Termiz davlt universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 84.37 Kb.
|
MAXANOV SHAROFIDDIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydoni: 111 ming km.kv. Aholi soni: 979,5 ming kishidan ortiq (01.01.2019-yil) Markazi: Mavoiy shahri (40°05′04″ sh.k. 65°22′45″ shq.uz)
- 2Navoiy viloyatining aholsi.
- 3Navoiy viloyatining transporti
- 4 Navoiy viloyatining sanoati .
- 5 .Navoiy viloyatining qishloq hujalig
- 6Navoiy viloyatining erkin iqtisodiy zunasi.
- ADABIY OTLAR 1. Karimov I .A. 0 ‘zb ek isto n X X I asr b o ‘sa g ‘asida: xav fsizlikka ta hd id
- 3. Asanov A ., Nabixonov М ., Safarov I. 0 ‘z b ek ist o n n in g iq tiso d iy va jtim o iy j o ‘g ‘rofiy a si. — Т.: « 0 ‘q itu v ch i» , 1994.
- 5. Vitver I.A . И зб р а н н ы е с о ч и н е н и я . М.: MGU, 1998. 6. Golubchik М .М . П о л и ти ч еск а я гео гр а ф и я м и р а . У ч е б н о е п о с о
- 8. Mashbis Ya.G. О сн о вы с т р а н о в ед ен и я . К н и га д ля у ч и тел ей . — М.: П р о с в е щ е н и е , 1999.
- 10. R o‘ziyev A., Abirqulov Q. 0 ‘zb ek isto n n in g iq tiso d iy g eo grafiyasi. — Т ., 2 0 0 1 .
- 12. Saushkin Yu.G. И зб р а н н ы е труды . — С м о л е н с к , 2 0 0 1 . 13. Soliyev A., Mallaboyev Т. Iq tiso d iy va so t s ia l g eo g ra fiy a kursida
- 17. Soliyev A., Safarov I., Tillaboyeva M. A k a d em ik litsey la r u ch u n q tiso d iy va siy o siy g eografiya asoslari kursi b o y ic h a tajribaviy o ‘quv dastu
TERMIZ DAVLT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA’LIM YO’NALISHI 4-KURS 116-GURUH TALABASI MAXANOV SHAROFIDDINning O’ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN KURS ISHI. MAVZU ; Navoiy viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi. REJA: Navoiy viloyatining geografik o’rni . Navoiy viloyatining aholsi . Navoiy viloyatining transporti. Navoiy viloyatining sanoati . Navoiy viloyatining qishloq hujaligi. Navoiy viloyatining erkin iqtisodiy zunasi. Xulosa 1 . Navoiy viloyatining geografik o’rni . Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-yil boshida qayta tiklandi. Shimol va shimoli-sharqdan Qozogʻiston Respublikasi, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo va janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni: 111 ming km.kv. Aholi soni: 979,5 ming kishidan ortiq (01.01.2019-yil) Markazi: Mavoiy shahri (40°05′04″ sh.k. 65°22′45″ shq.uz) Hududiy bo`linishi: 8 ta tuman, 6 ta shahar va 47 ta shaharcha Navoiy yosh va navqiron viloyat bo’lsa-da, uning insoniyat tamadduniga katta hissa qo’shgan qadimiy va boy tarixi bor. Prezidentimiz Islom Karimovning viloyat ahliga qarata: «Aziz birodarlar, baraka topkurlar, aytinglar-chi, sizlar har kuni ko’rib va kezib yuradigan Karmana shahrining yoshi nechada? Yoki Cho’li Malikdagi eski Rabot va Sardoba qachon paydo bo’lgan? Sarmish darasi va g`oridagi ibtidoiy suratlar bu o’lkaning eng qadimiy madaniyat beshiklaridan biri ekanidan darak bermaydimi?» — degan fikrlari bu diyor tarixining eng qadimiy davrlarga borib taqalishidan dalolat beradi.Bugunga kelib, Navoiy viloyati har tomonlama rivojlangan, obod hududga aylandi. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan eng katta viloyat bo’lib, Qoraqalpog`istondan keyingi ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning umumiy hududi 110,99 ming kv. kmni tashkil etadi. Viloyat o’ziga xos tabiiy sharoitiga ko’ra yirik uch qismga bo’linadi: viloyatning shimoli-g`arbiy qismini bag`rida ne-ne sir-sinoatlarni yashirib yotgan Qizilqum cho’li egallagan. Janubi-sharqiy qismida Nurota tog` tizmalariga tegishli Qoratog`, Oqtog` singari tog`lar bo’y cho’zgan bo’lsa, Zarafshon daryosi vohasining o’rta qismida viloyatning dehqonchilik zonasi o’rnashgan. Viloyat shimoldan va shimoli-sharqdan Qozog`iston respublikasi hududi bilan, janubi-sharqdan mamlakatimizning Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo, janubi-g`arbdan esa Buxoro viloyatlari bilan chegaradoshdir. Navoiy viloyati zaminida shifobaxsh, sho’r va er osti chuchuk suv zahiralari aniqlangan bo’lib, Tomdibuloq, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xalq salomatligini mustahkamlash hamda xo’jalik yumushlarida unumli foydalanilmoqda. Viloyatning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi hisoblanadi. Hududda dehqonchilik maydonlari Amu-Buxoro mashina kanalining Navoiy, O’rtacho’l, Amu, Sumbul, Mayna tarmoqlari hamda Zarafshondan suv oladigan Konimex, Tos, Shovot, Chovli, o’ng va chap qirg`oq, Navkar kanallari orqali suv bilan ta’minlanadi. Shuningdek, Quyimozor, To’dako’l suv omborlarida kuz-qishmavsumida kerakli suv zaxiralari hosil qilinadi. Viloyatda 32 ta yirik suv chiqarish elektr nasos stanciyalari ishlab turibdi. Viloyatning shimoli va g`arbida ko’chma qum barxanlari, gilli cho’l zonalari yastanib yotadi. Mazkur kengliklar, ayniqsa, bahor oylarida turfa tabiiy giyohlar, o’t-o’lanlar, rang-barang o’simliklar bilan bezanadi. Astragal, shuvoq, sho’ra, isiriq, qamish, zarpechak, saksovul, yulg`un va boshqa o’nlab nomdagi cho’l butalari go’yo jonsizdek tuyuladigan bepoyon zaminga beqiyos chiroy baxsh etadi. Bu erlarda yil — o’n ikki oy chorva boqiladi. Qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va boshqa o’tlar chorva mollari uchun to’yimli ozuqadir. Navoiy cho’llari, dashtu dalalari, tog`u toshlari ming turlihayvonot-hashoratlarga ona bag`irlik qiladi. bu viloyatda respublikamizning boshqa joylarida kam uchraydigan yoxud umuman ko’zga tashlanmaydigan yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar, sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar oilasiga mansub turfa xil jonivorlar saqlanib qolgan. masalan, Bo’kantovda va Mingbuloq botig`ida qobon, bo’ri, chiyabo’ri, tulki, uzun dumli mushuk, cho’l mushugi kabi noyob hayvonlar emin-erkin urchib-ko’payib borayotgan bo’lsa, cho’l va dasht zonalarida malla yumronqoziq, sug`ur, sassiqko’zan, jayra, kaltakesak, turfa xil ilonlar, toshbaqalar har qadamda uchraydi. Bu erda qushlarning ham tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirg`ovul singari o’nlab noyob turlari tabiiy sharoitda saqlanib qolgan. Yurtboshimiz mintaqaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o’rni va mavqeiga quyidagicha yuksak baho beradi: «Navoiy viloyati deganda, bu go’zal vohaning betakror tabiati, cheksiz cho’l va dalalar, bepoyon yaylovlar bilan birga, ulkan sanoat mintaqasi ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi». Navoiy viloyati tarkibida 8 ta qishloq tumani mavjud bo’lib, ular — Xatirchi, Qiziltepa, Karmana, Navbahor, Nurota, Konimex, Uchquduq, Tomdi tumanlari hisoblanadi. Ulardan tashqari viloyatda 2 ta yirik shahar — Navoiy, Zarafshon, 38 ta shaharcha, 54 ta qishloq fuqarolari yig`inlari, 278 ta mahalla mavjud. 2Navoiy viloyatining aholsi. Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar (63,3%) tashkil etadi. Shuningdek, rus (13,5%), qozoq (11,5%), tatar (2,6%), ukrain (1,4%), qoraqalpoq (1,4%), tojik (1,3%), ozarbayjon (0,9%), belorus (0,2%) va boshqa millat vakillari yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 7 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar — 319,7 ming kishiga yaqin, qishloq aholisi — 482,6 ming kishidan ziyod aydoni: 111 ming km.kv. Aholi soni: 979,5 ming kishidan ortiq (01.01.2019-yil)Markazi: Mavoiy shahri (40°05′04″ sh.k. 65°22′45″ shq.uz)Hududiy bolinishi: 8 ta tuman, 6 ta shahar va 47 ta shaharcha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillikning ilk davrida — 1992-yilning boshida Navoiy viloyati qayta tashkil etildi. Shundan buyon viloyatning respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi yo’lida ulkan tarixiy ishlar amalga oshirildi. Navoiy yosh va navqiron viloyat bo’lsa-da, uning insoniyat tamadduniga katta hissa qo’shgan qadimiy va boy tarixi bor. Prezidentimiz Islom Karimovning viloyat ahliga qarata: «Aziz birodarlar, baraka topkurlar, aytinglar-chi, sizlar har kuni ko’rib va kezib yuradigan Karmana shahrining yoshi nechada? Yoki Cho’li Malikdagi eski Rabot va Sardoba qachon paydo bo’lgan? Sarmish darasi va goridagi ibtidoiy suratlar bu o’lkaning eng qadimiy madaniyat beshiklaridan biri ekanidan darak bermaydimi?» — degan fikrlari bu diyor tarixining eng qadimiy davrlarga borib taqalishidan dalolat beradi. 3Navoiy viloyatining transporti O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish va takomillashtirishning 1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dasturi ishlab chiqildi. SHu dastur doirasida 1996 yildan “Toshkent–Andijon–O’sh” magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida “Qamchiq” va “Rezak” tunnellarini qurish ishlari boshlandi. “Olma-ota–Bishkek–Toshkent–Termiz” va “Samarqand–Buxoro–Ashxabot–Turkmanboshi” avtomobil yo’lining respublika hududidan o’tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya Federasiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli “Qo’ng’irot–Beynov” avtomobil yo’li qurilishi yakunlandi. Respublikada bunyodkorlik ishlarini davom e’ttirish maqsadida, 2011-2015 yillarda transport va kommunikasiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining qabul qilinishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi tarmog’ini mamlakat va hududlar iqtisodiyotini istiqbolli taraqqiy ettirish bo’yicha amalga oshirilgan dasturlar bilan uzviy bog’liq holda yanada rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu dasturga muvofiq, 2012 yilda qariyb 500 kilometrlik to’rt yo’lakli zamonaviy avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi dunyo transport-kommunikasiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu hududda O’zbekiston tomonidan transport majmuasini modernizasiya qilish va yangi xalqaro yo’nalishlarni ochish bo’yicha keng ko’lamli ishlar bajarildi. Mamlakatimizda yaxlit temir yo’l tarmog’ini shakllantirish bo’yicha strategik yo’nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin “Navoiy–Uchquduq–Nukus” temir yo’li qurib bitkazildi. Natijada, ushbu temir yo’l liniyasi ishga tushirilgan dastlabki yillardanoq, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga katta miqdorda har xil xalq iste’mol yuklari etkazib berila boshlandi. Respublikada temir yo’l tarmog’ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi “G’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’li qurildi. 2007 yil 24 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining tantanali ochilishida so’zlagan nutqida “Asriy tog’u toshlar, dashtu biyobonlar bag’rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo’lgan bu temir yo’lni qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining o’zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”, deb ta’kidlagan edi. Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning eng muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o’zbek xalqi o’z kuch-qudratini va nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon e’tdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog’li hududlar bo’ylab, yozning jazirama issig’i, garmsellari, qishning izg’irin shamollari ostida temir yo’l izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo’rg’on kabi 6 ta yangi stansiya va yo’lovchi platformalariga ega bo’lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko’rish mumkin. Ayniqsa, barcha stansiyalarda yo’l xavfsizligini ta’minlaydigan ishlab chiqarish ob’ektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning e’ng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi. “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining qurilishi jarayonida 43 ta ko’prik, jumladan, temir yo’l ko’priklari va yo’l o’tkazgichlari singari murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko’priklarning 9 tasi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda bunyod e’tilgani, bu borada ilgari O’zbekiston tajribasida ko’rilmagan mislsiz ishlar bajarilganini ko’rsatadi. Mazkur temir yo’lining qurib, ishga topshirilishi respublika rivojlanishida katta ahamiyatga e’ga bo’ldi. Bu yo’l respublikaning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini boshqa hududlar bilan bog’laydigan, qon tomirday zarur bo’lgan vositani, butun mamlakat bo’ylab yagona va yaxlit temir yo’l trans¬port kommunikasiya tizimini barpo e’tishga imkon berdi.Bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg’on temir yo’l koridori orqali yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan birga, respublikaning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshirdi. Temir yo’l tarmog’ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yo’lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo’llarga xizmat ko’rsatish va yo’l xavfsizligini ta’minlash uchun 2,5 mingga yaqin qo’shimcha yangi ish o’rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida e’sa qo’shimcha tarzda 4 mingdan ortiq kishi ish o’rinlariga ega bo’ldi. Mintaqaning tabiiy er osti boyliklarini o’zlashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib, aholining turmush farovonligi oshdi. Yuk va yo’lovchi tashish masofasi 170 kilometrga, harakat vaqti esa 7 soatga qisqardi. Natijada temir yo’l bo’ylab tashilayotgan tranzit va mahalliy yuklar salmog’i sezilarli miqdorda ko’paydi. O’tgan yili mazkur temir yo’ldan 5 million tonna yuk o’tkazilgani, shundan 4 million tonnasi tranzit yuklar e’kanligi ana shundan dalolat beradi. 4 Navoiy viloyatining sanoati . Sanoatining yetakchi tarmoqlari energetika, konchilik (oltin va boshqa metallar qazib olish), metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalaridan iborat. Yirik korxonalari: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi, "Qizilqumsement", "Elektrkimyo", "Nurotamarmar" korxonalari, mahalliy sanoat konserni. Toʻkma kon chiqindilaridan oltin ajratib oluvchi "Zarafshon-Nyumont" oʻzbek-amerika qoʻshma korxonasi samarali faoliyat koʻrsatyapti. Ulardan tashqari "Agama", "Zerispark", "Bentonit" va boshqa qoʻshma korxonalar ishlab turibdi. Jami 20 dan ortiq qoʻshma korxona bor. 730 ga yaqin kichik korxona, 30 shirkat korxonasi, 10 mingdan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Kichik korxonalardan "Ittifoq", "Navoiy" (qurilish materiallari ishlab chiqaradi), "Edem" korxonalarining hissasi salmoqlidir. Eksport qilinadigan mahsulotlarning aksari qismini paxta tolasi, ammiak selitrasi, kimyoviy tola, sulfat, ammoniy, ortoaminofenol tashkil qiladi. Chetdan xalq isteʼmoli mollari, kalsiy karbid, kaustik soda, tiomochevina, tikuv uskunalari, tibbiy texnika, yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar va ularga ehtiyot qismlar, xoʻjalik uskunalari keltiriladi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik; shuningdek, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, pillachilik, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligi koʻp tarmokli. 228 ming donadan ziyod qorakoʻl terisi tayyorlanadi (2003). Navoiy viloyati qorakoʻl teri tayyorlash boʻyicha respublikada 1-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 9266,2 ming ga, haydaladigan yer maydoni 111,1 ming ga, yaylovlar 9137,5 ming ga (2003). Barcha ekin maydoni 112,6 ming ga, shu jumladan, paxta 39,4 ming ga, don ekinlari 42,0 ming ga, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari 1,4 ming ga yerga ekiladi. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 2,6 ming km kollektor drenaj tarmoqlari, 138 zax qochirish qudugʻi qurilgan. Navoiy viloyatida dehqonchilik maydonlari AmuBuxoro mashina kanali Navoiy, Oʻrtachoʻl, Amu, Sumbul, Mayna tarmoklari hamda Zarafshon daryosidan suv oladigan Toss, Shovot, Chovli, Oʻng va Chap qirgʻoq, Navkar, Konimex kanallari orqali suv bilan taʼminlanadi. 32 yirik suv chiqarish elektr nasos stansiyalari ishlab turibdi. Navoiy viloyatida 75 shirkat, 4 ming fermer xoʻjaliklari mavjud. Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 200,0 ming qoramol (shu jumladan, 96,4 ming sigir), 1458 ming qoʻy va echki, 723 ming parranda bor. 5 .Navoiy viloyatining qishloq hujalig Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini etqazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjalik xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi mumkin emas deb taʼkidlagan Qishloq xoʻjaligi - moddiy ishlab chiqarish ning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda Qishloq xoʻjaligi juda katta may-donlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi. Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan. Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi. 6Navoiy viloyatining erkin iqtisodiy zunasi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2008 yil 2 dekabrdagi PF-4059-sonli “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil qilish to‘g‘risidagi farmoniga asosan tashkil qilindi. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 500 gektarli yer uchastkasida joylashgan. 2016 yil holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi zamonaviy korxonalar soni 55 tani tashkil etadi. Shundan, Navoiy shahrida 18 ta, Zarafshon shahrida 4 ta, Karmana tumanida 23 ta, shundan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida 18 ta, Konimex, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida 2 ta, Nurota, Tomdi, Uchquduq va Xatirchi tumanlarida 1 tadan xorijiy investitsiya ishtirokidagi zamonaviy korxonalar faoliyat olib bormoqda. Navoiy shahri Oʻzbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot AJ, Qizilqumsement AJ va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi. 7..Xulosa Navoiy viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, jan.dan Qashqadaryo, janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati tarkibida 8 qishlok tumani (Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduk, Xatirchi, Qiziltepa, 5 shahar (Zarafshon, Qiziltepa, Navoiy, Nurota, Uchquduq), 8 shaharcha (Konimex, Langar, Malikrabot, Muruntov, Tinchlik, Shalqar, Yangirabot, Gʻozgʻon) va 53 qishlok fukarolari yigʻini bor (2003). Markazi — Navoiy shahri Tabiati. Navoiy viloyatining hududi tabiiy sharoitiga koʻra, 3 qismga boʻlinadi: viloyatning shimoli-gʻarbiy qismini Qizilqum choʻli egallagan — bu yerda berk botiqlar (Karaqota, Moʻlali, Mingbulok), eol qumli tekisliklar va qoldik togʻlar (Ovminzatogʻ, Yetimtogʻ, Boʻkantov, Tomditov va h.k.) bor; janubi-sharqiy qismini Nurota togʻ tizmalarining gʻarbiy qismi past va oʻrtacha balandliklardagi togʻlar (Qoratogʻ, Oktogʻ va boshqalar) hamda togʻlararo botiqlar (Nurota botigʻi va boshqalar) egallagan; Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida viloyatning paxtachilik zonasi oʻrnashgan. Navoiy viloyatidagi togʻlar, asosan, silur, devon, toshkoʻmir, bur, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davrdagi kompleks tabiiy omillar taʼsirida oʻzgargan. Muruntovda oltin, Ovminzatogʻ shimolida grafit topilgan. Viloyatda volfram, fosforitlar, kvars qumi, sement, ohaktoshning zaxiralari mavjud. Navoiy viloyatida mineral shifobaxsh, shoʻr va yer osti chuqur suv zaxiralari aniqlangan. Chunonchi, Tomdibulok, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda keng foydalanilmoqda. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli zilzila zonasiga kiradi. Qizilkum choʻli tufayli iqlimi keskin kontinental choʻl iqlimi: yozi uzoq, quruq. issik, iyulda oʻrtacha temperatura 27,2—29,6°, kumda oftobda temperatura 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 1,9° dan —0,6° gacha. Choʻl va yaylovlarda, vohalarda iqlim oʻrtacha. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yillik yogʻin 125–282 mm. Vegetatsiya davri 177—212 kun. Navoiy viloyatining asosiy suv manbai — Zarafshon daryosi. Zarafshondan Konimex kanali chikarilgan. Navoiy viloyatini suv bilan taʼminlashda Quyimozor, Toʻdakoʻl suv omborlari, Konimex kanalining ahamiyati katta. Viloyatning shim. va gʻarbiy katta qismi koʻchma qum barxanlari, unda-bunda uchraydigan gilli choʻllardan iborat. Astragal, shuvok, shoʻra, isirik, qamish, zarpechak, saksovul, yulgʻun, va boshqa choʻl oʻsimliklari oʻsadi. ADABIY OTLAR 1. Karimov I .A. 0 ‘zb ek isto n X X I asr b o ‘sa g ‘asida: xav fsizlikka ta hd id , barqarorlik shartlari va ta ra qqiy o t k a folatlari. — Т.: « 0 ‘zb ek isto n » , 1997. 2. Asanov A. S o ts ia l-iq t iso d iy geografiya: term in va tu sh u n ch a la r izo h li u g ‘a ti. — Т ., 1990. 3. Asanov A ., Nabixonov М ., Safarov I. 0 ‘z b ek ist o n n in g iq tiso d iy va jtim o iy j o ‘g ‘rofiy a si. — Т.: « 0 ‘q itu v ch i» , 1994. 4. Baranskiy N .N . М ето д и к а п р еп о д а в а н и я э к о н о м и ч е с к о й г е о ра ф и и . — М.: П р о с в е щ е н и е , 1990. 5. Vitver I.A . И зб р а н н ы е с о ч и н е н и я . М.: MGU, 1998. 6. Golubchik М .М . П о л и ти ч еск а я гео гр а ф и я м и р а . У ч е б н о е п о с о и е. — С м о л е н с к , 1998. 7. Maksakovskiy V .P . Г ео гр а ф и ч еск а я к ультура. У ч е б н о е п о с о и е . - М ., 1998. 8. Mashbis Ya.G. О сн о вы с т р а н о в ед ен и я . К н и га д ля у ч и тел ей . — М.: П р о с в е щ е н и е , 1999. 9. Nabiyev Е ., Qayumov A. 0 ‘zb ek isto n n in g iq tiso d iy sa lo h iy a ti. — Т ., 2 000. 10. R o‘ziyev A., Abirqulov Q. 0 ‘zb ek isto n n in g iq tiso d iy g eo grafiyasi. — Т ., 2 0 0 1 . 11. Saushkin Yu.G. Г ео гр а ф и ч еск а я н аука в п р о ш л о м , н а ст о я щ ем , у д у щ ем . — М.: П р о с в е щ е н и е , 1980. 12. Saushkin Yu.G. И зб р а н н ы е труды . — С м о л е н с к , 2 0 0 1 . 13. Soliyev A., Mallaboyev Т. Iq tiso d iy va so t s ia l g eo g ra fiy a kursida yrim q o n u niy a tla rn i o 'rg a n ish m eto d ik a si. — Т ., 1988. 14. Soliyev A. Iq tiso d iy va ijtim o m iy g eo g ra fiy a n in g do lza rb m a sa la la - i. - Т ., 1996. 15. Soliyev A., Mahamadaliyev R.Y. Iq tiso d iy g eo g ra fiy a a soslari — Т ., 1996. 16. Soliyev A., Qarshiboyeva L. Iq tiso d iy g eo g ra fiy a n in g nazariy va m a liy m a salalari. —Т ., 1999 17. Soliyev A., Safarov I., Tillaboyeva M. A k a d em ik litsey la r u ch u n q tiso d iy va siy o siy g eografiya asoslari kursi b o 'y ic h a tajribaviy o ‘quv dastu i. - Т ., 1999. Download 84.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling