Termiz davlat unversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot


Download 0.85 Mb.
bet3/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1222505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Innovаtsiyalаr sаmаrаdorligini bаholаsh usullari (2)

Bozor munosabatlari sharoitida oʼzini oʼzi moliyalashtirish va qoplash asosida asosida faoliyat koʼrsatayotgan hamda investitsiyalashni amalga oshirayotgan innovatsion korxona (IK) va boshqa ilmiy korxonalar oldida istiqboldagi foydalilik—mazkur investitsiyalarning pirovard iqtisodiy samaradorligi masalasi turadi. Shu munosabat bilan innovatsion korxonalar noaniqlik va mavhumlikning u yoki bu darajasini inobatga olgan holda ushbu investitsiyalardan qancha jami daromad kelishi mumkinligini prognozlashtirishi lozim. Buning uchun qabul qilinadigan qarorlar iqtisodiy asoslanishining mos usul va vositalari toʼplami ishlatilishi kerak.

Hozirgi zamon xoʼjalik mexanizmi tub isloh qilinayotgan, uning iqtisodiy rivojlanishning bozor modellariga yoʼnalayotganligi sharoitida investitsiya qarorlarini iqtisodiy asoslash muammosi alohida dolzarblik kasb etadi. Bu turdagi muammolar ham birlamchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar darajasida (IK va tashkilotlar), va ham milliy iqtisodiyotni boshqarishning yuqori boʼgʼinlarida, xususan, ilmiy, ijtimoiy va boshqa umumdavlat dasturlarini moliyalashtirish uchun byudjet mablagʼlari taqsimotida vujudga keladi.

Bozor iqtisodiy tizimida faoliyat koʼrsatadigan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning muhim farqli oʼziga xosligi boʼlib, faoliyati davomida erishishni koʼzlagan maqsadlari oʼrtasidagi farqlar hisoblanadi. Bunda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tartibga solish vazifasi boʼlgan boshqaruv-hokimiyat davlat organlari global, jamiyatni rivojlanishi, xalq xoʼjalik maqsadlaridan kelib chiqib faoliyatini yuritishi lozim. Hozirgi sharoitda davlat boshqaruv organlari maqsad va vazifalarining oʼzi oldingi maʼmuriy-buyruqbozlik tizimidagidan farq qilmaydi. Biroq, ushbu maqsadlarni amalga oshirish usullarida katta farq mavjuddir. Аgar maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida umumdavlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vositasi va xalq xoʼjaligi birlamchi obʼektlarini toʼgʼridan-toʼgʼri boshqarish shakli sifatida reja tursa, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat birlamchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyati tashqi sharoitlarini shakllantiradi, milliy iqtisodiyotning oʼsishi uchun stimullar yaratadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling