechish; uchinchi darajali—joriy muammolarni yechish.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling