Termiz davlat unversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot


Ø Loyihani butunlay baholaganda, bunda loyihaga investitsiya qilinadigan mablagʼlar ularning paydo boʼlish manbalariga (oʼz yoki qarz mablagʼlari, ichki yoki tashqi mablagʼlar) bogʼliq boʼlmagan ravis


Download 0.85 Mb.
bet6/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1222505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Innovаtsiyalаr sаmаrаdorligini bаholаsh usullari (2)

Ø Loyihani butunlay baholaganda, bunda loyihaga investitsiya qilinadigan mablagʼlar ularning paydo boʼlish manbalariga (oʼz yoki qarz mablagʼlari, ichki yoki tashqi mablagʼlar) bogʼliq boʼlmagan ravishda baholanadi;

Ø Loyihani moliyalashtirish uchun oʼz mablagʼlarini ishlatish samaradorligi baholanganda.

Maʼlumki, umuman samarali, lekin qimmat kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyiha tashabbuschi hamda investor uchun jozibador boʼlmaydi. Shu orqali investitsiyalashdan oldingi bosqichda loyiha samaradorligining 2 tur baholanishi mavjudligi asoslanadi. 1-rasmda innovatsion jarayon bosqichlari ( innovatsiyalar hayotiylik sikli) boʼyicha innovatsion loyihani amalga oshirish uchun zarur boʼlgan investitsiyalar batafsil yoritilgan. Shuningdek, loyihani amalga oshirish bosqichiga bogʼliq ravishda investitsiyalarning qaysi koʼrinishi optimalligi, investitsiyalar qaytimi, foyda koʼrish, sotuvlar pasayishi va b. koʼrsatib berilgan:

Loyihani kelgusida realizatsiya etishning maqsadga muvofiqligi boʼyicha qarorlar qabul qilishda ishlatilishi mumkin boʼlgan loyiha samaradorligini baholash koʼrsatkichlarini batafsilroq koʼrib chiqamiz. Loyiha samaradorligi xarajatlar va natijalar nisbatini aks ettiruvchi koʼrsatkichlar tizimi bilan xarakterlanadi. 2-rasmda innovatsion loyiha samaradorligi koʼrsatkichlari keltirilgan.

Loyihaning moliyaviy samaradorligi talab etilgan daromad meʼyorini taʼminlovchi moliyaviy xarajatlar va natijalar nisbati bilan aniqlanadi. Moliyaviy samaradorlik butun loyiha boʼyicha va ham alohida loyiha ishtirokchilari boʼyicha hisoblanishi mumkin. Bunda tahlil obʼekti boʼlib real pul oqimi hisoblanadi.

Byudjet samaradorligi koʼrsatkichlari loyihani amalga oshirish natijalarini muayyan (davlat, region, mahalliy) byudjet jarajatlari va daromadlariga taʼsirini aks ettiradi. Byudjet samaradorligining asosiy koʼrsatkichi boʼlib byudjet samarasi hisoblanadi va u loyihada koʼzda tutilgan davlat va region moliyaviy moliyaviy qoʼllab quvvatlashi choralarini asoslashda ishlatiladi. Loyihani amalga oshirish byudjet samarasi tegishli byudjet daromadlarining xarajatlariga nisbatan loyihani amalga oshirish natijasida oshishi bilan aniqlanadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling