Termiz davlat unversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot


Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari va yondashuvlari tahlili quyidagi hulosaga kelishga imkon beradi


Download 0.85 Mb.
bet5/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1222505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Innovаtsiyalаr sаmаrаdorligini bаholаsh usullari (2)

Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari va yondashuvlari tahlili quyidagi hulosaga kelishga imkon beradi:

Ø Maʼmuriy iqtisodiyot sharoitlari uchun ishlab chiqilgan kapital qoʼyilmalar iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari nazariy va amaliy jihatdan iqtisodiy islohotlar rivojlanishining hozirgi holatiga javob bermaydi;

Ø Bugungi kunda investitsion tahlilning xorijiy tajribalari muhim ahamiyat va dolzarblik kasb etadi. Bunda butun innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligini baholashga imkon beruvchi moliyaviy oqimlar tahliliga asoslangan iqtisodiy samaradorlikni baholashning dinamik metodlari bilan birga investitsion dasturlarni amalga oshiruvchi IK moliyaviy holatini investitsion davr hisobot yillari boʼyicha tadqiq etishga asoslangan statistik metodlar keng qoʼllaniladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalar samaradorligini baholash

Innovatsion loyihani ishlab chiqishning investitsiyalashdan oldingi bosqichida yangiliklarni ITTKI tugallanib, loyihaning texnik parametrlari mavhumiyligi tugatiladi. Bu sharoitlarda, loyihaning kelgusi realizatsiyasi boʼyicha masalani yechishda loyiha samaradorligini baholash uchun iqtisodiy (moliyaviy) koʼrsatkichlar birinchi darajali muhimlik kasb etadi. Innovatsion loyihani ishlab chiqishning mazkur bosqichida uning xarakteristikalari boshqa investitsion loyihalardan farq qilmaydi:

Ø Yangilik (mahsulot, xizmat) ishlab chiqarishni tashkil etish va realizatsiya etish uchun tashkilotning investitsiyalarga ehtiyoji. U yetarli ishonchililik darajasi bilan loyiha realizatsiyasi rejalashtirilgan masshtablari asosida baholanishi mumkin;

Ø Sotuvlar istiqbolidagi mavhumlikning mavjudligi (moliyaviy muvaffaqiyat ehtimoli). Bunda sotuvlar hajmining darajasi ham ichki(masalan, marketing tadqiqotlarining chuqurligi va yoʼnalganligi) va ham tashqi(bozor konʼyukturasi) omillarga bogʼliq boʼladi.

Investitsiyalashdan oldingi bosqichda innovatsion loyihalar investitsion samaradorlik koʼrsatkichlari yordamida baholanishi mumkin. Loyiha samaradorligini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling