Termiz davlat unversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot


Innovatsiyalar samaradorligini baholash muammosi, uning mohiyati


Download 0.85 Mb.
bet2/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1222505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Innovаtsiyalаr sаmаrаdorligini bаholаsh usullari (2)

Innovatsiyalar samaradorligini baholash muammosi, uning mohiyati.

Kapital qoʼyilmalarning (investitsiyalarning) samaradorligini majmuali baholash muammosi turli daraja iqtisodchi-olimlar va amaliyotchi-rahbarlarning doimiy diqqat markazida boʼlib kelgan va hozirda ham oʼz dolzarbligini yoʼqotganicha yoʼq. Soʼnggi oʼn yillikda ushbu muammoga bagʼishlangan koʼpgina ilmiy qoʼllanmalar nashr etilib, umumdavlat, tarmoq va hududiy darajada qoʼllanishga moʼljallangan investitsiyalash obʼektlariga kapital qoʼyilmalarni iqtisodiy asoslash sohasida turli metodik koʼrsatma va yoʼriqnomalar ishlab chiqildi.

Mazkur koʼrsatmalarning yangilik darajasi, hozirgi real iqtisodiy sharoitlarga mos kelishi va ularning innovatsion loyihalarni baholashda foylanish imkoniyatlari qanday, degan savol tugʼilishi tabiiydir. Biroq, ushbu savolga javob izlashdan oldin, mamlakat iqtisodiyotining hozirgi zamon holati va rivojlanish istiqbollariga qiyosan, kapital qoʼyilmalarning ayrim metodologik masalalariga toʼxtash maqsadga muvofiq. Investitsiyalar samaradorligini baholash masalasi avvalo, investor oldida, yaʼni tasarrufida kapital resurslar boʼlgan hamda ularni investitsiyalash orqali muayyan foyda olishni koʼzlayotgan xoʼjalik yurituvchi subʼekt oldida koʼndalang turadi. Bunda foyda umumlashtirilgan holda investor ehtiyojlari asosida shakllangan maqsadlarga erishish darajasi sifatida talqin etilishi mumkin.

Bozor iqtisodiyoti nazariyasining klassik yoʼnalishlariga muvofiq, birlamchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyati ( mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va oxirgi isteʼmolchilar) ushbu faoliyatning sohalari va yoʼnalishlari boʼyicha tanlov erkinligiga asoslanadi, bunda davlatning funktsiyalari esa, birlamchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼzaro aloqa jarayonlarini tartibga solishdan iborat. Bunday sharoitda ular faoliyati samaradorligi mezonlarining kamida 2 koʼrinishini ajratish zarur degan xulosa kelib chiqadi. Birinchidan, bu birlamchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlari faoliyati samaradorligining lokal mezonlari boʼlib, belgilangan tashqi cheklovlar doirasida uzoq muddat maksimal foyda koʼrishga intiladi. Ikkinchidan, bu butun iqtisodiy tizim faoliyati samaradorligining global mezoni boʼlib, jamiyatning dinamik ravishda rivojlanishini taʼminlashga yoʼnaltirilgan davlat siyosatining asosida yotishi kerak. Ushbu turli va qarama-qarshi mezoniy guruhlarining mavjudligini eʼtirof etish esa, kapital qoʼyilmalar samaradorligini baholashning turli metodlarini ishlab chiqishni talab etadi va ular qabul qilingan tasniflanishga koʼra, makro yoki mikroiqtisodiy boʼlishi mumkin.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling