Termiz davlat unversiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot


Download 0.85 Mb.
bet4/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1222505
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Innovаtsiyalаr sаmаrаdorligini bаholаsh usullari (2)

Oʼz navbatida, faqatgina davlat tomonidan belgilangan va barcha subʼektlar uchun bir xil boʼlgan “oʼyin qoidalari” bilan cheklangan birlamchi xoʼjalik subʼektlari oʼz faoliyatini uzoq istiqbolda maksimal shaxsiy foyda koʼrish kabi lokal maqsadlarni koʼzlagan holda quradi. Xoʼjalik subʼektlarining maqsadlaridagi farqlar, asosan investitsion qarorlar asosida turuvchi turli mezonlar, shuningdek, investitsiyalar samaradorligini baholash metodlarida namoyon boʼladi. Ushbu yondashuvlar va metodlarni yuqorida aytilganidek, agar ular asosida investitsiyalar samaradorligining global mezonlari yotgan boʼlsa, shartli ravishda makroiqtisodiy, lokal mezonlarga asoslangan boʼlsa, mikroiqtisodiy deb atashimiz mumkin.

Har bir innovatsion loyiha (ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida) realizatsiyasidan oldin 2 oʼzaro bogʼliq metodik masala yechimi turishi lozim, bular: 1) loyihani amalga oshirish har bir varianti samaradorligini baholash; 2) variantlarni taqqoslash va eng toʼgʼrisini tanlash.

Mulkchilikning davlat shakli va iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usullarini qoʼllash hukmronligi sharoitida unga mos keluvchi barcha korxona va tashkilotlar uchun yagona boʼlgan, markazlashtirilgan xoʼjalik qarorlari samaradorligini baholash yondashuvi amal qilardi. Uning asosini bir tamoyil tashkil etib, davlat uchun nima foydali va samarali boʼlsa, oʼsha barcha xoʼjalik subʼektlari uchun samarali boʼlishi kerak mazmunini berardi. Ushbu tamoyil barcha subʼektlar uchun yagona mezon—yangilikni realizatsiya etishning barcha bosqichlarida erishiladigan iqtisodiy samarani nazarda tutgan. Metodik bahs asosan, samara baholanadigan koʼrsatkichlarga tegishli boʼlib, baʼzida bu yangilikni realizatsiya etishga “keltirilgan xarajatlar”, ayrim paytda “integral” va yana baʼzan “yillik iqtisodiy samara” boʼlgan.

Maʼmuriy boshqaruv tizimi sharoitida iqtisodiy asoslashlar garchi har bir xoʼjalik qarorining majburiy talabi boʼlsada, amalda koʼpincha ikkinchi darajali boʼlib, nomigagina olib borilgan. Ham ajratilgan kapital qoʼyilmalarini oʼzlashtiruvchi tashkilotlar va ham ularning taqsimoti bilan shugʼullanuvchi muassasalar shunchaki ijrochilar edi, sababi ular ajratiladigan pul mablagʼlarining egalari emasdi. Bundan tashqari, kapital qoʼyilmalarni amalga oshirish uchun pul mablagʼlarini ajratish koʼpincha qaytarmaslik sharti bilan amalga oshirilardi. Xoʼjalik qarorlarini asoslashga bu kabi yondashuv xoʼjalik holatining yomonlashuviga olib kelgan. Koʼpgina hollarda qoʼlga kiritilgan asbob-uskuna yillar davomida ishlatilmay yoki toʼla quvvatda foydalanilmay turgan. Xorijdan valyutaga sotib olingan Yangi texnika mavjud texnologik jarayonlarga mos kelmaganligi oqibatida oʼzining texnik darajasidagi kutilgan qaytimni bermagan.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling