Termiz muhandislik texnologiya instituti
Download 54.26 Kb.
|
Allaqulov Begench
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ilmiy amaliyot (stajirovka)
- II bob. Magistrlik dissertasiyasini bajarishning kalendar rejasi Ilmiy-tadqiqot ishlari Mavzuning dolzarbligi
4. Ilmiy seminar
5. Ilmiy amaliyot (stajirovka)
II bob. Magistrlik dissertasiyasini bajarishning kalendar rejasi Ilmiy-tadqiqot ishlari Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalari va ularni amalga oshirish vositalarining juda tez rivojlanishi jamiyatning shakllanishi oldindan belgilab beradi. Bunday jamiyatda inson faoliyatining hamma sohalarida mehnat qilayotganlarning ko‘pchiligi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va uning eng yuqori shakli-bilimlarni tarqatish bilan shug’ullanadi. Bunda mutahasisilar tomonidan keng assortimentdagi mahsulotlarni, jumladan, tikuv buyumlarini loyihalashda kompyuterdan foydalanish muhim o‘rin egallaydi. Kompyuter yordamida loyihalash ishlarini amalda qo‘llash va yengil sanoat sohasida bilimlio kadrlarni tayyorlash sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirib, ularning raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyeyvning «Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz» asarida yoshlarga zamonaviy bilim berish, mustaxkam pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash lozimligi, ularni ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni susaytirmay yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi takidlandi. Hozirgi kunda iqtisodiy yuksalish ishlarini amalga oshirishda, albatta, zamonaviy fikrlaydigan sohasi bo‘yicha kuchli bilim va salohiyatga ega yoshlarimizdan umidlar kattadir. Prezidentimiz o‘z maruzalarida «Biz taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ga asoslangan yo‘lni qat’iy davom ettirib, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, jahon maydonida uning raqobatbardoshligini ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko‘taramiz» deya ta’kidlab, iqtisodiy yuksalish albatta sohasi bo‘yicha zamonaviy bilimga ega bo‘lgan kadrlar, mahsulot ishlab chiqarishda yangi texnologiyalardan foydalanishga diqqat-e’tiborni qaratish lozimligi muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etadilar. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov «Jahon molliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida uzoq muddatga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish haqida gapirib o‘tilgan edi. Bu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarini egallash uchun kuchli turtki beradigan jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan zamonaviy inovatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni o‘zida mujassam etishi darkor deb ta’kidlagan edi. Download 54.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling