Termiz davlat unversiteti yuridik fakulteti


Download 149.02 Kb.
bet1/10
Sana18.02.2023
Hajmi149.02 Kb.
#1209556
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Doc1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo’nalishi
3-kurs 119-guruh talabasi
Xolnazarova O’g’ilshodning
Huquq oʻqitish metodikasi fanidan tayorlagan



KURS ISHI


Mavzu: Abdulla Avloniy ijodida maorif va ta’lim - tarbiya talqini
Ilmiy rahbar:
Kafedra mudiri:


MUNDARIJA:

KIRISH




1-Bob. BOB. Abdulla Avloniy ilk maktab darsliklari yaratuvchisi






1. Abdulla Avloniyning hayot faoliyati va ijodiy merosi




2. Yozuvchi asarlarining badiiy xususiyatlari










2-Bob. Ilk maktab darsliklari yaratilish tarixi va pedagogik asoslari






1 O'zbek alifbesining yaratilish tarixi va muammolari




2 A.Avloniyning Ilk maktab darsliklarida pedagogik qarashlar






XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





K I R I SH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Milliy istiqlolga erishib, har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma`naviyatini yanadа rivojlantirishda millatimiz tarixini o'zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning alohida o'rni bor. O'zbek adabiyoti bunday asarlarga boydir. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat ‘‘Adabiyot yoxud milliy she`rlar’‘ hamda ‘‘Birinchi muallim” , ‘‘Turkiy guliston yoxud axloq” , ‘‘Ikkinchi muallim” , ‘‘Maktab gulistoni” kabi darslik va o'qish kitoblari ham xarakterli bo'lib, yaxlit bir tadqiqot uchun manba bo'la oladi. Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga sodda va tushunarli yetkazishi alohida e`tiborni tortadi. Shuni inobatga olib, bu asarlarni jiddiy o'qib chiqish va unda ilk darslikka xos tuzilmani, g’oyaviy to’liqlikni, kitoblardagi o’ziga xos xususiyatlarni monografik yo'nalishda o'rganib chiqish zarur. Zero, hozirgi ijodiy erkinlikdan foydalanib yaratilayotgan qator boshlang’ich sinf darsliklari mualliflari darslik yaratishda ulug’ adib tajribasidan foydalansalar, yosh kitobxon qalbiga kirib borishlari oson bo’ladi. Shu asosda Abdulla Avloniyni ilk maktab darsliklari mukammal yaratuvchisi, mohir pedagog sifatida o’rganilganligi, asarlaridagi g’oyaviy-badiiy mushohadalarni tadqiq qilinganligi bitiruv ishining dolzarbligini belgilaydi. Qolaversa, bitiruv malakaviy ishimiz mavzuining dolzarbligi Abdulla Avloniyning ham pedagogik ,ham badiiy ijodkorlik mahoratini mavjud ilmiy manbalar va tarixiy asarlar asosida qiyosan o'rganish bilan ham belgilanadi. Shu yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev mamlakatimizning ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda madaniyat va san'at sohasida yuzaga kelgan ko‘plab muammolar o‘rtaga tashlandi, ayni paytdagi ijodiy jarayonlar muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari adabiyot va san'at sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan keng miqyosli ishlar xususida so‘z bordi, yosh iste'dodlar tarbiyasi, madaniyatimiz va adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirildi. “Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o‘ta muhim masala borki, unga alohida to‘xtalib o‘tishni zarur deb bilaman. U ham bo‘lsa, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog‘liqdir. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan ham yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir va o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan, ta'bir joiz bo‘lsa, masalalarning masalasidir”1 Shu ma'noda, bugungi kunda Abdulla Avloniy yozgan asarlarining bolalar adabiyoyotida tutgan o'rni, o'ziga xos xususiyatlari, muallifning darslik yaratishdagi harakatlari, uning ta`lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi, adibning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.

Download 149.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling