Termiz muxandislik texnologiya instituti Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti Oziq- ovqat texnologiyasi(Don mahsulotlari) ta’lim yo‘nalishi iv-kurs 12-18 guruh talabasi Maxmadaminova Rayhonaning
Don massasini quruq holatda saqlash
Download 28.02 Kb.
|
Райхон диплом юзи ва глоссарй
- Bu sahifa navigatsiya:
- Don massasini aktiv sovutish
- Radial shamollatish qurilmasi
- Ilmiy rahbar xulosasi
Don massasini quruq holatda saqlash - namlikni kritik namlikgacha tushirib saqlash.
Don massasini sovuq holatda saqlash - don massasi komponentlarining barcha hayot funksiyasiga taqiqlovchi ta’sir ko‘rsatish. Don massasini germetik sharoitda saqlash - don massasini xavo ta’sirisiz saqlash. Don massasini passiv sovutish - saqlagichlarning eshik va derazalarini ochib havo almashtirish. Don massasini aktiv sovutish - donni belkurak bilan ag‘darish, tozalash mashinalaridan o‘tkazish, noriya va konveyerlar yordamida tashish paytida sovutish. Donni aktiv shamollatish - don massasini progressiv usulda aktiv sovutish. Vertikal shamollatish qurilmasi - don massasiga havoni vertikal yo‘nalishda yuboradigan shamollatish qurilmasi. Gorizontal shamollatish qurilmasi - don massasiga havoni gorizontal yo‘nalishda yuboradigan shamollatish qurilmasi. Radial shamollatish qurilmasi - don massasiga havoni radial yo‘nalishda yuboradigan shamollatish qurilmasi. Termiz muxandislik texnologiya instituti Еngil sanoat va Kimyo tеxnologiya fakultеti kimyoviy tеxnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) ta'lim yo‘nalishi 4- kurs talabasi Maxmadaminova Rayhona tomonidan 5321000 – Oziq-ovqat tеxnologiyasi (maxsulot turlari bo’yicha) ta'lim yo‘nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun “Don zaxirasini saqlashda zararkunanda va mikroorganizmlarning axamiyati va ularga qarshi kurashish chora tadbirlarini ishlab chiqish” mavzusida bajargan bitiruv malakaviy ishiga Ilmiy rahbar xulosasi Mamlakatimizda oziq –ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqoralarning sog’ligi va hayotini yaxshilash milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yo`nalishlaridan biriga aylanadi. Mazkur yo‘nalishda Respublikamizda aholini sifatli oziq- ovqat maxsulotlari bilan ta’miblash qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qo’llab- quvvatlash bo’yicha strategik jixatdan maqsadli hamda izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz raxbarining 2018- yil 16-yanvardagi “Mamlakatniing oziq- ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora –tadbirlari to’g’risida” gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqarilayotgan O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasi shu nuqtai- nazardan dolzarbdir. Bu yil mamlakatimizda 7mln 300 ming tonnadan ortiq g’alla hosili olish ko‘zda tutilgan bo‘lib, uni tez nobud qilmasdan yig’ishtirib olish, tasish, saqlash, va qayta ishlab el dasturxoniga sifatli non mahsulotlari yetkazish muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun Maxmadaminova Rayxonaning “Don zaxirasini saqlashda zararkunanda va mikroorganizmlarning axamiyati va ularga qarshi kurashish chora tadbirlarini ishlab chiqish” dolzarb mavzuda bajarilgan bo’lib, mazkur tadqiqot yo’nalishida bir qancha ishlar amalga oshirilgan don zarakunandalarining turlari, ko‘piyishi, yashash shart-sharoitlari va ularga qarshi kurashish chora tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil qilish ishlari ishlab chiqarishga tavsiya etish rеjalashtirmoqda. Bitiruv malakaviy ishi ----- bеt kompyutеrda sahifalangan matndan iborat bo‘lib, u amaldagi nizom talablariga muvofiq tayyorlangan. Shuningdеk don va don maxsulotlarini saqlashda asosan zararkunandalarga qarshi kurashish chora tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo’yicha tadqiqot natijalari bayon etilgan. Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida tadqiqot ishi bo’yicha muhim xulosalar bayon etilgan. Ish so’nggida foydalanilgan adabiyotlarning kеng obzori kеltirilgan. Mеn bu bitiruv malakaviy ishini ijobiy baholayman va himoyaga tavsiya etaman. Ilmiy raxbar. Kimyoviy va oziq ovqat texnologiyalari kafedrasi assistenti N.Normamatov. Termiz muxandislik texnologiya instituti Yengil sanoat va Kimyo tеxnologiya fakultеti kimyoviy va oziq- ovqat texnologiyasi (don maxsulotlari) ta'lim yo`nalishi 4-kurs talabasi Maxmadaminova Rayhona tomonidan 5321000 Oziq-ovqat tеxnologiya (don maxsulotlari) ta'lim yo`nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun “Don zaxirasini saqlashda zararkunanda va mikroorganizmlarning axamiyati va ularga qarshi kurashish chora tadbirlarini ishlab chiqish” mavzusida bajargan bitiruv malakaviy ishiga T A Q R I Z Mamlakatimizda oziq –ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqoralarning sog’ligi va xayotini yaxshilash,milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yo`nalishlaridan biriga aylandi. Mazkur yo‘nalishda Respublikamizda aholini sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash qishloq xo’jaligi maxsulotlarini etishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qo’llab- quvvatlash bo’yicha strategik jixatdan maqsadli hamda izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2022 yil fermerlarimiz tomonidan yetishtiriladigan 7 mln 300 ming tonnadan ortiq g’allaning 80%i savdo birjalari orqli sotilishi qolgan qismi davlat omborlarida ijara haqi olinmasdan saqlab berilishi don yetishtiruvchilar uchun ayni muddao bo‘ldi. Davlatimiz raxbarining 2018- yil 16-yanvardagi “Mamlakatniing oziq ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora –tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqarilayotgan O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasi shu nuqtai-nazardan dolzarbdir. Shuning uchun Maxmadaminova Rayhonaning “Don zaxirasini saqlashda zararkunanda va mikroorganizmlarning axamiyati va ularga qarshi kurashish chora tadbirlarini ishlab chiqish” dolzarb mavzuda bajarilgan bo’lib, mazkur tadqiqot yo’nalishida bir qancha ishlar amalga oshirilgan va hozirda yetishtirilgan ulkan xirmonni tashish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida don va don maxsulotlari zararkunandalaridan asrash ularga qarshi kurashish chora tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va ishlab chiqarishga tavsiya etish rеjalashtirmoqda. Bitiruv malakaviy ishi --- bеt kompyutеrda sahifalangan matndan iborat bo‘lib, u amaldagi nizom talablariga muvofiq tayyorlangan. Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida tadqiqot ishi bo’yicha muhim xulosalar bayon etilgan. Ish so’nggida foydalanilgan adabiyotlarning kеng obzori hamda glossariya kеltirilgan. Mеn bu bitiruv malakaviy ishini ijobiy baholayman va himoyaga tavsiya etaman. Taqrizchi Kimyoviy va oziq ovqat texnologiyalari kafedrasi assistenti N. Bobomuratov. Download 28.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling