Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti
Download 322.82 Kb.
|
Abdiyev S 321
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`plam birliklari – statistik to`plamni bunyod etuvchi unsurlardir.
- Belgi – to`plam birligining alomatlari, xislati va h.k.
- Variatsion belgi – birlikdan-birlikka farq lanuvchi belgidir. Atributiv belgi – mazmunan bir - biridan
Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti 2-bosqich 321-guruh talabasi Abdiyev Safaralining Statistika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. Refarat.
Tayyorladi: Abdiyev S Qabul qildi : Bobomurodov I Mavzu:Taqsimot qatorlari turlari. Atributiv va variatsion qatorlar. Reja: 1. Statistik to’plam belgilari 2. Variatsion qatorlar va ularning turlari . 3. Atributiv qatorlar. To`plam birliklari – statistik to`plamni bunyod etuvchi unsurlardir. Statistika o`rganadigan to`plamni bunyod etuvchi unsurlar uning birliklari deb ataladi. To`plam tuzish, demak, uni tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashdir. Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birlik ta`riflanadi, ya`ni ularni bir-biridan va boshqa birliklardan ajratuvchi chegaralar belgilanadi; ikkinchidan mazkur statistik to`plam tarkibiga kiradigan va kirmaydigan birliklar aniqlanadi. To`plam birligi turli belgilarga ega. Ularning asosiy turlari Belgi – to`plam birligining alomatlari, xislati va h.k. quyidagilardan iborat . Har qanday to`plam birligi o`ziga xos alomatlar, xislatlar, xossalar majmui bilan xarakterlanadi va ular uning belgilari deb ataladi. Statistik to`plamlar muhim belgilar asosida tuziladi. Ular ayrim birliklarda turli shakllarda namoyon bo`ladi, natijada birliklar birbiridan farq qiladi. Variatsion belgi – birlikdan-birlikka farq lanuvchi belgidir. Atributiv belgi – mazmunan bir - biridan farqlanuvchi belgi, miq doriy belgi esa – qiymatga ega bo`luvchi, son bilan ifodalanuvchi belgi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ataladi. Belgilar so`z bilan yoki son bilan ifodalanishi mumkin. Birinchi holda atributiv (sifat) belgilar, ikkinchisida - miqdoriy belgilar deb yuritiladi. Atributiv belgilar to`plam tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashga bevosita aloqadordir. Bunday belgilarning o`zgaruvchanligi birliklarni muqobil holatda talqin etganda ko`zga tashlanadi. Miqdoriy belgilar hamma to`plam birliklari uchun teng bo`lishi, bir son bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, barcha avtomashinalar to`rtta g`ildirakka ega, bir xil markali mashinalar motori odatda teng quvvatga ega. Odamlarning sezish, ko`rish, hid bilish, ishlash va harakat qilish organlari son jihatdan teng va h.k. Bunday miqdoriy belgilar statistic to`plam tuzish uchun asos bo`la olmaydi. Aksariyat, miqdoriy belgilar to`plam birliklarida turlicha ifodalanadi, bir-biridan farqlanadi, variatsiyaga (o`zgaruvchanlikka) ega. Avtomashinalar bosib o`tgan yo`l, bajargan ish (tashigan yuk hajmi), korxonalar ishlab chiqargan mahsulot hajmi, ularda ishlayotgan ishchilar soni va h.k. bunday miqdoriy belgilarga misol bo`la oladi. Aynan shunday birlikdan birlikka o`zgaruvchanlikka ega bo`ladigan belgilar asosida statistik to`plam tuziladi. Ular statistikaning o`rganish predmeti hisoblanadi. Miqdoriy belgilar uzluksiz o`zgaruvchanlikka yoki tadrijiy (darajama-daraja) o`zgaruvchanlikka ega bo`lishi mumkin. Bu hol jarayonning tabiatidan kelib chiqadi. Download 322.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling